Ushbu holatda obligatsiyalarning haqiqiy qiymati muddatsiz obligatsiyalarning keltirilgan
qiymati sifatida aniqlanadi va foiz to‗lovlari cheksiz oqimining kapitallashgan qiymatiga
43
tenglashtiriladi.
Shunday qilib, muddatsiz obligatsiyalarning keltirilgan qiymati davriy foiz to‗lovlarini bir
davr uchun mutanosib diskontlash stavkasiga bo‗lishdan hosil bo‗lgan bo‗linmani o‗zida aks
ettiradi. Muddatsiz obligatsiyalarning haqiqiy qiymati foiz to‗lovlarining cheksiz oqimining
kapitallashgan qiymatiga teng bo‗ladi.
Masalan, investor cheklanmagan vaqt davomida unga yiliga 50 so‗mdan foyda keltirishi
mumkin bo‗lgan obligatsiyani sotib oldi. Faraz qilaylik, bu turdagi obligatsiyalar uchun investor
tomonidan talab qilingan yillik daromadlilik stavkasi16% ni tashkil etadi. Bunday qimmatli
qog‗ozning keltirilgan qiymati quyidagiga teng bo‗ladi: Sobl = 50/0,16 = 312,5 so‗m.
Bu – xarid muddatli tartibda amalga oshirilmay, qiymatni baholash masalasida yetarlicha asosli
va bosimga uchramaydigan sharoitda bunday obligatsiya uchun odatda investor to‗lashga tayyor
bo‗lgan summadir.
Do'stlaringiz bilan baham: