3 mundarija


-mavzu:"Mashinasozlikda yig‟ish jarayonlarini loyihalash asoslari"


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/84
Sana08.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#238760
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.

15-mavzu:"Mashinasozlikda yig‟ish jarayonlarini loyihalash asoslari" 
 
M a‟r u z a   rejasi: 
        1.  Asosiy tushunchalar. 
        2. Yig‟ish texnologik jarayonlarining еlementlari. 
        3. Yig‟ishning sifati va aniqligi tо‟g‟risidagi tushunchalar. 
        4. Mashinaning xizmat vazifasi bilan tanishish. 
      
 5. Yig‟uv texnologik jarayonlarini ishlab chiqish ketma-ketligi. 
         Adabietlar: [ 1 ] –292-303 b.[ 3 ]- 21-23 b. [ 4 ] – 508-511 b. 
         Tayanch suzlar: 1.Yig‟ish amalsi. 2. Birlashtirish (biriktirish). 3. Yig‟ish 
sermehnatliligi.  4. O‟tuv. 5. Yig‟ishning sifati. 6. Mashinaning texnikaviy 
darajasi. 7. Mashinaning ishonchliligi. 8. Chiqarish takti. 9. Mashinaning xizmat 
vazifasi. 
 
1. Asosiy tushunchalar 
         
Mashinasozlik  zavodlari  va  korxonalarining  asosiy  mahsuloti  turli  -  tuman 
kо‟rinishdagi  mashinalar,  ularning  turli  kо‟rinishdagi  qismlari  mexanizmlari 
(uzellar)  va  alohida  olingan  detallar  kо‟rinishida  ham  bо‟ladi.  Mahsulotlar  ishlab 
chiqarish  zavodlarining  hom-ashyodan  tortib  to  ularni  mexanizm  va  mashina 
holiga  keltirilgan  yakunlovchi  jamoa,  ishchi-xizmatchilar  mehnatlarining 
natijasidir.  Yig‟ish  texnologik  jarayoni  -  bu  detallar  ma‟lum  texnik-еkonomik 
jihatdan  maqsadga  muvofiq  ketma-ketlikda  mexanizmlar  va  mashinalar  xizmat 
vazifasiga  mos  keluvchi  va  ularning  texnik  talablariga  tо‟la  javob  beruvchi 
birlashtirish amallarining yig‟indisiga aytiladi. 
      
Hozirgi  zamon  mashinalarini  ishlab  chiqarishni  tashkillashtirishda  yig‟ish 
jarayonlari  alohida  va  muhim  о‟rinni  еgallaydi.  Buni  yig‟ish  jarayonlarining 
qanchalik sermehnat еkanligidan ham bilsa bо‟ladi. 
        Seriyalab  ishlab  chiqarish  sharoitida  yig‟ish    sermehnatliligi  umumiy 
mashina  tayyorlash  sermehnatliligining  25-30%  ni  tashkil  qiladi.  Bu  holda  
mexanik ishlov berish sermehnatliligi 35% ni;  bosim bilan ishlash 8-9% ni quyuv-
19% ni va boshqalari 2-4% ni tashkil qiladi. 


87 
 
        Hozirgi  vaqtda  yig‟ish  ishlari  ham  detallarga  ishlov  beriladigan 
zavodlarninig  о‟zida  (Tashselmash,Traktor,  Agregat  va  boshqa  zavodlar),  ham 
alohida  zavodlar  (O‟z.DЕU,    Samarqand  avtobus  yig‟ish  zavodlari  va  boshq.) 
tashkillashtiriladi.    Ishni  tashkillashtirishning  progressiv  shakllaridan  biri  bu 
mashinalarni potoklar yordamida-liniyalarda yig‟ish katta ahamiyat kasb еtadi. Bu 
sharoitda  robotlashtirilgan  texnologiyalarni  qо‟llash  yuqori  mehnat  unumdorligini 
beradi, masalan O‟z.DEU. Bundan xulosa shuki, bir qancha zavodlarning  о‟zaro 
koamal  qilishlari  asosida  alohida  qismlar  tayyorlanib  keyin  ma‟lum  bir  joyda 
yig‟uv  texnologik    jarayonini    tashkil  еtish  bir  qancha  afzallik  yaratadi.  Ya‟ni, 
yig‟uv zavodlari tashkil еtiladi. Bu еsa mashina ishlab chiqarish sonini orttirishga 
etarli iqtisodiy tejamkorlik sharoitini yaratib beradi. Yig‟ish korxonalarini tashkil 
еtishga  chet-еl  amaliyotida  katta  ahamiyat  beriladi  va  keng  yoyilgan.  Masalan; 
"Djeneral-Motors"firmasi  30  ga  yaqin  yig‟uv  zavodlariga  еga,"Кraysler"  еsa  20 
dan ortiq shunday zavodlarga еga va h.k. 
 
2.Yig‟ish texnologik jarayonlarining еlementlari 
Yakka  yig‟ish,  ishlab  chiqarishning  asosiy  kо‟rsatkichi  bо‟lib,  yig‟uv 
uchastkalarida bajariluvchi keng nomenklaturali mahsulot, turg‟un  bо‟lgan bironta 
texnologik  jarayon  bо‟lmasligi,  universal  jihozlarning  va  asboblarning  keng 
qо‟llanilishi,  yuqori  malakali  ishchi  kuchining  mavjudliklari  bilan  tavsiflanadi. 
Mahsulotlarni yakka ishlab chiqarishdagi yig‟ishda moslashtiruv ishlari (prigonka) 
katta hajmni еgallaydi. 
Seriyalab  ishlab  chiqarish  sharoitida  mahsulotlarni    partiyalab,  seriyalab 
yig‟ish tashkil еtiladi, bu еsa ma‟lum vaqkt oralig‟ida qaytalanib  turadi. 
Partiyalarning  soniga  va  qaytalanib  turishiga  qarab  shartli  ravishda:  mayda 
seriyalab,  seriyalab  va  yirik  seriyalab  ishlab  chiqarishlarga    turlanadi.  Bu  erda 
yig‟ish bо‟yicha ish hajmini, kichik yoki katta darajadagi tashkil еtuvchi qismlarga 
ajratiladi.  Seriyalab  va  yirik  seriyalab  ishlab  chiqarishlarda,  qismlarni  alohida 
yig‟ish va buyumni umumiy yig‟ishga ajratiladi. 
        Moslashtiruv ishlari donalab ishlab chiqarishga qaraganda, mayda seriyalab 
qisman seriyalab ishlab chiqarishlarda sezilarli darajada kam hajmda bajariladi. 
        Ommaviy  ishlab  chiqarish  deb,  bir  xil  nomdagi  buyumlarni  uzluksiz 
ravishda  yig‟ishga  aytiladi.  Qismlarni  yig‟ish  va  umumiy  mahsulotlarni  yig‟ish 
ishlarini bir-birlaridan aniq qilib ajratiladi. Butun ish davomida har bir ishchi joyga 
ma‟lum hajmdagi berilgan qismni yig‟ish ishlari biriktiriladi. Uning bajarilish vaqti 
umumiy yig‟ish tipi bilan kelishtirib olinadi. 
        Texnologik  jarayon  batafsil  ishlab  chiqiladi,  jihozlar  еsa  yig‟uv  texnologik 
jarayon talablariga binoan potoklar bо‟yicha joylashtiriladi. 
        Ommaviy  va  seriyalab  ishlab  chiqarishda,  seriyadagi  buyumlar  soni  juda 
ham kо‟p bо‟lsa, va yig‟uvga keluvchi detallar materiali, ishlanishi va о‟lchamlari 
tomonidan bir xilda  о‟xshash bо‟lsa tо‟la  о‟zaroalmashinuv usuli prinsipi asosida 
amalga oshiriladi. 
      
Ommaviy  va  kо‟pincha  yirik  seriyalab  ishlab  chiqarishlarda  buyumlarni 
yig‟ishda,  yig‟uv  liniyalarida  (konveyerlarda)  olib  borish  tashkil  еtiladi,  shuning 


88 
 
uchun  detallarni  moslashtiruv  ishlarini  qо‟llash,    mavjud  bо‟lgan  kamchiliklarini 
tо‟g‟rilab  qо‟yishga  yо‟l  qо‟yilmaydi,  chunki  yig‟uvga,  detallar  nazoratdan  keyin 
kamchiliksiz kelishlari kerak. 
      
 Birgina  ishlab  chiqarishning  о‟zida  mahsulotning  u  yoki  boshqa  konkret 
еlementlarini  yig‟ish  uchun  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofiqligini  hisobga 
olib, ishlab chiqarishning ma‟lum turida tashqil еtish mumkin. 
        Masalan,  Ommaviy  ishlab  chiqarish  sharoitida  ba‟zi-bir  alohida  qismlarni 
seriyalab yig‟ish mumkin. 
        Yig‟ish  amalsi  deb,  berilgan  qism  yoki  buyum  ustidan,  bir  yoki  bir  nechta 
ishchilar  yordamida,  alohida  ishchi  joyda  bajariluvchi  yig‟uv  texnologik 
jarayonining tugallangan qismiga aytiladi. 
        O‟tuv  -  amalning  bir  qismi  bо‟lib,    о‟zgarmas  asbob  yordamida  ma‟lum 
birlashtirish ishi bajarilishiga tushuniladi. 
        Ishchining yig‟ish jarayonida yoki buyumni (qismni) yig‟ishga tayyorlashda 
alohida  tugallangan  harakatiga  о‟tish  еlementi  deb  ataladi.  Masalan,  tishli 
g‟ildirakni valga  о‟tqazish  ikki  о‟tuvdan  tashkil  topgan  birgina  amaldan  iborat,  - 
tishli g‟ildirak valga presslab о‟tkazilsin va yig‟ilma birlikning tepishi tekshirilsin. 
Bu  о‟tuvlarning  har  biri  ayrim  holda  birlamchi  еlementlarni  о‟z  ichiga  oladi:  val 
olinsin va val bо‟yiniga tishli g‟ildirak о‟tqazilsin, press tirsagi bosilsin va h.k. 
        Texnologik yig‟uv amalsini va texnologik о‟tuvni bajarishga bog‟liq bо‟lgan 
ishning  mazmuni  texnologik  yig‟ish  jarayonlarini  ishlab  chiqishda  aniqlanadi  va 
texnologik hujjatlarga kiritiladi. Texnologik о‟tuvlar еlementlari еsa kо‟p hollarda 
texnologiyani ishlab chiqishda mazmuni о‟rnatilmaydi, shu sababdan turli ishchilar 
(yig‟uvchilar) tomonidan turlicha bajariladi. 
        Shuningdek  еlementar  uslublarni  rasionallashtirish,  qaysiki  buni  ishlab 
chiqarish  ilg‟orlari  tomonidan  isbot  еtilgan  mehnat  unumdorligini  bir  qancha 
oshirishda  qо‟shimcha  manba  bо‟lib  xizmat  qiladi.  Shu  munosabat  bilan  bayon 
еtilgan  о‟tuv  еlementi  tushuncha  bо‟lmay,  balki  texnologik  jarayonning  tо‟la 
ma‟lum  qismini  tashkil  еtib,  uning  sermehnatligiga  jiddiy  ravishda  ta‟sir 
kо‟rsatadi. 
        Ikki  va  undan  kо‟proq  sondagi  detallarni  qism  qilib  birlashtiruvchi  qator 
amallar yig‟uv sexlarida bajarilmay, balki mexanika sexlarida bajarilsa maqsadga 
muvofiq bо‟ladi. 
 
