3-mustaqil ta’lim jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari Reja
Download 28.8 Kb.
|
3-Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari
3-MUSTAQIL TA’LIM Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari Reja: Axloqiy Jaloliy asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni. Jaloliddin Davoniyning pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. Xulosa XV asrda faqat Eronda emas, balki Xuroson va Movaraunnahrda ham ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olimlardan biri Jaloliddin Davoniydir. Jaloliddin Davoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiylarning ijtimoiy fikrlari bilan ko’p jihatdan tutash keladi. Ular dunyoqarashining mag’zini komil insonni tarbiyalash uchun yuksak insoniy fazilatlarini tarkib toptirishda tashkil etadi. Jaloliddin Muhammad Ibn Asad as-Siddiqiy al-Davoniy Eronning Kazarun viloyatdagi Davon qishlog’ida 1427 yilda dunyoga kelgan. Jaloliddin Davoniy boshlang’ich ma’lumotni qishlog’ida olgach, Sherozga keladi va u erda Dorul al-tom madrasasida tahsil ko’radi. Madrasada u musulmon qonunshunosligi (fiqh) bilan maxsus shug’ullanadi hamda ilm-fan sirlarini mashhur olimlardan o’rgana boshlaydi.Uning otasi Sa’diddin ham o’z zamonining fozil kishilaridan bo’lib, o’g’lining ham ilm-fanni chuqur egallashiga yordam beradi. Madrasani tamomlagach, Davoniyning ilmiy qobiliyatidan xabardor bo’lgan Eron hukmdori Sulton Yoqub Oq qo’yinli tomonidan Sheroz shahriga qozi etib tayinlanadi. U madrasada ham mudarrislik, ham qozilik vazifalari bilan shug’ullana boshlaydi. Jaloliddin Davoniy faqat o’z yurtida emas, balki o’z mamlakatlarida shuhrat qozonadi. Turli shaharlardan talabalar kelib, unda tahsil oladilar va ular orasidan ham etuk fozilu- fuzalolar etishib chiqadi. Jaloliddin Davoniy keyinchalik, Eron, Iroq, Hindiston, Koshon, G’ilon, Tabriz, Hirot shaharlarida sayohatlarda bo’lib, ko’plab olimlar bilan hamsuhbat bo’lib, o’zining bilimi, dunyoqarashini yanada boyitgan. Jaloliddin Davoniy umrining oxirgi yillarini o’z qishlog’ida o’tkazgan. Olim 1502 yilda vafot etgan. U Kazarun yaqinidagi qishlog’i Davonga dafn etilgan. Davoniy o’z davrining ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan qomusiy olim. Uning yirik olim bo’lib etishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham katta ta’siri bo’lgan. Chunki, ilm-fan XIV-XV asrlarda xuddi ana shu ikki yirik fan va madaniyat markazida taraqqiy etgan. Davoniy bu ikki shahar ilm ahllari, shuningdek, Vizantiya, Ozarbayjon, qirmon, Hurmuz, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari bilan uzviy aloqada bo’lgan. Ayniqsa, Hirotda bo’lganda mashhur shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy bilan uchrashgan va keyinchalik u erdan ketganidan so’ng ham alloma bilan xat yozishib turgan. Demak, Davoniyning etuk olim bo’lib etishishida Yaqin va O’rta Sharq, Movarounnahrdagi etuk olimlar bilan hamkorlik qilishi muhim omil bo’lgan. Davoniyning madrasadagi uzoq vaqt muddarislik faoliyati uning ta’lim-tarbiya to’g’risida o’z qarashlariga ega ekanligini ko’rsatadi. H. Aliqulov tadqiqotlarida keltirilishicha, Jaloliddin Davoniyning hayoti va faoliyati, ilmiy-pedagogik merosini Sharq va G’arb olimlari Xondamirning «Habib us-siyar» kitobiga tayangan holda tadqiq etganlar. Samarqandlik olim Abu Tohir Xo’janing «Axloqiy Muzaffariy», Shamsiddin Somiyning «Qomus al-allom» asarlarida alloma haqida ma’lumotlar berilgan. Lekin H. Aliqulov Jaloliddin Davoniy haqida batafsil ma’lumot Ali Davoniyning «Jaloliddin Davoniy» nomli kitobida, A.M. Shastrinning «Islom madaniyati haqida lavhalar» nomli asarida, ingliz tilida chop etilgan «Islom qomusi», M. Duayt va D.D. Donaldsonlarning kitoblarida ancha batafsil aytib o’tilganini ta’kidlaydi. H. Aliqulovning tadqiqotlarda ma’lum bo’lishicha, Davoniydan quyidagi ilmiy meros qolgan: «Risolai isboti vojib» (Zaruriyatning isboti haqida risola), «Risolai ul-mufradot» (Moddalar haqida risola), «Risolat ul-huruf» (Harflar haqida risola), «Risolati fi tavjix ul-tashbix» (Majoz talqini haqida risola), «Risola dar elm un-nafs» (Ruhshunoslik to’g’risida), «Tariqati tarbiyat ul-avlod» (Bolalarni tarbiyalash usuli), «Arznoma» (Armiyani boshqarish qoidalari) kabilar shular jumlasidandir. Shuningdek, Jaloliddin Davoniyning she’rlari ham «Foniy» taxallusi bilan chop etilgan. Lekin dunyoga mashhur bo’lgan, fors tilida yozilgan «Axloqi Jaloliy» asari dunyoning ko’p tillariga tarjima qilingan va shuhrat qozongan. Mazkur asar 1470-1478 yillarda yaratilib, G’arbiy Eron hokimi Uzun Hasan Oq qo’yinliga bag’ishlangan. Bu asar 1839 yilda V.F. Tomison tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. 1911 yilda Kalkuttada nashr qilingan. 1984 yilda Eshonjon Ibn Muhammadxo’ja tomonidan o’zbek tiliga qisqacha tarjima qilingan. Mazkur asarni rus sharqshunosi A.A. Semyonov, Re va Braunlar fikriga tayangan holda uni musulmon Sharqidagi mashhur kitoblar qatoriga qo’shadi, deydi tadqiqotchi. Haqiqatan ham ushbu asar Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va boshqalarning axloqiy tarbiyada o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan asar sanaladi. «Axloqi Jaloliy» da ham inson kamoloti uchun eng zarur bo’lgan axloqiy fazilatlar yo’llari va usullari bayon etiladi. «Axloqi Jaloliy» uch qismdan iborat. Birinchi qism-axloq faniga, ikkinchi qism-«Odamning ichki holati» oilaviy hayotiga, uchinchi qism-«Shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati» deb atalib, unda muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko’tariladi. Chunonchi, jamiyatning paydo bo’lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, xalqning farovon hayot kechirishida podsholarning o’rni, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o’rni bayon etiladi. Biz, asosan Davoniyning insonning haqiqiy kamolotiga etishida aqliy va axloqiy shakllanishi masalalariga to’xtalamiz. Avvalo, Davoniy ham boshqa mutafakkirlarga ergashib o’zining axloqiy qarashlarini o’z salaflari kabi talqin etdi. Masalan, Abu Nasr Farobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga ega bo’lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok qilishni to’g’ri talqin etdi. Jaloliddin Davoniy insonning kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog’liq ekanligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda boshqalar bilan aloqada shakllanib tarbiya topgan inson o’zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo’lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin deydi. Shuning uchun u «Axloqi Jaloliy» asarida jamiyatni adolatli fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Farobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo’lishi kerak deydi. Bular: birinchisi-hukmdor odamlarni e’zozlashi, ikkinchisi-davlat ishlarini adolatli ijro etishi, uchinchisi-hirs va shahvatga berilmasligi, to’rtinchisi-hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g’azabga yo’l qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi, beshinchisi-xalqining ehtiyojini qondirish uchun xudoning irodasidan kelib chiqishi, oltinchidan-xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilish, ettinchisi-xalqqa nisbatan odil bo’lishi, sakkizinchisi-har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi, to’qqizinchisi-har bir kishini uning qobiliyatiga monandlavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni, o’ninchisi-adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l qo’ymaslik kabilardir. Shuningdek, Jaloliddin Davoniy hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan. Ko’rinib turibdiki, adolatli shoh timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan shaxsdir. Davoniy «Axloqi Jaloliy» da ijtimoiy-siyosiy masalalarga qayta-qayta murojaat etdi. Chunonchi, jamiyatning paydo bo’lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, adolatli va adolatsiz podsholar, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o’rni, aqliy va axloqiy tarbiya, insonda ijobiy xislatlarni tarkib toptirish masalalari va boshqalar shular jumlasidan. Jaloliddin Davoniy o’z asarida insonni ijtimoiy mavjudot sifatida qaraydi, inson faqat jamiyatda, kishilar orasida, ular bilan munosabatda shakllanadi, degan fikrni ilgari suradi. U o’tmish olimlarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlaridagi an’analarni rivojlantirgan holda o’z qarashlarini o’tkir ruhshunos olim sifatida ham talqin etadi, uning fikricha bola yaxshi fazilatlarni ta’lim-tarbiya natijasida egallashi mumkin. Chunki, bolada his-tuyg’u juda erta shakllana boradi, u ulg’aya borgan sari ayrim juz’iy narsalarni ham ajrata boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to’g’risida tasavvurga ega bo’la boshlaydi, aqli to’lishib, ongi o’sadi, deydi olim. Ana shu paydo bo’lgan sezgi va aql orqali tashqi dunyoni bilishi mumkin deydi. Bola o’ta ta’sirchan va taqlidchan bo’lishini ta’kidlar ekan, olim yaxshi fazilatni ham, yomon fazilatni ham u tezda qabul qilaverishi mumkinligini alohida o’qtirib o’tadi. Bola qalbini naqsh solinadigan, suratlarni osonlikcha tushirish mumkin bo’lgan taxtaga o’xshatadi. Jaloliddin Davoniyning fikricha, bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo’lishi uning keyingi tarbiyasiga ham bog’liq. Chunki hayotda har kuni bola ko’radigan, muloqotda bo’ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni kerak bo’ladigan insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota-ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to’g’rilik va rostgo’ylikni o’rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so’zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda o’rganiladi. Shunga ko’ra bunday xislatlarni bolalarda har kuni tarbiyalab borilishi muhim. Ota va ona bola tarbiyasida bab-baravar ma’suliyatlidir, deydi Davoniy. Ota bolaning yaxshi fazilatlarni egallab, kasb-hunar o’rganib borishi, ilm-fanni chuqur o’zlashtirib olishi uchun moddiy asos, ya’ni kiyim-kechak, kerakli buyumlar bilan ta’minlaydi. Ona bola tarbiyasida asosiy qiyinchiliklarni boshidan kechiruvchi sanaladi. U bolaga yashash uchun quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shafqatini ayamaydi. Bolaga oddiy axloqiy qoidalarni o’rgatish, yurish-turish, eyish-ichish qoidalariga rioya etish, o’z qilmishi oldida javob berish ma’suliyatini his etishni tarkib toptirishda ota va ona burchlidir. Bola tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda maktabga chiqqandan so’ng muallim ham javobgar sanaladi, deydi olim. Buning uchun muallimning xislatlariga, bola va uning o’rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor beradi. Davoniy muallimni «Ma’naviy padar» deb ataydi. Chunki ota bolanijisman hayotga keltirib, uni jismoniy tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy jihatdan kamolotga etkazadi, deydi olim. Ruh qanchalik badanga yaqin tursa, muallim ham tarbiya borasida ota-onaga shunchalik yaqin deb ko’rsatadi. U ota-ona tarbiyasi bilan muallim tarbiyasini taqqoslar ekan, muallimning tarbiya usuli, metodlari ota-onanikidan yuqoriroqdir, deb ta’kidlaydi. Chunki, ota-ona ta’lim-tarbiya usullari, metodlari bilan muallimchalik qurollanmagan bo’ladi, muallim esa, tarbiya berish bilan birga ilm cho’qqilarini egallashda ham zahmat chekadi va shogirdning olgan ta’limi va tarbiyasi umrbod uning hayot yo’lini belgilab beradi, deb aytadi. Shu o’rinda Jaloliddin Davoniyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlarini kelitirish o’rinlidir. Chunki olimning qarashlarida aqliy tarbiya va bilimlarni egallash masalalari muhim o’rinni egallaydi. Bolalarga bilim berishni yoshlikdan boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Mutafakkirlarning fikrini davom ettirgan holda Davoniy ham inson aqlining qudratiga, uning ijtimoiy hodisalarni bilishga, aql ilohiy ulug’ bir ne’mat, haqiqat mezoni ekanligiga ishonadi. Chunki inson aql yordamida o’z hatti-harakatini, faoliyatini boshqaradi. Davoniyning fikricha, aql ijtimoiy hayotning barcha sohasida, xoh davlat ishida, xoh ilmni o’rganishda, xoh ijobiy xulq-odob qoidalarini egallashda bo’lsin, xoh shirinsuhanlik-da, she’riyatda bo’lsin, faol qatnashadi. Uning bu aqidasi, ya’ni aqliy bilishga tayanishga ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq masalalarini talqin etishida ko’proq namoyon bo’ladi. Jaloliddin Davoniyshuning uchun ham bolalarga ta’lim-tarbiya berishda aqliy tarbiyaga katta o’rin beradi. Ilm kishilarni yomon odatlardan, razil ishlardan saqlaydi, ilm bilan shug’ullanish har bir inson uchun hech qachon kech bo’lmaydi, deydi Davoniy. Aflotundan: «Qancha vaqtgacha ta’lim olish va ilm o’rganish yaxshi»-deb so’rabdilar. U-«Nodonlikning va johillikning ayb ekanligi qay vaqtgacha bo’lsa, ilm o’rganish o’sha vaqtgacha yaxshidir»-deb javob bergan ekan. Madrasani tamomlagach, Davoniyning ilmiy qobiliyatidan xabardor bo’lgan Eron hukmdori Sulton Yoqub Oq qo’yinli tomonidan Sheroz shahriga qozi etib tayinlanadi. U madrasada ham mudarrislik, ham qozilik vazifalari bilan shug’ullana boshlaydi. Jaloliddin Davoniy faqat o’z yurtida emas, balki o’z mamlakatlarida shuhrat qozonadi. Turli shaharlardan talabalar kelib, unda tahsil oladilar va ular orasidan ham etuk fozilu- fuzalolar etishib chiqadi. Jaloliddin Davoniy keyinchalik, Eron, Iroq, Hindiston, Koshon, G’ilon, Tabriz, Hirot shaharlarida sayohatlarda bo’lib, ko’plab olimlar bilan hamsuhbat bo’lib, o’zining bilimi, dunyoqarashini yanada boyitgan. Jaloliddin Davoniy umrining oxirgi yillarini o’z qishlog’ida o’tkazgan. Olim 1502 yilda vafot etgan. U Kazarun yaqinidagi qishlog’i Davonga dafn etilgan. Davoniy o’z davrining ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan qomusiy olim. Uning yirik olim bo’lib etishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham katta ta’siri bo’lgan. Chunki, ilm-fan XIV-XV asrlarda xuddi ana shu ikki yirik fan va madaniyat markazida taraqqiy etgan. Davoniy bu ikki shahar ilm ahllari, shuningdek, Vizantiya, Ozarbayjon, qirmon, Hurmuz, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari bilan uzviy aloqada bo’lgan. Ayniqsa, Hirotda bo’lganda mashhur shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy bilan uchrashgan va keyinchalik u erdan ketganidan so’ng ham alloma bilan xat yozishib turgan. Download 28.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling