3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
-Mavzu:Qimmatli qog„ozlar qiymatini baholash to‟g‟risidagi xulosa (hisobot)
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
9-Mavzu:Qimmatli qog„ozlar qiymatini baholash to‟g‟risidagi xulosa (hisobot)
Reja: 1. Baholash hisobotini tarkibi 2. Baholash faoliyatini huquqiy-me‟yoriy tartiblashtirish 3. Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalari Tayanch iboralar: baholash haqida hisobot, baholash o‘bekti, mulkni baholash, baholash sanasi, pul oqimi. 1.Baholash hisobotini tarkibi
Baholash haqida hisobot baholovchining baholash
faoliyati natijasi hisoblanadi. Siz oladigan hisobot rasmiy hujjat maqomiga ega bo‗ladi. Baholash haqida hisobotdan sudda ko‗chmas mulk, biznes va mulkchilikning boshqa shakllari
68
qiymatini yoki mulkka etkazilgan zararni baholash qiymatini aniqlash bilan bog‗liq ishlarni ko‗rib chiqish jarayonida foydalanishingiz mumkin. Hisobot ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonun talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Foydalaniladigan baholash standartlari: O‗zR DMQ tomonidan tasdiqlangan baholash faoliyati subyektlari
tomonidan qo‗llanilishi majburiy baholash Standartlari. Baholash haqida hisobot mazmuni baholash obyekti, aniqlanayotgan qiymat turi, baholash maqsadiga bog‗liq bo‗ladi, lekin ularning barchasida qator majburiy ma‘lumotlar mavjud bo‗lishi talab etiladi: 1. Tuzilgan sana va Hisobotning tartib raqami; 2. Baholovchi tomonidan baholash obyektida baholash o‗tkazish uchun asoslar; 3. Baholash obyekti qiymatini belgilash sanasi; 4. Baholash maqsad va vazifalari; 5. Qiymat turi; 6. Baholovchi haqida ma‘lumot; 7. Baholash obyektining aniq tavsifi, yuridik shaxsga tegishli baholash obyektiga nisbatan esa – yuridik shaxs rekvizitlari va mazkur baholash obyektining balans qiymati; 8.
Baholash obyektining mutanosib qiymat
turini aniqlash
uchun baholash Standartlari, mazkur baholash obyektida baholash o‗tkazishda ulardan foydalanish asoslari, manbalari ko‗rsatilgan holda baholash obyektida baholash o‗tkazish uchun qo‗llanilgan ma‘lumotlar ro‗yxati, shuningdek, baholash obyektida baholash o‗tkazishda qabul qilingan farazlar; 9.
Baholash obyekti qiymatini aniqlash ketma-ketligi va uning yakuniy miqdori, shuningdek, olingan natijani qo‗llashdagi cheklov va chegaralar; 10. Baholovchi tomonidan foydalaniladigan va baholash obyektining sifat va miqdoriy tavsiflarini belgilovchi hujjatlar ro‗yxati, baholash obyekti suratlari, Baholovchi hujjatlari. Baholash haqida hisobotning namunaviy mundarijasi:
1. Umumiy ma‘lumotlar 2. Baholash jarayonining asosiy tushunchalari va metodologiyasi 3. Baholash obyekti va uni o‗rab turgan muhit tahlili 4. Bozor vaziyati tahlili 5. Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tahlili 6. Baholash obyektining bozor qiymatini aniqlash 7. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish 8. Qiymat haqida yakuniy xulosa 9. Baholash haqida ariza 10. Foydalanilgan manbalar ro‗yxati Baholash haqida hisobot
doimo raqamlanadi, sahifama-sahifa tikiladi, imzolanib, tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling