3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Qimmatli qog‟ozlar qiymati hisobini tashkil etish
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
3. Qimmatli qog‟ozlar qiymati hisobini tashkil etish
41
Mamlakatimiz iqtisodiy tarixida qisqa davrda rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozori shakllantirildi, galdagi vazifa uni rivojlantirishdan iborat. Jumladan, bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar hisobini va uslubiy asoslarini to‘g‘ri tashkil etish dolzarb vazifalardandir. Qimmatli qog‘ozlar hisobining maqsadi, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hisob va hisobotlarda aks ettirishdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
ettirilishini ta‘minlash;
qimmatli qog‘ozlarni toifalari bo‘yicha to‘g‘ri turkumlanishini ta‘minlash;
qimmatli qog‘ozlarni baholash va qayta baholash muomalalarini to‘g‘ri amalga oshirish;
qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlarni to‘g‘ri hisobga olinishi, soliqqa tortilishi va moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri ko‘rsatilishini ta‘minlash; turli toifadagi qimmatli qog‘ozlarni chiqib ketishi muomalalarini to‘g‘ri aks ettirilishini ta‘minlash;
qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini milliy va xalqaro standartlar talabi asosida yoritilishini taminlash. Mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorining vujudga kelishi va rivojlanishi nafaqat yangi moliyaviy qurollarning vujudga kelishiga, balki qimmatli qog‘ozlar jarayonlari bilan bog‘liq, emissiya, birlamchi joylashtirish, listing, kotirovka, ikkilamchi bozorda savdo-sotiq bitimlarini amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar portfelini saqlash va shakllantirish kabi jarayonlarning ham amalga oshirilishida asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari ayniqsa, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari amaliyotdagi moliyaviy bitimlarning ko‘pligini to‘g‘ri anglash va buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to‘g‘ri aks ettirishlari muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ma‘lumotlardan foydalanuvchilari uchun korxona moliyaviy faoliyati to‘g‘risida ma‘lumotlarga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ushbu ma‘lumotlardan foydalanuvchilar, ayniqsa aktsiyadorlar o‘zlarining manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, tegishli boshqaruv qarorlarni qabul qilishda foydalanishi lozim. |
ma'muriyatiga murojaat qiling