3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


  Qaytarilishi cheklangan muddatli obligatsiyalar qiymati


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#217781
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
qimmatli qogozlar qiymatini baholash

3.  Qaytarilishi cheklangan muddatli obligatsiyalar qiymati 

Qaytarilishi  cheklangan  muddatli  obligatsiyalarni  baholashda  nafaqat  foiz  to‗lovlari 

oqimini,  balki  uni  qaytarish  vaqtida  to‗lanadigan  ularning  nominalini  ham  hisobga  olish  talab 

qilinadi. 

Uzoq  muddatli  obligatsiyalar  qiymati  ham  muddatsiz  obligatsiyalar  uchun qoidalar bo‗yicha 

aniqlanadi. 

Turli    vaqt    davrlarida    yuzaga    keluvchi    pul    oqimlari    uchun,    odatda,    turli  diskontlash 

stavkalari  ko‗zda  tutiladi.  Obligatsiyalarning  haqiqiy  qiymatini  aniqlash    uchun    mutanosib  

diskontlash  stavkalari  yordamida  ularning  egalari  tomonidan  kutilgan  pul  oqimlarini  diskontlash 

talab  qilinadi.  Obligatsiyalardan  pul  oqimlari  kupon  to‗lovlari  (obligatsiyalarni  qaytarish    sanasi 

kelgunga  qadar)  va obligatsiyalar   nominal   qiymatining   yakuniy   to‗lovini   o‗z   ichiga   oladi.    

Yuqori  foiz  stavkasida  obligatsiyalar  egasiga  hisoblanadigan  to‗lovlarning  keltirilgan 

qiymati  past  bo‗ladi.  Shunday  qilib,  bozor  foiz  stavkalari  oshganda,  obligatsiyalar  narxi 

pasayadi.  Bu  obligatsiyalarning  haqiqiy  qiymatini  aniqlashning  eng  muhim  umumiy  qoidalarini 

tasvirlaydi.  Foiz  stavkalari  oshganda,  obligatsiyalar  narxi  pasayishi  lozim,  chunki  obligatsiyalar 

bo‗yicha  to‗lovlarning  keltirilgan  qiymati  yanada  yuqori  foiz  stavkasida  diskontlash  yo‗li  bilan 

aniqlanadi. 

Bozorda    foiz    stavkalarining    pasayishi    fiksirlangan    daromadli    qimmatli  qog‗ozlar 

(obligatsiyalar) narxi oshishiga imkon beradi va aksincha. 

Shuni  ham  nazarda  tutish  lozimki,  foiz  stavkalari  qanchalik  o‗ssa,  narxlar  shunchalik 

darajada  pasayadi.  Foiz  stavkasi  o‗sishining  shu  tahlitdagi  muntazam  kamaytiruvchi    ta‘siri  

yuqoriroq    stavkalarda    obligatsiya    kamroq  qiymatga    ega  bo‗lishining  oqibati  hisoblanadi.  O‗z 

navbatida,  stavkalarning  qo‗shimcha  oshishi  kamroq  boshlang‗ich  bazaga  ta‘sir  qiladi,  bu  esa 

narxning kamroq pasayishiga olib keladi.  

 


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling