3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
6-mavzu: Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Muddatsiz obligatsiyalarning umumiy holati va qiymati 3. Qaytarilishi cheklangan muddatli obligatsiyalar qiymati
- Tayanch iboralar
42
6-mavzu: Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash Reja: 1. Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash xususiyatlari. 2. Muddatsiz obligatsiyalarning umumiy holati va qiymati 3. Qaytarilishi cheklangan muddatli obligatsiyalar qiymati 4. Obligatsiyalarni baholash uchun zaruriy hujjatlar 5. Korporativ obligatsiyalar chiqarilish shartlari, muamolasi va qiymatini baholash Tayanch iboralar: kuponsiz obligatsiya, foiz xavfi, korporativ defolt xavfi, kupon stavkasi, diskontirlash. 1. Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash xususiyatlari. Qimmatli qog‗ozda aks ettirilgan barcha aktivlar va majburiyatlarning qiymatini aniqlash qimmatli qog‗ozlar qiymatini baholashning asosiy xususiyati hisoblanadi. Uning istiqbolliligini va qo‗yilmalar foydaliligini prognozlash uchun emitent tashkilotlar moliyaviy qo‗yilmalarini tahlil qilish zarur. Bu uning qarzlari va biznesda ishtirok shakli asosida qarz qimmatli qog‗ozlarning bozor qiymatini o‗rnatishga imkon beradi. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini baholashga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular fond bozorida muomala qilgan holda mohiyatan kapital mavjudligining maxsus turi sanaladi. Ammo bozorda ham muomala sodir bo‗ladi, demak, qimmatli qog‗ozlar tovar ham hisoblanadi. Bunda qimmatli qog‘oz moddiy ko‗rinishdagi tovar emasligini anglash zarur, shuning uchun qimmatli qog‗ozlar narxini unga egalik qilishda aksiyadorga o‗tadigan huquqlarga yo‗naltirilgan holda o‗rnatish talab qilinadi. Masalan, aksiyalar egasi uchun – bu korxonalar faoliyatidan qandaydir dividendlar olish imkoniyati, kompaniyalarni qayta tashkil etishda mulk ulushini olish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish imkoniyati va hokazo, veksel egasi uchun esa – bu daromadni qoplash, o‗tkazish yoki uni olishdir. Boshqacha aytganda, qimmatli qog‗ozlarni baholash – bu aksiyadorlarning barcha huquqlari birikmasini aniq va to‗liq tahlil qilish va muayyan vaqtda (qimmatli qog‗ozlar baholanishini o‗tkazish sanasiga) ushbu huquqlar uchun bozor narxini belgilashdir. Qimmatli qog‗ozlar ularning egasiga turli huquqlarni ta‘minlaydi, bu O‗zbekiston Respublikasining qonunchilik va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi («Aksiyadorlik jamiyati to‗g‗risida»gi, «Birja faoliyati to‗g‗risida»gi qonunlar va boshqalar).
uning
turi, emitent, birja kotirovkasi mavjudligi yoki mavjud emasligi, moliya bozori va birjadan tashqari aylanmada qimmatli qog‗ozlar qatnashishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar baholash uchun taqdim etilgan qimmatli qog‗ozlar ochiq bozorda joylashtirilgan bo‗lsa, u holda ularning qiymatini baholash qiyosiy yondashuv va huquqlar qiymatini o‗rnatish bo‗yicha ayrim metodikalar yordamida aniqlanishi mumkin. Agar qimmatli qog‗ozlar birja kotirovkasiga ega bo‗lmasa hamda u haqda axborot etarlicha bo‗lmay, kam ma‘lumotli bo‗lsa, u holda uning qiymatini baholashda moliya bozori kon‘yunkturasi tahlili, kompaniya daromadliligi va emitentning ishonchliligi haqida ma‘lumotlar, uning moliyaviy holati barqarorligi asosida shakllantirilgan hisoblash metodlaridan foydalaniladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling