3. Nochiziqli va parametrik elementlar. Nochiziqli zanjirlarda tebranishlarni spektral analiz usullari


Uch va besh ordinatalar usuli. Ushbu grafo-analitik usuldan nochiziqli element orqali o‘tayotgan tok spektral tashkil etuvchilarini taqriban hisoblashda foydalaniladi


Download 335.12 Kb.
bet4/6
Sana11.11.2020
Hajmi335.12 Kb.
#143614
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 мавзу Т ва СИ

Uch va besh ordinatalar usuli. Ushbu grafo-analitik usuldan nochiziqli element orqali o‘tayotgan tok spektral tashkil etuvchilarini taqriban hisoblashda foydalaniladi.


Uch ordinata usuli tokning doimiy tashkil etuvchisi va birinchi, ikkinchi garmonikalari amplitudalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Besh ordinata usuli orqali qo‘shimcha tokning uchinchi va to‘rtinchi garmonikalarini aniqlash mumkin.

Uch ordinata usulini ko‘rib chiqamiz. Nochiziqli element VAXsi 3.10-rasmda keltirilgan shaklda bo‘lsin.



3.10-rasm. 3 va 5 ordinata usuliga oid chizma


Uning kirishiga

uk(t)=Ukcosω0t (3.25)

garmonik tebranish shaklidagi kuchlanish berilsin. Bunda nochiziqli elementdan o‘tayotgan tok shaklining o‘zgarishini ko‘ramiz. Bu tok doimiy tashkil etuvchi va kirish tebranishlari garmonikasidan iborat bo‘ladi, ya’ni



i(ωt)=I0+I1cosω0t+I2cos2ω0t+….+Incos0t. (3.26)

Kirish kuchlanishining ωt=0, ωt=π/2 va ωt=π vaqtlardagi qiymatlariga mos keluvchi tokning imax, i0 va iminqiymatlarini aniqlaymiz



imax=I0+I1+I2;

i0=I0−-I2;

imin=I0-I1+I2 . (3.27)

Bunda cosθ=1, cosπ/2=0 va cosπ=1 ekanligini nazarda tutish kerak.

(3.27) tengliklarni birgalikda yechib I0, I1 va I2 larni quyidagicha aniqlaymiz

I0=0,25(imax+imin)+0,5i0;

I1=0,5(imaximin); (3.28)

I2=0,25(imax+imin)0,5i0.

Besh ordinata usulidan foydalanilganda uch ordinata usulidagiga qo‘shimcha ravishda kirish kuchlanishining ωt=π/3va ωt=2π/3oniy qiymatlariga mos tok qiymatlari i1 va i2 ni aniqlaymiz



imax=I0+I1+I2+I3+I4;ωt=0;

i1=I0+0,5I1-0,5I2-I3-0,5I4;ωt=π/3;

i0=I0I2+I4;ωt=π/2; (3.29)

i2=I00,5I10,5I2+I30,5I4;ωt=2π/3;

imin=I0I1+I2I3+I4;ωt=π,

bunda cosπ/3=0,5 va cos2π/3=−0,5 ekanligi e’tiborga olingan.

(3.29) tengliklarni birgalikda yechib tokning doimiy tashkil etuvchisi va uning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi garmonikalarining amplitudalarini topamiz.

I0=1/6 [imax+imin+2(i1+i2)];

I1=1/3 [imaximin+i1i2)];

I2=0,25[imax+imin2i0];

I3=1/6 [imaximin2(i1i2)];

I4=1/12 [imax+imin4(i1+i2)+6i0]. (3.30)

Uch va besh ordinatalar usuli bilan aniqlangan toklar qiymati xatoligi kirish kuchlanishi amplitudasi oshgan sari ko‘payib boradi. Shunga qaramasdan bu usul amalda past chastotali signal kuchaytirgichlari, modulyator va detektorlarda hosil bo‘ladigan nochiziqli buzilishlarni taqriban aniqlash va baholash imkoniyatini beradi. Yuqoridagi qurilmalar va shunga o‘xshash qurilmalarda buzilish koeffitsiyenti quyidagi ifoda orqali hisoblanadi, buzilish qiymati garmonikalar koeffitsiyenti orqali aniqlanadi va odatda foizlarda baholanadi



. (3.31)


Download 335.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling