5.Ishlab chiqarish turini aniqlash
Ishlab chiqarish turi, ishlab chiqarish taktini hisoblab topilgandan keyin
aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti (ba‟zi bir adabiyotlarda tempi) ni hisoblash formulasi
quyidagicha
t.
ich
= (F
x*
m
*
60) / N, min/son.
Bu erda F
x
- jihozlarning bir yillik bir smenalab ishlash vaqt fondi, soatda; m -
smenalar soni; N-dastur bо‟yicha detallarning bir yillik soni.
Agarda takt miqdori, boshlang‟ich taxminiy о‟rnatilgan xarakterli amallar uchun
ketgan о‟rtacha vaqtga yaqin yoki kichikroq bо‟lsa ishlab chiqarishni ommaviy (kо‟plab)
deb qabul qilinadi. Bu holda jihozlarning yuklatilganligi (70% dan kam еmas) natijasida
amallarni ishchi joylarga bog‟lab qо‟yish maqsadga muvofiq bо‟ladi.
Amallarning uzayish vaqti yirik normativlar yordamida xarakterli amallar
о‟lchamlari asosida taxminiy hisoblashlar bilan aniqlanadi.
Agarda takt miqdori kо‟zda tutilgan alohida amallar vaqt uzunliklaridan bir
qancha katta bо‟lsa, detallarni tayyorlash seriyalab ishlab chiqarish prinsipi asosida olib
borilishi kerak. Bu holda stanoklarning kam yuklatilganligi sababli detallarga partiyalab
ishlov berish maqsadga muvofiq bо‟ladi. Jihozlarni sozlashning sermehnatliligi tufayli,
ishlov jarayonining uzunligi, mahsulot ishlab chiqish kalendar muddati, mahsulot turi va
boshqa tashkiliy hamda iqtisodiy fikrlarga kо‟ra seriyalab ishlab chiqarishda taxminiy
Do'stlaringiz bilan baham: |