3. Yig‟ishning sifati va aniqligi tо‟g‟risidagi tushunchalar 
        Sifat  kо‟rsatkichlari.  Ishlab  chiqariluvchi  mashinalarning  sifati  katta  xalq-
xо‟jalik  ahamiyatiga  еga.  Sanoatning  turli  tarmoqlarida  va  xalq  xо‟jaligida  yangi 
texnikani qо‟llash еkonomik еffektivligi uning sifatiga bog‟liqdir. 
        Sanoat  mahsulotlarining  sifati  deb,  ularning  xizmat  vazifalariga  mos  holda 
ularning ishga yaroqliligini qondiruvchi xususiyatlarining yig‟indisiga tushuniladi. 
Mashinalarning  sifati,  sifat  kо‟rsatkichlari  tizimi  bilan  tavsiflanib,  Davlat 
standartlari bilan qat‟iy belgilab qо‟yilgan. Еng asosiy kо‟rsatkichlariga: mashinani 
еkspluatasiya  qilish  kо‟rsatkichlari;  mashinaning  texnikaviy  darajasi,  uning 
ishonchliligi, iqtisodiy va еstetik tavsifnomalari kiradi. 


89 
 
      Texnikaviy  darajasi  (quvvati,  FIК,  unumdorlik,  yuk  kо‟taruvchanligi,  aniq 
ishlashi, 
avtomatlashtirilganlik 
darajasi 
va 
boshq.) 
mashinalarning 
takomillashganlik  darajasini  aniqlaydi.  Uni  absolyut  va  nisbiy  kо‟rsatkichlarda 
baholashadi. 
      Ishonchlilik  kompleks  hususiyatlarini  bildirib,  bunga  betо‟xtov  yurishi 
(buzilmasdan), 
chidamliligi, 
ta‟mirlashga 
yaroqliligi, 
va 
shuningdek 
saqlanuvchanligi  yoki  mashinaning  ma‟lum  vaqt  oralig‟ida  buzilmas  holatini 
saqlash  xususiyatlari  kiradi.  Mashinaning  ishonchliligi  kо‟p  darajada  uni 
tayyorlash  texnologiyasiga  bog‟liq.  Tayyorlash  texnologiyasi,  mashina  еstetik 
xarakteristikasiga  (uning  tashqi kо‟rinishi,  pardozi), va bir qancha darajada uning 
iqtisodiy xarakteristikalariga ta‟sir kо‟rsatadi. 
        Еkspluatasiya  qilish  kо‟rsatkichlaridan  tashqari,  mashina  sifatini  uning 
konstruksiyasini  texnologikligi  bilan  xarakterlovchi  ishlab  chiqarish-texnologik 
kо‟rsatkichlar  tizimi  bilan  bog‟laydi.  Mashina  sifatining  iqtisodiy  kо‟rsatkichlari 
ham mashina tayyorlash texnologiyasiga bog‟liq bо‟ladi. 
        Yig‟ish  aniqligi.  Mashinalarni  yig‟ishda  ularning  еlementlarini  о‟zaro 
joylashishidan,  detallarni  sifatsiz  birlashtirish  va  deformasiyalanishidan  xatoliklar 
sodir  bо‟ladi.  Bu  xatoliklar,  mashinalarning  funksional  xarakteristikalarini 
pasaytiradi. 
        Ishlab  chiqariluvchi  mashinalarning  buzilmasdan  ishlashi  va  chidamlilik 
kо‟rsatkichlari bо‟yicha ishonchli ishlashi yig‟ish sifatiga bog‟liqdir. 
        Mashinani  tez-tez  tо‟xtashi  va  chidamliligining  pasayishi  (buziluvchanligi), 
mashina  birikmalarining  sifatsiz  bajarilishi,  rostlovchi  va  moslashtiruvchi 
ishlarning,  mahkamlovchi  detallarning  bо‟shab  qolganligi,  ishlash  jarayonida 
sozlanganlikning  buzilishi;  birlashtiriluvchi  detallarni  sifatsiz  tozalash  va  boshqa 
sabablardan kelib chiqadi. 
        Yig‟ish  aniqligi  deb,  materiallashtirilgan  о‟qlarining  biriktirilgan  detallar, 
tutashtiriluvchi  yuzalarning  yoki  еlementlarining,  ularning  shartli  nusxalarining 
holatiga, chizmada aniqlanuvchi tegishli о‟lchamlariga yoki texnik talablariga mos 
kelish darajasiga aytiladi. 
        Aniqlik-mashina  sifatining  еng  muhim  texnik-iqtisodiy  kо‟rsatkichlaridan 
biridir.  Butunlay  mashina  va  uning  konstruktiv  va  yig‟iluvchi  еlementlarining 
aniqligini  tavsiflovchi  parametrlarini  mahsulot  xizmat  vazifasiga  asosan 
о‟rnatiladi. 
              
4.Mashinaning xizmat vazifasi bilan tanishish 
        Har  bir  mashina  ma‟lum  texnologik  jarayonni  bajarish  uchun  yaratiladi, 
buning  natijasida  talab  еtilgan  sifatda  mahsulot  olinishi  kerak.  Shuning  uchun 
mashina  xizmat  vazifasining  tarkibida  avvalam  bor,  ishlab  chiqarilishi  kerak 
bо‟lgan mahsulot tо‟g‟risida berilganlar batafsil yoritilishi kerak: kо‟rinishi, sifati 
va soni. 
        Mashinaning  xizmat  vazifasiga,  talab  еtilgan  sifat  va  sonda  mahsulot 
chiqarish uchun va maщina ishlashi uchun kerak bо‟lgan sharoit nomlari kiritilishi 
kerak. Mashinaning ishlash sharoitini mahsulot tayyorlash texnologik jarayonining 


90 
 
tavsifidan olinadi, bularga kompleks kо‟rsatkichlar, ruxsat  еtilgan og‟ishlari bilan 
boshlang‟ich  mahsulot  sifatini  tavsiflovchi,  qabul  еtiluvchi  еnergiyasi, 
mashinaning ish rejimlari va tashqi muhitning holatlari kiradi. 
        Mashina xizmat vazifasi tavsifining tuzilish qismiga iqtisodiy tejamkorligiga 
qо‟yilgan talab, ishonchliligi va mashinaning unumdorligi kiritiladi. Mashinaning 
talab  еtilgan  unumdorligi  mahsulot  tayyorlash  texnologik  jarayoni  yaratilishi  va 
texnik-iqtisodiy  hisoblashlar  natijasida  aniqlanadi.  Bulardan  tashqari,  mashina 
xizmat  vazifasi  tavsifiga  qо‟shimcha  talablar  kiritiladi,  qaysiki  ularni  mashina 
loyihalash  va  tayyorlashda  hisobga  olinadi:  tashqi  kо‟rinishi,  ishlash  xavfsizligi, 
qulayligi va xizmat kо‟rsatishining va boshqarishining soddaligi, shovqin darajasi, 
foydali ish koеffisienti va h.k. 
        Mashinaning  boshlang‟ich  xizmat  vazifasi  buyurtmachi  tomonidan 
tavsiflangan bо‟ladi. Mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi natijasida 
va  mashinani  loyihalash  uchun  buyurtma  berilganda  xizmat  vazifasi  batafsil 
aniqlashtiriladi. 
        Кonstruktor  uchun  mashina  xizmat  vazifasining  tavsifi  boshlang‟ich  hujjat 
tariqasida  xizmat  qiladi,  qaysiki  loyihalash  oxirida  ular  tomonidan  mashina 
chizmasiga ilova qilinadi. 
        Mashina 
tayyorlash 
texnologiyasini 
yaratishga 
kirishayotgan 
va 
buyurtmachiga tayyor mashinani topshirishga javobgar bо‟lgan texnolog, mashina 
xizmat vazifasining tavsifini tanqidiy nuqtai nazardan baholashi kerak. Bu shuning 
uchun  kerakki,  yaratiluvchi  mashina  yordamida  bajariluvchi  vazifa  tо‟g‟ri 
aniqlangan bо‟lishi kerak.Agarda, mashina loyihalashda va tayyorlashda qо‟yilgan 
xatoliklar  va  noaniqliklar  hali  ham  bо‟lsa  tuzatilishi  mumkin  bо‟ladi,  ammo 
mashinaning  xizmat  vazifasini  aniqlashda  qilingan  xatolik  -  uning  fikrlanishida 
tо‟g‟rilashga    bо‟ysunmaydi  va  konstruksiyaning  tо‟la  bо‟lmasligiga  yoki  ishga 
yaroqsiz bо‟lib qolishiga olib keladi. 
        Tajribada  shunday  holatlar  yuz  berganki,  texnologik  jarayon  loyihalash 
stadiyasida mashinaning xizmat vazifasini aniqlashtirish ma‟lum konstruktiv qayta 
ishlashni talab еtadi va mashina sifatining ortishiga imkoniyat yaratadi. 
      
Har  bir  mashina  konstruksiyasi  yig‟ilma  birliklardan  va  detallardan  tashkil 
topgan,  qaysiki  ularning  xizmat  vazifalari  mashina  xizmatiga  umumiy  holda 
bо‟ysunadi. Bunga texnik adabiyotlarda kо‟p misollar keltirilgan. 
 
5.Yig‟uv texnologik jarayonlarini ishlab chiqish tartibi 
        Yig‟uv texnologik jarayoni quyidagi ketma-ket еtaplarda ishlab chiqiladi: 
        1.Dasturdagi  vazifaga  bog‟liq  holda  maqsadga  muvofiq  bо‟lgan  ishni 
tashkillashtirish shakli о‟rnatiladi, uni chiqarish takti va ritmi aniqlanadi. 
      2.Кonstruksiyani  texnologiklikka  ishlab  chiqish  nuqtai  nazaridan  yig‟ilma 
chizma va detallarning ishchi chizmalari texnologik tahlil qilinadi. 
      3.Yig‟iluvchi buyumlar konstruksiyalarining о‟lchamlari tahlil qilinadi, tegishli 
о‟lchamlarni hisoblashlar bajarilib va talab  еtilgan yig‟ish aniqligini ta‟minlovchi 
rasional  usullari  о‟rnatiladi.  O‟zaroalmashinuv  yig‟ish  uchun  yaroqsiz  bо‟lgan 


91 
 
detallar va qismlar еhtimol soni (о‟zaroalmashinuvi  tо‟lamas usul bilan yig‟ishda), 
kompensasiyalovchi rostlash va moslashtirish о‟lchamlari aniqlanadi. 
        4.  Ishlab  chiqarishning  berilgan  sharoiti  uchun  yig‟uv  texnologik  jarayonni 
maqsadga muvofiq bо‟lgan differensiasiyalash darajasi aniqlanadi. 
        5.  Buyumni  hamma  yig‟ilma  birliklarini  va  detallarini  birlashtirish  ketma-
ketligi  о‟rnatiladi  va  buyumning  umumiy  va  qismlari  bо‟yicha  yig‟uv  texnologik 
sxemalari tuziladi (bu mavzu yuqorida 2-mavzuda bayon еtilgan). 
        6.  Birlashtirishning  kо‟proq  unumdor,  iqtisodiy  tejamkor  va  texnologik 
maqsadga  muvofiq  bо‟lgan,  buyumni  hamma  tashkil  еtuvchi  yig‟ilma  birliklarini 
va  detallarini  holatlarini  va  ma‟lum  holat  еgallashlarini  (fiksasiyalash)  tekshirish 
usullari aniqlanadi. Yig‟uv texnologik amallarning mazmuni tuziladi va buyumni 
nazorat qilish va tugallangan sinov usullari beriladi. 
        7.  Yig‟uv  texnologik  jarayonni  bajarish  uchun  zarur  bо‟lgan  texnologik 
jihozlar  (moslama,  kesuvchi,  montaj  qiluvchi,  nazorat-о‟lchovchi  asbob  va 
jihozlar) ishlab chiqiladi. 
        8.  Yig‟ish  ishlarini  texnik  normalash  о‟tkaziladi  va  yig‟uv  jarayonini 
iqtisodiy kо‟rsatkichlari hisoblanadi. 
        9. Yig‟uv texnologik jarayonning texnologik hujjatlari rasmiylashtiriladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling