3. Pedagogika kengashi ish rejasi. Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatining huquqiy asoslari


Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatini amalga oshirish


Download 26.73 Kb.
bet2/4
Sana25.08.2023
Hajmi26.73 Kb.
#1670355
1   2   3   4
Bog'liq
3. Pedagogika kengashi ish rejasi. Umumta’lim maktablari Pedagog

2. Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatini amalga oshirish.
Pedagogika kengashining asosiy vazifalari
1. Maktabning tayyorlagan muhim x.ujjatlarini muhokamadan o‘gkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
2.Maktabnish maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda,uni rivojlantirishning istiqbol yo‘nalishlarini belgilaydi.
3.Maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaragilgan qarorlar qabul qiladi.
4.Maktab boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riklar nshlab chiqadi.
5.Pedagogik jamoanipg ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa beradi.
6.Maktab pedagogik jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida meyoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni
Maktab direktori pedagogika kengashining raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. O‘quv yili davomida Pedagogika kengashi yig‘ilishlari o‘quv yili boshlanishidan avval va har chorak yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi. Zarurat tug‘ilganda navbatdan tashqari yig‘ilish rais tomonidan chaqirilishi mumkin. Pedagogika kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi kengash majlisida ishtirok etishi zarur. Kengashning navbatdan tashqari chaqirilgan yig‘ilishida esa kengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.Pedagogika kengashi qarorini bajarish har bir maktab xodimi uchun majburiydir.Yig‘ilish qatnashchilarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan takdirda kengash qarori qabul qilingan hisoblanadi.Ovoz berish tartibi kengash yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan belgilanadi.Pedagogika kengashini o‘tkazish vaqti, joyi va kun tartibi bir oy oldin e’lon qilinadi.Kengashda muhokama qilinadigan materiallarni muntazam hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki maktab ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.Ta’lim mazmuniga oid masalalarni (dars jadvali, maxsus dasturlar, dars ishlanmalari va boshqalarni), o‘quv jarayoning shakl va metodlarini amalga oshirish yo‘llarini muhokama qiladi.Kengash o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, maktabning ilmiy-tadqiqot institutlari.ko‘ngilli jamiyat, ijodiy uyushmalar, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘naligalarini aniqlaydi.Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganiga, ommalashtirish, yosh o‘qituvchilarga metodik yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo‘llarini belgilaydi.

Download 26.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling