3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


    6-mavzu: Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#217781
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
qimmatli qogozlar qiymatini baholash

 

42 


 

6-mavzu: Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash 

 

Reja: 

 

1.  Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash 

xususiyatlari. 

2.  Muddatsiz obligatsiyalarning umumiy holati va qiymati  

3.  Qaytarilishi cheklangan muddatli obligatsiyalar qiymati 

4.  Obligatsiyalarni baholash uchun zaruriy hujjatlar 

5.  Korporativ obligatsiyalar chiqarilish shartlari, muamolasi va qiymatini baholash 

 

Tayanch  iboralar:  kuponsiz  obligatsiya,  foiz  xavfi,  korporativ  defolt  xavfi,  kupon  stavkasi, 

diskontirlash. 



 

1.  Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash 

xususiyatlari. 

Qimmatli    qog‗ozda    aks    ettirilgan    barcha    aktivlar    va    majburiyatlarning  qiymatini 

aniqlash  qimmatli  qog‗ozlar  qiymatini  baholashning  asosiy  xususiyati  hisoblanadi.  Uning 

istiqbolliligini  va  qo‗yilmalar  foydaliligini  prognozlash  uchun  emitent  tashkilotlar  moliyaviy 

qo‗yilmalarini  tahlil  qilish  zarur.  Bu  uning  qarzlari  va  biznesda  ishtirok  shakli  asosida  qarz 

qimmatli  qog‗ozlarning  bozor  qiymatini o‗rnatishga imkon beradi. 



Qimmatli 

qog‘ozlarning 

  bozor     qiymatini 

baholashga 

xos  xususiyatlari 

shundan  iboratki, 

 ular  fond  bozorida  muomala  qilgan  holda  mohiyatan  kapital mavjudligining 

maxsus turi sanaladi. Ammo bozorda ham muomala sodir bo‗ladi, demak, qimmatli qog‗ozlar tovar 

ham 

hisoblanadi. 



Bunda qimmatli qog‘oz moddiy ko‗rinishdagi  tovar  emasligini  anglash  zarur,  shuning  uchun 

qimmatli  qog‗ozlar  narxini  unga  egalik  qilishda  aksiyadorga  o‗tadigan  huquqlarga  yo‗naltirilgan 

holda o‗rnatish   talab   qilinadi.   Masalan, 

aksiyalar  egasi    uchun    –    bu    korxonalar 

faoliyatidan  qandaydir  dividendlar  olish  imkoniyati,  kompaniyalarni  qayta  tashkil  etishda  mulk 

ulushini  olish,  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishda  ishtirok  etish imkoniyati  va  hokazo,   veksel 

egasi  uchun  esa  –  bu  daromadni  qoplash,  o‗tkazish  yoki    uni    olishdir.    Boshqacha    aytganda,  

qimmatli   qog‗ozlarni   baholash   –   bu aksiyadorlarning   barcha   huquqlari   birikmasini   aniq   va  

to‗liq    tahlil   qilish    va  muayyan  vaqtda (qimmatli    qog‗ozlar  baholanishini  o‗tkazish  sanasiga) 

ushbu  huquqlar  uchun  bozor  narxini  belgilashdir.  Qimmatli  qog‗ozlar  ularning  egasiga  turli  

huquqlarni    ta‘minlaydi,    bu    O‗zbekiston    Respublikasining    qonunchilik    va  qonunosti  hujjatlari 

bilan  tartibga  solinadi  («Aksiyadorlik  jamiyati  to‗g‗risida»gi,  «Birja  faoliyati  to‗g‗risida»gi 

qonunlar va boshqalar). 

Qimmatli 

qog‘ozlar 

qiymatini 

baholashda 

uning 


turi, 

emitent, 

birja 

kotirovkasi  mavjudligi  yoki  mavjud  emasligi,  moliya  bozori  va  birjadan  tashqari  aylanmada  



qimmatli    qog‗ozlar    qatnashishi    muhim    ahamiyat    kasb    etadi.    Agar  baholash  uchun  taqdim 

etilgan  qimmatli  qog‗ozlar  ochiq  bozorda  joylashtirilgan  bo‗lsa,    u    holda    ularning    qiymatini  

baholash    qiyosiy    yondashuv    va    huquqlar  qiymatini  o‗rnatish  bo‗yicha  ayrim  metodikalar 

yordamida  aniqlanishi  mumkin. Agar qimmatli qog‗ozlar birja kotirovkasiga ega bo‗lmasa hamda u 

haqda  axborot  etarlicha  bo‗lmay,  kam  ma‘lumotli  bo‗lsa,  u  holda  uning  qiymatini  baholashda 

moliya    bozori    kon‘yunkturasi  tahlili,    kompaniya    daromadliligi    va    emitentning  ishonchliligi  

haqida    ma‘lumotlar,    uning    moliyaviy    holati    barqarorligi    asosida  shakllantirilgan  hisoblash 

metodlaridan foydalaniladi. 




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling