3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
- mavzu. Ulush munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
7- mavzu. Ulush munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‟ozlar qiymatini
baholash
zarur hujjatlar Aksiyalarni baholash quyidagi maqsadlarda o‗tkaziladi: Oldi-sotdi, meros qoldirish, in‘om etish va boshqalar bo‗yicha bitimlar tuzishda aksiyalar qiymatini baholash; Korxonalar tuzilmasi o‗zgargan sharoitda – qo‗shilish, yutib yuborish va boshqalarda aksiyalarning bozor qiymatini baholash; Qo‗shimcha muomalaga chiqarish yoki qimmatli qog‗ozlar emissiya qilish uchun aksiyalarni baholash; Pul evaziga qaytarib olishda
bozordagi qiymatini aniqlash uchun
aksiyalarni baholash; 49
tashqi investitsiyalashni jalb qilish uchun aksiyalarni baholash; kredit olishda garov qiymati sifatida aksiyalarni baholash. Bozor tomonidan aksiyalar qiymatini baholashda ko‗plab omillar hisobga olinadi. Ularning orasida emitent kompaniyalarning moliyaviy ahvoli, uning foydaliligiva kutilayotgan dividendlarni alohida ajratib ko‗rsatish mumkin. Butun dunyoda aksiyalar qiymatini baholash uchun ikki parametr keng qo‗llaniladi: dividend daromadlilik va aksiyalar narxining aksiyalar foydasiga nisbati. Bundan tashqari, korporativ qimmatli qog‗oz sifatida aksiyalarning o‗ziga xosligi shundaki, aksiyadorlarning huquqlari hajmi unga tegishli aksiyalar miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun aksiyalarni baholashda paket miqdori (nazorat darajasi) o‗ta muhim parametr hisoblanadi, chunki miqdori bo‗yicha turlicha paketlarda aksiyalar qiymati ham turlicha bo‗ladi. Aksiyalarning baholash qiymatiga ta‘sir qiluvchi asosiy omillar: talab va taklif nisbati; aksiyalar likvidligi; o‗xshash aksiyalar kotirovkasi; daromadlilik yoki kelgusi daromadning joriy qiymati; aksiyalar ishonchliligi. Chegirma va ustamalar nuqtai nazaridan (E.E Yaskevich tasavvuriga ko‗ra) aksiyalar paketlarining yakuniy qiymatini hisoblashning umumiy formulalari quyidagi ko‗rinishlarda keltirilishi mumkin: – majoritar (yirik) aksiyalar paketlari uchun:
Qa = Sa*[(U - NA)*(1+Kn) + NA]*(1 - Kl)*(1 - Kb)*(1-Ktl) - Pk (7.1)
– minoritar (mayda) aksiyalar paketlari uchun: Qa = Sa*U*(1 - Kn)*(1 - Kl)*(1 - Kb)*(1 - Ktl) – Pk (7.2) Bu yerda: Ua – baholanayotgan aksiyalar paketining solishtirma og‗irligi; U – 100% majoritar paket sifatida korxona (biznes) ning umumiy qiymati; NA – nooperatsion aktivlar qiymati; Kn – nazorat uchun chegirma (yoki ustama); Kl – ichki omillar ta‘sirini hisobga oluvchi likvidlik uchun chegirma; Kb – boshqa omillar ta‘sir uchun chegirma; Ktl – tashqi omillar ta‘sirini hisobga oluvchi likvidlik uchun chegirma; Pk – kotirovkalanmaydigan aksiyalar paketlari uchun bevosita pulli chegirma (uni hisobga olish zarurati matn bo‗yicha quyida keltirilgan). Aksiyalarni baholash uchun zaruriy hujjatlar: 1.Ta‘sis hujjatlaridan nusxalar (Ustav, Muassislik shartnomasi, Ro‗yxatdan o‗tganlik haqida guvohnoma)). 2.Emissiyalarning qisqacha bayonlari va qimmatli qog‗ozlarni chiqarish yakunlari haqida hisobotlardan nusxalar. 3.Kompaniyaning faoliyat turlari va tashkiliy tuzilmasi. 4.Ko‗chmas mulkka oid ijara shartnomalarining nusxalari (agar mavjud bo‗lsa). 5.Oxirgi 3-5 yil uchun buxgalteriya hisoboti ma‘lumotlari (yoki oldingi davrlarning mumkin bo‗lgan miqdori): o buxgalteriya balansi o foyda va zararlar to‗g‗risida hisobot 6.So‗nggi auditorlik xulosasi (agar auditorlik tekshiruvi o‗tkazilgan bo‗lsa). 7.Asosiy fondlar axborotnomasi. 8.Mulklarning inventar ro‗yxati. 9.Jami aktivlar (ko‗chmas mulk, zaxira, veksellar, nomoddiy aktivlar va b.) haqida ma‘lumotlar. 10.Kreditorlik qarzi kengaytmasi. 11.Debitorlik qarzi kengaytmasi: 50
o yuzaga kelish muddatlari bo‗yicha; o debitorlik qarzi bo‗yicha; o shubhali qarzlar ulushi. 12.Sho‗‘ba kompaniyalar, xoldinglar mavjudligi haqida axborot
(agar bo‗lsa), ular bo‗yicha moliyaviy hujjatlashtirish. 13.Yillar bo‗yicha tovar/xizmatlar bo‗yicha rejalashtirilgan yalpi tushum, zaruriy investitsiyalar, xarajatlar, sof foyda ko‗rsatilgan holda yaqin 3-5 yil uchun biznes-reja.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling