3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Aksiyalar jozibadorligining miqdoriy chegaralari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
5.Aksiyalar jozibadorligining miqdoriy chegaralari
Baholanayotgan aksiyalar (ulush)
paketlarining ahamiyatliligi (An) – paketning blokadaga, umumiy nazoratga imkoniyati yoki uning kam jozibadorligi sifatida tushuniladi . Paketning ahamiyatliligini miqdoriy baholash uchun quyidagi ifoda taklif etiladi: An = Smaks / (1 - Sa), (4.9)
paketlarining maksimal solishtirma og‗irligi; Sa – baholanadigan paket solishtirma og‗irligi. Ushbu ifoda (4.9) baholanadigan paket uchun ahamiyatlilikning maksimal qiymatini o‗rnatishga imkon beradi, biroq u miqdori bo‗yicha ikkinchi va uchinchi ―bitta qo‗lda‖ bo‗lgan baholanmaydigan aksiyalar paketlari (S maks2 ; S
maks3 ) uchun ham, shuningdek, nazorat
paketiga egalik
qilish uchun
kurashayotgan aksionerlar koalitsiyasining aksiyalar paketi (S koal
) uchun ham qo‗llanilishi mumkin. Quyida keltirilgan grafikda (1-rasm) aksiyalar paketining ahamiyatliligi
chegaralari keltirilgan. Qayd qilish joizki, unda imtiyozli va davlat aksiyalari ishtirok etmagan
vaziyatlardagi ahamiyatlilik miqdori berilgan
(xususan, baholanayotgan aksiyalar paketining o‗zi – davlat aksiyalari bo‗lishi mumkin). Grafikda aksiyalar paketlari jozibasizligi (minimal qiymati) ning yuqori va quyi sohalari belgilangan. Grafikda (qo‗lda qo‗shaloq chiziqlar bilan) aksiyalar paketlari qiymati minimal (mutlaq jozibasizlik sohalari) bo‗lgan solishtirma og‗irligi 0,25 dan kam minoritar paketlar uchun 2 soha ajratilgan. Ushbu sohalarda aksiyalar paketlari ahamiyatliligini topishda likvidlik va nazorat uchun maksimal chegirmalar muhim o‗rin tutadi. Grafikda (qo‗lda bittalik chiziqlar bilan) solishtirma og‗irligi 0,75 dan kam (qisman jozibasizlik sohalari) minoritar va majoritar paketlar uchun 2 soha ajratilgan. Ushbu sohalarda aksiyalar paketlari ahamiyatliligini topishda mazkur paketlarning ahamiyatli qismiga proportsional chegirma va ustamalar muhim o‗rin tutadi.
Masalan, 0,4 solishtirma og‗irligiga ega paketni sotishda va Smaks = 0,5 da paketning ahamiyatliligi: An = 0,50 / (1 – 0,40) = 0,833
Bu paketdan blokada (0,75 – 0,50 = 0,25) uchun faqat bir qismini (0,25) qo‗llash kerak, shuning uchun bu qismga nazorat uchun maksimal, qolganlari uchun esa (0,50 – 0,25 = 0,25) – minimal ustama beriladi. Grafikdagi chiziqsiz sohalar aksiyalar paketlarining maksimal jozibadorlik diapazonlarini ko‗rsatadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling