3-mustaqil ish Transformatorlarning xarakteristikalari va qo’llanilishi


Download 109.16 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi109.16 Kb.
#1391577
1   2   3
Bog'liq
SATTOROV A mustaqil ish 3. (1)

Absolyut noldan farqli temperaturalarda yarimo‘tkazgichda elektron – kovak juftliklarining generatsiya va rekombinatsiyasi hamda kiritmalar atomlarining ionlashuvi va neytrallashuvi sodir bo‘ladi. Bunda elektronlar W energiyali u yoki bu energetik sathlarni egallaydilar. Muvozanat holatda (T=const) o‘tkazuvchanlik elektronlari va kovaklarining o‘zgarmas konsentratsiyalari yuzaga keladi. Kvant statistikasiga muvofiq elektron W energiyali sathni to‘ldirish ehtimolligi Fermi-Dirak taqsimot qonuniga ko‘ra aniqlanadi: . (5) Ushbu qonunda k – Bolsman doimiysi, tizimning absolyut temperaturasiWF – Fermi sathi energiyasi. W=WF bo‘lganda f(WF)=0.5 ekanligi ko‘zga tashlanib turibdi. Mos ravishda, [1-f(W)] ifoda valent zonadagi W energiyali sathning to‘ldirilmaslik ehtimolligini, ya’ni kovak hosil bo‘lish ehtimolligini anglatadi. O‘tkazuvchanlik zonadagi elektronlar konsentratsiyasi n va valent zonadagi kovaklar konsentarsiyasi p quyidagi ifodalardan foydalangan holda topiladi: ; (6) . (7) bu yerdaNC, NV – mos ravishda o‘tkazuvchanlik va valent zonalardagi energetik holatlarning effektiv zichligi. (6) va (7) integrallar elementar funksiyalar orqali yozilmaydi. Odatda, ishlatiladigan yarimo‘tkazgichlarda WF taqiqlangan zonada joylashadi va shuning uchun (2.5) ifodaning maxrajidagi birni e’tiborga olmasa bo‘ladi. Bunda zaryad tashuvchilarning energetik holatlar bo‘yicha taqsimlanishini ifodalovchi Fermi-Dirak funksiyasi Maksvell-Bolsmanning klassik taqsimotiga mos keladi

Stabilitron - yarim o‘tkazgichli diod bo‘lib, uning ishlash prinsipi r-n o‘tishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishiga olib kelishiga asoslangan. Stabilitronning shartli belgisi 5.1.b –rasmda keltirilgan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi. Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib, tokning IST.min dan IST.max gacha keng o‘zgarish oralig‘ida barqarorlash kuchlanishi UST hisoblanadi (5.1. a- rasm). Stabilitron VAX sidagi ishchi soha elektr teshilish sohasida joylashadi. Barqarorlash kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentratsiyasi bilan aniqlanadigan r-n o‘tishga bog‘liq. Agar yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich qo‘llanilsa, u holda r-n o‘tish tor bo‘ladi va tunnel teshilish kuzatiladi. UST ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi. Yuqori voltli stabilitronlar keng r-n o‘tishga ega bo‘lishi keoak, shuning uchun ular kuchsiz legirlangan kremniy asosida yasaladilar. Ularda ko‘chkisimon teshilish sodir bo‘ladi, barqarorlash kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. UST 3 dan 7 V gacha bo‘lgan oraliqda teshilishning ikkala mexanizmi ishlaydi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 dan 400 V gacha bo‘lgan stabilitronlar ishlab chiqariladi. Stabilitronning elektr teshilish sohasidagi differensial qarshiligi rD barqarorlash darajasini xarakterlaydi. Bu qarshilik qiymati dioddagi kichik kuchlanish o‘zgarishi qiymatining diod toki o‘zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi (5.1. a- rasm). rD qiymati qancha kichik bo‘lsa, barqarorlash shuncha yaxshi bo‘ladi.


Download 109.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling