3. Musobaqalashish faoliyati. Kirish
Download 164.19 Kb. Pdf ko'rish
|
X U L O S A
Institut va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari uchun yengil atletika bo‘yicha o‘quv programmasiga muvofiq talabalar o‘qish jarayonida asosiy tekshirish usullarini o‘rganishlari kerak. Ilmiy tekshirishlar bajarilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, sport sohasida ham yil sayin ko‘paymoqda. Faqat respublikamizda mustaqillik davrida dissertastiyalargina yengil atletika bo‘yicha 10 dan ortiq yozilgan. Ularda yengil atletlarning tayyorgarligi, yoshiga nisbatan jismoniy rivojlanish darajasi, harakatlanish qobiliyati va boshqa turli savollar ko‘rib chiqilgan. Bajarilgan tekshirishlar natijalari, chunonchi, chet el nashrlarida ham o‘z aksini topmoqda. Bizning mamlakatda va chet elda tizimli ravishda ilmiy tekshirishlar natijalari ilmiy-uslubiy va ilmiy konferensiyalarda (anjuman), simpoziumlarda keng muhoqama qilinadi. Talabalar uchun tekshirishlar uslubidan biri adabiyotni tahlil qilishdir (albatta birinchi o‘rinda yengil atletika bo‘yicha, keyin esa bilimning boshqa sohalari bo‘yicha). Nashrlar bilan tanishib, talabalar adabiyotni xronologik tartibda yig‘ib olishlari kerak, ya’ni avval oldingi davr nashrlari, keyin hozirgi davr nashrlari. U bu material qanday usul bilan olinganligi, natijalarni qanchalik ishonchliligi, bitta savolni har xil nuqtai nazardan qarab chiqishni, mashhur murabbiylar tajribasini yoki mashhur sportchilarning tayyorgarlik sistemasini o‘rganish va analiz qilishga e’tibor berishi kerak. Keyingi tekshirish metodi hujjatli materiallarni analiz qilish, mashg‘ulotlarni shaxsiy kundaligini, musobaqalar natijalarini, kuchli yengil atletlarni mashg‘ulot kundaliklarini va boshqalarni analiz qilishga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar kundaligini analiz qilishni to‘g‘ri bajarishdan oldin uni to‘g‘ri to‘ldirish lozim. Download 164.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling