3 mustaqil topshiriq


Download 69.1 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2023
Hajmi69.1 Kb.
#1081926
  1   2
Bog'liq
jismoniy tarbiya


3 - mustaqil topshiriq.

  1. Bu mavzularni o’qib urganib chiqdim.



  1. Harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari va gimnastika mavzulariga alohida e’tibor qarating.

O'yin — tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga xosdir. O'yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan bolalar o'yinlari, stol o'yini, doira bo'lib o'ynaladigan o'yin, harakatli o'yinlar, sport o'yinlari.
O'yin o'z-o'zini bilish vositasi, o'yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo'lishi mumkin.
O'yin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlariva kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o'yin-kulgi, dam olishda, ma'naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o'rin egallaydi.
O'yin faoliyati — nafaqat madaniyatning bir elementi, balki bolalar va o'smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi. U har doim maqsadga yo'naltirilgan va turli-tuman maqsadli yo'l- yo'riq hamda asoslangan harakat bilan o'ziga xos xususiyatni ko'r- satib turadi. O'yin faoliyati ayniqsa bolalik davrida ko'proq meh­nat bilan umumiylikka ega bo'ladi. Biroq o'yin jarayonida hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarata olmaydi.
O'yin — juda ham quvnoq jo'shqin faoliyatdir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. O'yinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa o'smirlar va bolalar o'rtasida eng keng tarqalgani bu harakatli o'yin- lardir. Ular esa ushbu o'quv qo'llanma fanining asosi hisoblanadi.
Harakatli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to'pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko'rsatish va boshqalar). Bu o'yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, g'oyasi) asoslab beradi. U o'yinda qo'yilgan maqsadga erishish yo'lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to'siqlarni yengib o'tishiga yo'naltiriladi.
Harakatli o'yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) hara­katli o'yinlar va sport o'yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o'yinlar o'ynovchilarning o'zlarini ixtiyoriy ravishda o'r- natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo'naltirilgan, o'zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo'ladi. O'ynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi hara- kat talab qiladi, uni bajarishi o'ynovchilarni o'zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog'liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan o'zib ketish va hokazo).
Harakatli o'yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o'yinlaridan farqli o'laroq, harakatli o'yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o'zgartirish kiritish mumkin. O'yin qoidasi maqsadga erishish yo'lida o'yindagi qiyinchiliklarni va to'siqlarning xarakterini aniqlaydi.
Haqiqatan ham harakatli o'yinlar o'yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o'yin qoidasi o'yin qatnashchilari va rahbarlarning (o'qituvchilar) o'zlari o'tkazilayotgan o'yinning sharoitiga qarab uni o'zgartirib boradilar. Chunki unda o'ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi belgilanmagan bo'ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o'zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to'p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo).
Sport o'yinlari — bu harakatli o'yinlarning eng yuqori bosqichi- dir. Bunda o'yin qoidasi qat'iy belgilangan bo'lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o'yinining o'ziga xosligi o'yin jarayonida ma'lum taktikada o'zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. Bu esa o'yin qatnachilaridan maxsus tayyor- garlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport o'yini belgilangan o'yinchilarning soniga, maydon o'lchamlari va asbob anjomlariga ega bo'ladi.
Ayrim sport o'yinlarida ba'zi o'yinchilarda mutaxassisligi bo'lishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o'yinlarining u yoki bu o'yinida qat'iy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport o'yinlarida o'yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (o'quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o'smir qizlar) o'zgartirilishi mumkin.
Sport o'yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo'yicha har xil darajadagi musobaqalar o'tkaziladi. Natijada sport o'yinlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi o'yinchilarga sport razryad- lari va unvonlar beriladi.
Ayrim harakatli o'yinlar (masalan, «lapta», «voleybol» va hokazo) mashg'ulotning maqsadi, ko'rsatmasi va uni tashkil qilish usullariga bog'liq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham o'zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o'yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o'yinlari sifatida o'tkaziladi. Masalan, o'yin qatnashchilari tasodifan yig'ilib qolganda (dam olish o'yinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli o'yin xarakteriga ega bo'ladi.
Harakatli o'yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o'yinla- riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test me'yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo'lib ham hisoblanadi.
Harakatli o'yinlar o'ziga xos bo'lishi mumkin (yakka tartibda), u hammadan ko'proq tez-tez bolalarning o'zlari tomonidan (to'p o'yini, arg'amchi bilan chambarakni aylantirish va boshqalar) tashkil etiladi. Ulardan tarbiyachi-pedagog va yetakchilar tomonidan bolalarning faol dam olishini tashkil qilish maqsadida foydalanish mumkin (tanaffusda, kuni uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda).
Jamoa bo'lib o'ynaladigan (guruh) harakatli o'yinlar alohida pedagogik ahamiyatga ega bo'ladi, chunki ularda o'ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo'limlar va sport seksiyasida shug'ullanuvchilar qatnashadilar. Jamoa bo'lib o'ynaladigan harakatli o'yinlarda har doim musobaqalashish elementi o'ziga xos bo'lib (har bir kishi o'zi uchun yoki har bir kishi o'z jamoasi uchun), shuningdek, belgilangan maqsadga erishishida, qiziqishni uyg'otishda bir-biriga yordam berish va o'zaro yordamdan iborat bo'ladi. Jamoa o'yinlarining o'ziga xosligi shundan iboratki, o'yinda hamma — vaqt holatni o'zgarib turishi, o'yinchilardan tezlik reaksiyasi talab qilinadigan bo'ladi. Shuning uchun o'yin jarayonida o'zaro munosabat har doim o'zgarib turadi: har bir kishi o'zi uchun yoki o'zining jamoasi uchun «raqib- lari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi.
Harakatli o'yinlar bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi. Ular alohida o'yinlar bo'yicha o'tkazilishi mumkin, o'yinga qo'yilgan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi o'quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli o'yinlar majmuasi bo'yicha musobaqa o'tkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan turli-tuman o'yinlar kiritiladi. Harakatli o'yin majmuasi bo'yicha o'tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, o'smir- lar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq o'yindagi vazifa har xil bo'lishi mumkin.
Harakatli o'yin bo'yicha o'tkaziladigan musobaqadagi bu juz'iy o'zgarish sport o'yinlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarga nis- batan bir oz farq qiladi, chunki sport o'yinlari qat'iy belgilangan sharoitda va qoida bo'yicha o'tkazilishi talab qilinadi.
Har bir harakatli o'yin o'zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o'yinlarning mazmuni quyida- gilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli o'ylab qo'yilgan ish, o'yin rejasi) maqsadga erishish uchun o'yinga kiradigan harakat va qoidalar.
Harakatli o'yinlarning shakli qo'yilgan maqsadga erishish usul- larini keng tanlash imkoniyatiga ega bo'lishi, o'yin qatnashchilarining harakatini tashkil qilishdan iborat. O'yin qatnashchilari bir xil o'yinlar- da o'zining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoki guruh bo'lib harakat qiladilar, boshqalarida esa o'zlarining jamoalari qizi- qishlarini himoya qiladilar. Shuningdek, o'yin uchun o'ynovchilar har xil tuzilishda yoki shaklda (sochilib yoki tarqalib, doirada, safda, qatorda) turadilar.
O'yin shakli mazmuni bilan bog'liq ravishda kelib chiqadi.
O'yinning metodik jihatdan o'ziga xos xususiyati uning maz­muni va shakliga bog'liqdir. Harakatli o'yinlar metodik jihatdan o'ziga xos bo'ladi:
jonliligi;
chegaralangan qoida bo'yicha maqsadga erishishda mustaqil harakat qilish;
qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat qilish;
o'yindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmunia muvofiq- ligi, o'yin qatnashchilarini jamoadagi ma'lum darajadagi o'zaro munosabati o'rnatiladi;
to'satdan o'yinda o'zgarib qolish holati, bu esa o'yinchi- lardan tashabbuskorlikni, tez reaksiyani talab qiladi;
o'yindagi musobaqa elementlari o'yinda jo'shqinlikni (emotsio- nallik) oshiradi va kuchni to'liq sarf qilishni talab qiladi;
o'yinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda qarama-qarshi tomonlarning manfaatlarini bir-biriga zid qo'ymoq esa yuqori darajadagi jo'shqinlik tonusini yaratadi.
Harakatli o'yinlar nafaqat vosita, balki bolani jismoniy tarbiya metodi bo'lib ham hisoblanadi. Tarbiyada o'yin metodining tushun- chasi o'yin metodikasining o'ziga xos xususiyatini inkor qiladi, ya'ni bu boshqa tarbiya jihozlaridan uning metodi munosabatda bo'lishida farqlanadi (musobaqa elementi, syujetning mavjudligi, maqsadga erishishning turli-tuman usullari, nisbatan mustaqil harakati).
O'yin metodi ayniqsa murakkablashgan va o'zgartirilgan sharoitda harakatni kompleks takomillashtirish uchun foydalaniladi.
Harakatli o'yinlar jismoniy tarbiya va o'yin metodi vositasi sifatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli o'yinlarda gimnastika, yengil atletika, chang'i va boshqa sport turlari mashg'ulotlarida alohida malaka, ko'nikma hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va takomillashtiradi.
Pedagogika amaliyotida harakatli o'yinlarning ikkita asosiy turidan foydalaniladi:
1. Erkin, ijodiy yoki erkin o'yinlar, bunda o'yin qatnashchilari- ning o'zlari o'yin rejasini belgilashadi va belgilangan maqsadni o'zlari amalga oshirishadi. Bu bolalarda go'daklik, maktabgacha yoshda va kichik maktab yoshida ular hammadan ko'ra tez-tez mazmunli bo'ladi, chunki o'yinning mazmuniga qarab rol taqsimlanadi, shu- ning uchun ularni psixologiyada g'o'la shaklida o'ralgan, deb ataladi. Ular alohida yoki bir kishilik va guruh shaklida bo'lishi mumkin.
2. Belgilangan qoidaga asosan tashkil qilingan harakatli o'yinlar unga katta yoshdagi bolalar-yetakchilarning o'zlari rahbarlik qilishlari talab qilinadi.
O'yin mazmuni va murakkabligi bo'yicha juda ham turli tumandir:
Oddiy jamoasiz harakatli o'yinlar, bunda har bir o'yin qat- nashchisi, o'yin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta o'zi uchun kurashadi. O'quvchilardagi barcha o'yin faoliyati shaxsiy tako- millashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniq nishonga tekkizishda, kuchda, tezkorlikda va boshqa sifatlar bo'yicha shaxsan ustunlikka erishishga yo'naltirilgan. Bu o'yinlarda eng asosiy ahamiyat shaxsiy tashabbuskorlikni va harakat imkoniyatini, o'zining shaxsiy sifatlari- dan foydalanishini bilish maqsadga muvofiqdir.


  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki badantarbiya mashg‘uloti o‘tkazish uchun bola yoshiga mos keladigan musiqa tanlang va yuqoridagi mavzular orasidan musiqaga mos keladigan istalgan bir mavzuni tanlab oling.

Ertalabki badantarbiya mashqlarining sog‘lomlashtiruvchi turlari. Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarining bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko‘p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy turlari.

Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko‘rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qo‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo‘llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg‘imchoqlar, to‘plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg‘ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o‘rmalash, oshib o‘tish)


Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya mashqlarining asosiy shakllari:

Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotdan oldin o‘tkaziladi. Uning ahamyati: organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 dakika davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg‘ulotlardai iborat. Eng kup og‘irlik mashg‘ulotlarning o‘rtasida o‘tkaziladi.
Bolalar bog‘chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo‘lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan so‘ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to‘g‘ri o‘sishidagi ko‘nikmalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo‘lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.

Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo‘ladi. Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniksa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez ko‘zg‘alishiga va mehnatga yarokliligi me’yorini qayta tiklaydi.


Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo‘ladigan ta’sirlari birgalikda o‘tkazilsa, nerv sistemasining ko‘zg‘alish jarayoni tezrok yulga qo‘yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko‘zg‘alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi.

Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo‘lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.


Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badanarbiya mashqlari xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bo‘lmagan harakatiga keltiruvchi mashq), ya’ni har xil muskullar guruxini jismoniy layoqatini yanada chuqurlashtirish, elementlar, harakatga keltiruvchi ko‘nikmani qo‘lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikii rivojlantirish maqsadida bajariladi.
Qo‘shimcha mashqni va ko‘nikmani atrof- muxit bilan bir-biriga aktiv ta’sir etuvchi badantarbiya vositadir.
Erkin mashq bu ertalabki badantarbiyamashqlarining bir turi bo‘lib chidamlilikni oshirishga rivojlantirishga yunaltirish.
Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari.
Ertalabki badantarbiyaning metodik xususiyati.

Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari.
Ritmik mashqlari sog‘lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko‘rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog‘liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug‘ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo‘ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik. Musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘taradi. Xis - tuyg‘ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g‘ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin, agar harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o‘yin yoki aralash mashqlar ustun turadi. Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko‘pchilikni tashkil etadi.


Ritmik badantarbiyaning vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
Sog‘liqni har tomonlama saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, chiniqtirish, organizmning tashki muhitni noqo‘lay bo‘lgan sharoitlariga chidamliligini oshirish;
Shaxsning ma’naviy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z kuniga ishonchni tarbiyalash va ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish;
Shug‘ullanuvchilar tomonidan jismoniy mashqlarni mustaqil qo‘llash uslubi va jismoniy tarbiya asoslari bo‘yicha ma’lum doiradagi bilimlarga ega bo‘lish;
Doimiy ravishdagi jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va odatlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.


  1. Yuqoridagi mavzular orasidan tanlagan musiqagangizga mos keladigan harakatlar ketma – ketligini tuzib oling.

Keyingi harakatlar mantigʻi va ketma-ketligi quyidagi holatlarga bogʻliq:
• kim shartnomaga binoan ijaraga olingan binolarni ta’mirlash xarajatlarini oʻz zimmasiga olishi va haqiqatda kim ularni qilishi shart;
• ta’mirlash ishlari qay tarzda ijaraga olingan binolardan foydalanish shartlariga ta’sir koʻrsatadi.
Bir nechta ehtimoliy ssenariylarni koʻrib chiqamiz.
1) Dastlab, shartnoma shartlariga binoan binolarni ta’mirlash xarajatlari ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi
Tegishincha, u:
• yoki oʻz majburiyatlarini bajarishga tayyor (ta’mirlash ishlarini oʻzi bajarishi yoki pudratchi tashkilotni jalb qilishi - bu muhim emas). Bu holda, faqat ta’mirlash ishlari binolardan foydalanish shartlarini yomonlashtirgan taqdirda ijara haqini kamaytirish mumkin;
• binolarni ta’mirlash uchun moliyaviy imkoniyatlardan mahrum boʻlsa. Agar ta’mirlash ob’ektiv ravishda zarur boʻlsa va ijaraga oluvchi uning uchun haq toʻlashga tayyor boʻlsa, ijara shartnomasining dastlabki shartlariga tuzatishlar kiritish zarur:

  1. Badantarbiya mashg‘ulotlarining bolalar organizmiga ta’siri” mavzusida shaxsiy qarashlaringizni yozing va word fayl ko‘rinishida platformaga joylang.

Bolalar organizmiga ertalabki badan-tarbiyani ta’siri. Bolalar bog’chasi kun tartibida ertalabki badan-tarbiya. Badan-tarbiyaning vazifalari; organizmning ish faoliyati va funksional holatini oshirish.
Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining kompleks shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi kamologi, organizmning funktsional takomillashuvi, bola sog’ligining mustahkamlanishi, ular tomonidan to’g’ri harakat ko’nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar xamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsning har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi. Mashg’ulotlarda sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo’li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funktsional 1 jarayonni, uning optimal gigienik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiyaviy vazifalar mashg’ulotlar jarayonida bolaning ma’naviyaxloqiy sifatlarini shakllangirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar bilimlar va terminlarni ma’lum kolish, to’g’ri harakat ko’nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yuli bilan hal etiladi. Mashg’ulotlar xushchaqchaq intizomli, agrof-muhitda yaxiщ harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdeq axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy mashg’ulotlar kuz, qish va bahor faslida binoda hamda ochiq zavoda o’tkaziladi. Yoz fasli paytida barcha mashg’ulotlar (yomg’irli kunlardan tashqari) ochiq zavoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o’tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o’zaro aloqadadir: ular barcha sog’lomlashtirish va 11 ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydi. Mashg’ulotlarni o’tkazish sharoiti ularning ba’zi o’ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog’lomlashtirish—gigienik shartlarga rioya qilgan holda o’tkaziladigan (deraza fortochkalari ochiq yengil kiyim va poyabzal) mashg’ulotlar harakatlarning to’g’ri, go’zal va aniq bo’lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaщsh. Ular turli qo’llanmalar bilan va musiqa jo`rligida o’tkazilishi mumkin. Ochiq havodagi mashg’ulotlar maksimal sog’lomlashtirish samarasiga ega, ular harakatlarni keng joyda bajarishga, imkon beradi, jismoniy yuklamani kuchaytiradi, sport: o’yinlari, estafetalarni o’tkazishga keng imkoniyat yaratadi. Biroq qalin kiyim va poyabzal harakatlarning aniq ifodali, chiroyli bo’lishiga xalaqit beradi. Rejada har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlar mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko’ra xilma-xil mashg’ulotlarni o’tkazishda vazifalarning: aniq va oydin bo’lib qilishi, dasturni o’tishda izchillik rioya qilish, shuningdeq bolalar yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg’ulotlar tuzilmasi - maщqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishvdan iboratdir. U qo’yilgai vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog’liq. Harakat faoliyati jarayonida yurak qiskarshii chastotasi ko’rsatkichlari mashg’ulot boshlanishida uning asta-sekin oshib borishi, so’ng kuchaya borib, mashg’ulotlarning asosiy Qismida yuqori darajaga yetishini va mashg’ulot so’ngida asta- sekin pasayishini ko’rsatdi. Bunday izchillik bir tomondan, qon 12 aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyash bilan, ikkinchi tomondan, dshdat-e’tiborni qaratish, reaktsiya tezligi kabi ruhiy jarayonlarning kechishi va shu bilan bog’liq ravishda harakatlarning juda anshdiigi bilan belgilanadi. Mashg’ulot davomida organizm va ruxiyatda kechadigan o’zgarishlar markaziy asab tizimi nazoratida amalga oshiriladi. Bunda uning asab markazlari, asab jarayonlari harakat- chanligi, ko’zgaluvchanligining oshishida ifodalanadigan o’z ish qobiliyati kuchayadi. Mashg’ulotlar davomida butun organizmning juda ishchanligi sharoitida ishlayotgan organ va tizimlar faoliyatining uyg’unligi yaxshilanadi, to’g’ri ish ritmini topish xamda shu bilan bog’liq ravishda emotsional Xolatni oshirish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu davrda ish qobiliyatining eng yuqori darajasi kuzatiladi. U faoliyatning ayrim jixatlari tavsifining o’zgarishga bog’liq xolda turlanib turadi (harakatlarni bajarish, tarbiyachi harakat namunasini kuzatish, unnng ko’rsatmalarini tushunib olish va xokazo). Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’zaro bog’liq uch qismdan: kirish — jismoniy tayyorgarliq asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning \ar bir yuismi uchun baravar muxim axamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga \ar tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi. Mashg’ulotning kirish - jismoniy tayyorgarlik qismi vazifalari va mazmuni jismoniy tarbiya mashg’ulotining birinchi qismi qo’yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga kura turlicha bo’lishi mumkin. SHuning uchun bir xolda o’qitish, ikkinchi bir xolda kirish- jismoniy tayyorgarlik tavsifida bo’lishi mumkin. Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo kilishdan, diqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko’nikmalarini aniklashtirishdan, bola organizmini asta- sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv faoliyatga tayyorlashdan iborat. 13 SHu maqsadda bolalarga to’g’ri qaddi-komatni tarbiyalashga, yassitovonlikning oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo’ljal olish bilan bog’liq bajarilishi ko’p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi.

  1. Tanlagan badantarbiya mashg‘ulotingizni universitetga kelganingizdan so‘ng o‘qituvchiga amaliy bajarib ko‘rsatasiz. Shundan keyin baholanasiz.



Download 69.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling