3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
Baholash ob’ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
alohida moddiy ob‘ektlar (ashyolar); shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk; mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar; talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar); ishlar, xizmatlar, axborot; intellektual mulk ob‘ektlari va qonun hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari ob‘ektlari. Baholash maqsadlariga qarab baholash ob‘ekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qo‘yiladi. Baholash ob‘ekti qiymati turlarining qo‘llanish sohasi
va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan belgilanadi. Baholash ob‘ektini baholash pul shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Baholash faoliyati to‘g‘risida qonuni baholash ob‘ektining bozor qiymati va bozornikidan farqlanuvchi qiymati belgilab bergan. Shunga muvofiq, baholash ob‘ektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga ko‘ra mazkur baholash ob‘ektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlarini yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu
qo‘shilish majburiyati
aks
etmaydi. Agar biron-bir baholash ob‘ektining baholashda majburiy o‘tkazish talabi mavjud bo‘lgan normativ hujjatda
yoki
baholash ob‘ektining baholash to‘g‘risidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, mazkur ob‘ektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash ob‘ekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo‘llanishi kerak. Baholash ob‘ektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati deganda mazkur baholash ob‘ektining baholash ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilganidan farqli shartlarida o‘tkazilgan eng ehtimol tutilgan baho tushuniladi. Baholashnio‘tkazishni davlatga to‘la yoki qisman qarashli
baholash ob‘ektlari bitim tuzishga jalb etilgan
taqdirda, shu jumladan: baholash ob‘ektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning
qiymati aniqlanayotganda; 71
baholash ob‘ektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash
ob‘ektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha
tarzda o‘tkazilayotganda; baholash ob‘ektlari bilan
bog‘liq qarz
majburiyatlaridan
boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; baholash ob‘ektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir. Baholash o‘tkazish baholash ob‘ektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan: mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda; mol- mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; soliqlarva boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri
to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir. Ushbu moddaning amal qilishi davlat unitar korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida ularga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bilan berkitib qo‘yilgan mol-mulkni tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Baholovchi tashkilot quyidagi qo‘shimcha professional xizmatlar ko‘rsatishi mumkin: baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish; investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish; baholash
jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot
texnologiyalarini joriy etish; baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish, professional xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin. Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar etkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo‘ladi. Buyurtmachiga etkazilgan zararning,
shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak. Baholovchi baholash ob‘ektini baholashni sifatsiz o‘tkazganligi yoki lozim darajada
o‘tkazmaganligi, maxfiy ma‘lumotlarni oshkor etganligi natijasida etkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti- harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni baholash standartlari quyidagilarni bеlgilaydigan o‘zaro bog‘liq normalar va qoidalar komplеksini ifodalaydi: baholash tushunchalari va printsiplari; baholash faoliyatida qo‘llanadigan atamalar va ta'riflar; qiymat turlariga qo‘yiladigan talablar; boshlang‘ich axborotga qo‘yiladigan talablar; baholashni o‘tkazish tartibi; baholash usullarini qo‘llash xususiyatlari; baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar; |
ma'muriyatiga murojaat qiling