3 mundarija
Echiluvchi asosiy masalalar
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.
1. Echiluvchi asosiy masalalar
Tanavorlarga mexanik ishlov berish amallarini ishlab chiqish bosqichida quyidagi masalalar echiladi: 1). Amallarning rasional strukturasi aniqlanadi, nimagaki, amallarning о‟tuvlarini tuzish yoki mazmunini, bajarish ketma-ketligini va vaqt birligida о‟rindoshlash mumkinligiga imkon beradi. 2). Texnologik jihozlash vositalari (TJV) tanlanadi. 3). Amalni bajarishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish vositalari tanlanadi (masalan, uskuna modeli aniqlanadi), tanavorlarni kо‟chirish uchun transport qurilmalari bilan birgalikda. 4). Кesish rejimlari hisoblanadi va tayinlanadi. 5). Vaqt normalari aniqlanadi. 6). Sozlash о‟lchamlari о‟rnatiladi va sozlash sxemalari tuziladi. Amallarni tuzish - kо‟p variantli masala. Mumkin bо‟lgan variantlar unumdorligi va tannarxi bо‟yicha baholanadi. Amalni ishlab chiqishda uni bajarish vaqtini kamaytirishga harakat qilinadi. Potokli usulda ishlashda mahsulot birligini 107 tayyorlash vaqtini potokli liniyani berilgan unumdorligi chiqarish takti bilan bog‟laydi. 2. Tanavorlarga mexanik ishlov berish amallarini tuzish sxemalarini tanlash Mexanik ishlov berish amallar strukturasi texnologik va yordamchi о‟tuvlar soni va bajarish ketma - ketligi bilan aniqlanadi. Amalga birlashtiriluvchi о‟tuvlar soni ishlab chiqarish seriyasiga, chiqarish taktiga bog‟liq va о‟tuvlarni konsentrasiyalash yoki differen-siasiyalash darajasini tavsiflaydi. Amallarni differensiasiyalash va konsentrasiyalash darajasi ishlab chiqarishning seriyasiga bog‟liq. Yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishda TJ uchun о‟tuvlarni konsentrasiyalash prinsipi bо‟yicha tuzilgan amallar xarakterlidir. Yirik va og‟ir mashinasozlikda tashib о‟tkaziluvchi stanoklarni qо‟llab TJ xuddi shu prinsip bо‟yicha tuziladi. Yirik seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish sharoitida TJ, tor maxsuslashtirilgan oddiy stanoklardan tuzilgan konveyerli avtomatik liniyalar uchun differensiasiyalash prinsipi bо‟yicha va murakkab kо‟p shpindellik avtomatlarni о‟z ichiga olgan liniyalar uchun amallarni konsentrasiyalash prinsipi bо‟yicha tuzilgan. O‟rta seriyalab ishlab chiqarishda amallarni konsentrasiyalash prinsipini RDB stanoklarda va tez sozlanuvchi agregat stanoklarida ishlov berish amallari uchun, tanavorlarga о‟zgaruvchan-potokli liniyalarda guruhlab ishlov berish uchun еsa differensiasiyalash prinsipi qо‟llaniladi. Texnologik amallarni konsentrasiyalash yoki differensiasiyalash darajasi amallarni tuzish sxemalarini tayinlashda tanlanadi. O‟tuvlarning sonidan tashqari amallar bajarilish vaqti ichida о‟tuvlarni о‟rindoshlash bо‟yicha ham farqlanadi. Yordamchi о‟tuvlarni texnologik о‟tuvlar bilan о‟rindoshlash t yo yordamchi vaqtni yana ham bir nechta еlementlarga ajratish kerak. Yordamchi vaqt t yo -operativ vaqtning qismi bо‟lib, mehnat predmetini о‟zgarishini ta‟minlash va keyingi holatini aniqlash uchun zarur bо‟lgan harakatlarni bajarishga sarflanadi. U quyidagi beshta tashkil еtuvchilarni о‟z ichiga oladi: t e = t ur + t bosh + t tux + t a.a. + t ulch , (14.1) bu erda t ur -tanavorni о‟rnatish va uni, ishlov tugagandan keyin tushirish vaqti; t bosh - stanoklarni boshqarish vaqti (stanok shpindelini yurgizish va tо‟xtatish, shuningdek tezliklarini о‟zgartirish, shpindel aylanish yо‟nalishini о‟zgartirish va supportni surish vaqti, stanok supportlarini karetkalarini va boshqa qismlarini kо‟chirish vaqti). t tux - tо‟xtash vaqti (yangi holatga stanok qismining kо‟chishini davom еtib tо‟xtash vaqti, shpindellar bloklarini, stollarni, barabanlarni, bо‟luvchi qurilmalarni va konduktorlarni burilish vaqti); t a.a. - amaldagi alohida texnologik о‟tuvlarni bajarishda asbobni almashtirish vaqti (teshikni parma, zenker, razvertka bilan ketma-ket ishlov berishda asbobni patronda almashtirish vaqti; keskichli yoki revolьver kallaglarni burilish vaqti); t ulch -asbobni qirindiga о‟rnatish vaqti va о‟lchamlarni individual olish usuli bilan ishlash nazorat о‟lchovini о‟tkazish vaqti 108 (masalan, vallarni jilvirlanuvchi bо‟yinlarini о‟lchamlarini avtomatlashtirilgan nazorat qilishdagi vaqti). Texnologik о‟tuvlarni о‟rindoshlashda t up -operativ vaqtining еlementlarini qoplash imkoniyatlari amallarni tuzish sxemalariga bog‟liq. Sxemalar quyidagi belgilari bо‟yicha farqlanadi: a) ishlov berish uchun bir vaqtda о‟rnatiluvchi tanavorlar soni bо‟yicha (bir о‟rinli va kо‟p о‟rinli sxemalar); b) ishlov berishda qatnashuvchi asboblar soni bо‟yicha (bir asbobli va kо‟p asbobli sxemalar); v) amallarni bajarishda asboblar ishlashini ketma-ketligi bо‟yicha (ketma- ket, parallel va parallel-ketma-ket ishlov berish sxemalari). a). Bir о‟rinli amallar tuzilish sxemalari Кetma-ket ishlov berishda amallarning asosiy vaqti (14.1, a-rasmga qar.) hamma о‟tuvlar vaqtlarini yig‟indisini о‟z ichiga oladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling