3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Baholash faoliyatini huquqiy-me‟yoriy tartiblashtirish
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
2. Baholash faoliyatini huquqiy-me‟yoriy tartiblashtirish
Mavjud sharoitdan kеlib chiqqan хоlda, qоnuniy
hujjatlar yaratilib, kоrхоnalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonlarida chеt e‘l investitsiyalarini jalb qilish va investitsiоn klimatni yaхshilash bоrasida hukumat tоmоnidan dоimiy ravishda mе‘yoriy хujjatlar ishlab chiqib, qabul qilinmоqda. Bu islоhоtlar o‘zida yangi nоrmativ aktlarni qabul qilishga, mavjud bo‘lgan mе‘yorlarga 69
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga, davlat kоrхоnalarini хususiy mulkga aylantirishda yordam bеradi. Chеt e‘l invеstоrlarining davlat tasarrufidan chiqarish va kоrхоnalarni хususiylashtirish jarayonida, chеt e‘l invеstоrlarining taklif va fikr mulоhazalari vazirliklar va idоralar
tоmоnidan o‘rganilmоqda. Umumiy taklif va fikr mulоhazalar natijalari tahlil
qilinib o‘rganilgandan so‘ng, kоrхоna akciya
pakеtlarini o‘zlashtirishda yoki оb‘еktni umumiy tarzda sоtib оlishda ularga yangi imtiyoz va imkоniyatlar yaratib bеrishga qarоrlar qabul qilinmоqda. O'zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini "Baholash faoliyati to'g'risida"gi qonuni,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2006
yil 26 apreldagi PQ-335-sonli "O'zbekiston Respublikasi
Davlat mulki qo'mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida" va 2008 yil 24 apreldagi
PQ-843-sonli "Baholovchi
tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas`uliyatini oshirish to'g'risida"gi qarorlari huquqiy tartiblashtiradi, baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Baholash faoliyati litsenziya asosida amalgam oshiriladi. Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Baholash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ (bundan buyon matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) baholovchi tashkilotning qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste‘molchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy- huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak: baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi; baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjudligi; baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchiug‘urta polisining mavjudligi. Baholovchi (baholovchilar) faqat
bitta baholovchi tashkilotning
muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo‘lishi mumkin. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi. Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega
bo‘lgan jismoniy shaxsdir. Baholovchi baholash ishlarini o‘tkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo‘lsa
yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin. Baholovchi
nazorat qiluvch yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
70
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va baholovchining baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash ob‘ektini baholash to‘g‘risidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash to‘g‘risidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxsdir. Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo‘yiladi. Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qo‘shiladi.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling