3. O‘zbekistonda ytm ning rivojlanish va qo‘llanish borasidagi islohotlar reja


Yo‘lovchi poyezdlarining yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni


Download 28.13 Kb.
bet2/3
Sana11.02.2023
Hajmi28.13 Kb.
#1189071
1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza

3.2. Yo‘lovchi poyezdlarining yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida poyezdlarning tezyurar va katta tezlikdagi harakatini rivojlantirish Konsepsiyasi mamlakat transport siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, uning strategik maqsadi transportning jadal sur’atlar bilan taraqqiy ettirish vositasida milliy iqtisodiyotni tezkor va barqaror rivojlantirish, uning raqobatbardoshligiga, har bir mintaqa aholisi farovonligi va turmush sifatini yuksaltirishga erishishdan iboratdir.
O‘zbekiston temir yo‘llaridagi yuqori tezlikdagi harakatli liniyalarning rivoji va ulardan foydalanish bilan bog‘liq amalga oshirilgan va bo‘lg‘usi har bir bosqich tarmoq magistral uchastkalarini tezyurar va yuqori tezlikdagi harakatni tashkil etish uchun tayyorlashga qaratilgan anchagina yirik va katta mablag‘ talab qiladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq.
Yo‘lovchi poyezdlarining tezyurar va yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida mamlakat temir yo‘llarida foydalanishni takomillashtirish, ish samaradorligini va harakat xavfsizligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish ko‘zda tutilib, ular, oxir-oqibatda, temir yo‘l kompaniyasi raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadi.
Konsepsiyani ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarining hal qilinishi ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari Markazini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur Markaz ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi doirasida “Yuqori tezlikdagi harakat temir yo‘llari infratuzilmasi – 2030”; “Yo‘lovchi vagonlari va lokomotivlar parkini yangilash va modernizatsiyalash – 2030” kichik dasturlari bo‘lgan “O‘zbekiston temir yo‘l yo‘lovchi transporti – 2030” uzoq muddatli maqsadli kompleks dasturini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish tadqiqotlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bir vaqtning o‘zida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Davqo‘marxi-tekqurilish O‘zR”, “O‘zdavstandart” va GI “O‘ztemiryo‘lnazorat” bilan birgalikda O‘zbekistonda katta tezlikdagi harakat liniyalari temir yo‘llarning tezyurar va katta tezlikdagi magistrallarga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiq loyihalashtirish va foydalanish bo‘yicha yangi me’yorlar va milliy standartlarni qayta ishlab chiqish talab etiladi.
Konsepsiya mamlakat ijtimoiy siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari va yaqin hamda uzoq muddatli istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha dastur qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan. Ulardan asosiylari quyidagilar:

  • Aholi daromadlari va farovonligining uzluksiz o‘sib borishini ta’minlash. Strategik jihatdan muhim vazifa – aholi xarid qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ish haqi darajasini oshirib, yaqin yillarda daromad va xalq farovonligining yuksak standartlarini ta’minlaydigan mamlakatlar darajasiga ko‘tarilish;

  • Ish bilan ta’minlash O‘zbekiston sharoitlarida eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha faol siyosatni iqtisodiyotni tuzilmaviy o‘zgartirish hamda uni diversifikatsiyalash, xizmat ko‘rsatish va kichik biznes sohasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani taraqqiy ettirish hisobiga davom ettirish ko‘zda tutilgan;

  • Turmush sifatini tubdan yaxshilash, sotsial va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq joylarda tadbirkorlik va kichik biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, uzoq muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;

  • Qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, yangi zamonaviy mo‘jaz qayta ishlash korxonalarini yaratish;

  • Xizmat ko‘rsatish sohasini jadal sur’atlar bilan yanada rivojlantirish. Bu yerda qishloq joylarda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatishni bandlik omili sifatida taraqqiy ettirish ko‘zda tutilgan. Ta’lim va tibbiyot xizmatlari ko‘rsatishda miqdor tavsiflaridan sifat tavsiflariga o‘tish;

  • Sotsial infratuzilma sifatini yaxshilash ro‘yobga chiqarilayotgan ijtimoiy siyosat va aholi farovonligini izchil yuksaltirib borishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy kadrlar tayyorlash dasturi doirasida eng zamonaviy kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari qurildi va qurilmoqda, ularni qurish bundan keyin ham davom ettiriladi va bu bilan O‘zbekiston MDH ning boshqa mamlakatlaridan keskin farq qiladi. Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuida sog‘liqni saqlab obyektlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadli dasturini amalga oshirish ko‘zda tutilgan;

  • Sotsial infratuzilma obyektlarini yanada rivojlantirish, xususan aholi yashash punktlari farovonligini yaxshilash, aholini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarda yangi uy-joy qurilishi va eski binolarni rekonstruksiya qilish ko‘lamini kengaytirish;

  • Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ichki talab (ehtiyoj)ni rag‘batlantirish va ana shunday mahsulotlar iste’molining asta-sekin o‘sib borishini ta’minlash. Lokallashtirish (mahalliylashtirish) dasturini jiddiy kengaytirish, mahalliy korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasining o‘sishini ta’minlash, iste’mol narxlari darajasini berilgan ko‘rsatkichlarda saqlab turish mo‘ljallangan.

Umuman olganda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan dasturlarda aholi farovonligini izchil yuksaltirishga qaratilgan muayyan vazifalar hal qilinib, bu indikatorlar hamda monitoring ko‘rsatkichlari tizimi yordamida o‘tkazilayotgan sotsial siyosat natijalarini baholash orqali real aks ettirishni talab qiladi.
Bugungi kunda va yaqin istiqbolga ichki talab (ehtiyoj) potensiali va iste’mol bozori sig‘imining jiddiy o‘sishi kutilib, u yangi tovarlar va xizmatlar uchun tayyor deb aytish mumkin. Bu ko‘p jihatdan aholi real daromadi, aholi sonining (bir yilda o‘rtacha 1,4%) va mehnat resurslarining (bir yilda o‘rtacha 2,4%) tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi, mamlakat demografik o‘sishi moyilliklaridan kelib chiqqan holda tashkil bo‘layotgan yangi yosh oilalar ko‘pligi bilan belgilanadi.
Investitsion faollikning o‘sishi, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar oqimining kuchayishi ham ichki talab tobora ortib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Demografik rivojlanish xususiyatlari va moyilliklari iqtisodiyotni tuzilmaviy o‘zgartirishlarini amalga oshirish, ishchi kuchi eksporti jarayonlarini kengaytirish, migratsiya jarayonlarini milliy manfaatlarni hisobga olgan holda katta miqdordagi mehnat resurslaridan optimal (oqilona) foydalanish orqali hal qilishni talab qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan iqtisodiyotning turli tarmoqlarini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari majmuidan kelib chiqqan holda bo‘lg‘usi yillarga mamlakatni rivojlantirishning quyidagi maqsadli vazifalari belgilab olingan:

  • iqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqaror 8-10% darajada bo‘lishini ta’minlash;

  • iqtisodiyot tuzilmasini asosan sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hisobiga, ularning ichki yalpi mahsulotdagi ulushini mos ravishda 26-27% va 50-55% gacha ko‘paytirish bilan takomillashtirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini oshirib, ularning ichki yalpi mahsulotdagi ulushini 52-53% gacha ko‘paytirish;

  • har yili kamida 900 - 950 ming yangi ish joylari yaratish;

  • jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning kamida 2-2,5 marta o‘sishini ta’minlash;

  • energetika resurslarining har yili kamida 10-12% hajmda tejalishini ta’minlaydigan chora va mexanizmlarni shakllantirish;

  • bank tizimi investitsiya jarayonlarining faollashuviga qo‘shayotgan ulushining jiddiy ortganligi, tijorat banklari birgalikdagi kapitalining 2-2,5 marta va kredit qo‘yilmalari hajmining 2,5-3,0 marta ortishi bilan bog‘liq;

  • har yili foydalanishga topshirilayotgan uy-joy hajmini 10,0 mln. kv. m ga yetkazish.

Ijtimoiy siyosatning sanab o‘tilgan ustuvor yo‘nalishlari hamda mamlakat rivojining maqsadli mo‘ljallariga muvaffaqiyatli erishish yo‘lidagi zarur va eng muhim omillaridan biri O‘zbekiston Respublikasida taraqqiy etgan transport tizimi mavjudligi hisoblanadi. Birinchi navbatda bu yuk va yo‘lovchilar tashishda yetakchi o‘rin tutadigan temir yo‘l transportiga tegishli. Bunda jahonning barcha yetakchi mamlakatlari temir yo‘l tarmog‘ining asosiy magistral yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashiydigan poyezdlarning tezyurar va katta tezlikdagi harakatini tatbiq etishga asoslanadilar.
Jahon temir yo‘llarida tezyurar va katta tezlikdagi harakat transport qurilishi, mashinasozlik, kuch elektronikasi, komputer texnologiyalari, aloqa va zamonaviy temir yo‘l transporti ko‘rinishini belgilab beradigan ko‘plab boshqa tarmoqlarning eng ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirib, o‘ziga qamrab oldi. Mana, bir necha o‘n yillardan beri tezyurar harakat liniyalari rivojlangan mamlakatlar temir yo‘llari texnik qayta qurollanishining o‘ziga xos “lokomotivi” bo‘lib kelmoqda.
Yo‘lovchilarni 200 km/s dan katta tezliklarda muntazam tashish uchun mo‘ljallangan tezyurar poyezdlar bugunga kelib o‘z murakkablik darajasiga ko‘ra aerokosmik sanoat mahsulotlariga yaqin keladigan transport vositalaridan iborat bo‘lib qoldi. Bu kabi poyezdlarni qurish loyihalarini ro‘yobga chiqarishga faqat texnik jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar yoki jahonning transport mashinasozligi, kuch elektronikasi, elektrotexnika va boshqaruv tizimlari sohalariga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalari birlashmalari qodir.

3.3. Yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovini yaratish va rivojlantirishning asosiy omillar va shart-sharoitlar


Quyida dunyoning turli mamlakatlarida katta tezlikdagi temir yo‘l qatnovini yaratish va rivojlantirishga ko‘maklashadigan asosiy omillar va shart-sharoitlar keltirilgan:

  • Hozirga kelib ko‘p jihatdan transport xizmati ko‘rsatish sifatini belgilab beradigan va yangi mijozlarni jalb etishning eng muhim omili hisoblangan yo‘lovchi va yuklar tashilish vaqtini qisqartirish dolzarb talablardan bo‘lib qolmoqda.

  • Temir yo‘llar nisbatan arzon, tez sur’atli, qulay va atrof muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan yalpi (ommaviy) tashishlarni tashkil qilish uchun juda mos kelib, ko‘plab temir yo‘l kompaniyalari va kompaniya-operatorlar bu yo‘nalishda taqdim etilayotgan imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilmoqdalar.

  • Taraqqiy etgan mamlakatlarda uzoq va o‘rta masofalarga qatnaydigan yo‘lovchilarning oddiy poyezdlardan tezyurar va katta tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga o‘tishi kabi moyillik kuzatilmoqda. Bundan tashqari, ancha kichik harakat intervallari bilan juda katta tezliklar, yuqori qulaylik va shinamlik darajasi va harakatlanish xavfsizligi taqdim etilishi hisobiga aholining avval temir yo‘l transportidan deyarli foydalanmagan qismi ham unga qiziqish bildira boshlamoqda.

  • Temir yo‘llar boshqa transport turlariga nisbatan iste’mol qiladigan solishtirma energiya sarfi kamroq va atrof muhitga minimal ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.

  • Temir yo‘llarga ustuvorlik berish hududan ancha samarali foydalanishga olib keladi. Temir yo‘l liniyalarini qurish avtomobil yo‘llari qurilishidagi kabi juda katta yer maydonlari ajratilishini talab qilmaydi va yer resurslaridan foydalanish tartibini buzmay, bu bilan ko‘chmas mulk obyektlarini ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlarni minimallashtiradi.

  • Tezyurar temir yo‘l liniyalarini loyihalashtirishda, odatda, bir darajada kesishuvlar barataraf etilib, liniya trassalari yuk tashiladigan temir yo‘l yo‘laklaridan alohida yotqizilib, bu poyezdlar harakatlanish xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

  • Temir yo‘llar iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning turizm, yangi turar-joy binolari qurilishi kabi ko‘makchi sohalari paydo bo‘lishi va rivojlanishiga, rekreatsion, savdo zonalari yaratilishiga ko‘maklashadi.

  • Tezyurar va katta tezlikda harakatlanuvchi magistrallar rivoji aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi turli-tuman xizmatlar kengayishiga olib kelib, bu bir tarafdan, xizmat ko‘rsatish sohasida yangi ish joylari paydo qilsa, ikkinchi tarafdan, temir yo‘l orqali tashishlar umumiy madaniyati va sifatini yangi, nisbatan yuqori saviyaga ko‘taradi, xizmatlarning yangi turlarining avval misli ko‘rilmagan ko‘lamlardagi taraqqiyotiga kuchli turtki beradi.

Shunday qilib, tezyurar va katta tezlikdagi harakatlanish tashishlar xavfsizligi va sifatini, yo‘lovchilar uchun yuksak madaniyat va qulayliklarni o‘zimda mujassam etadi. XXI asrda butun dunyoda yo‘lovchi tashishga bo‘lgan ehtiyojning eksponensial o‘sib borishi davom etib, aksariyat mamlakatlar hozirdayoq o‘z ilmiy-texnik potensialini shu kabi yuksak samarali transport tizimlarini ishlab chiqishga qaratadilar. Bu temir yo‘llar uchun avtomobil, daryo, dengiz va havo transportidan yo‘lovchilarni jalb etishda tashabbusni qo‘liga olish imkoniyati kabi qarab chiqiladi.

Download 28.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling