3-sinf tabiiy fanlar darsligini tahlil qilish
Download 19.75 Kb.
|
3-SINF TABIIY FANLAR DARSLIGINI TAHLIL QILISH
3-SINF TABIIY FANLAR DARSLIGINI TAHLIL QILISH Umumta‘lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta‘limi tizimini o’zgartirdi. Bolalarni o’qitish bir yil oldin — olti yoshdan boshlanadi. Boshlang’ich maktabda o’qishning davomiyligi bir yilga ko’payadi, bu bolalarni o’qishga, yozishga va hisoblashga asosli ravishda o’rgatish, ularga oddiy mehnat ko’nikmalarini singdirishga imkon beradi. Boshlang’ich sinflarning (1—2 sinflar) o’quv rejasiga «Atrofimizdagi olam» nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan bo’lib, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to’g’risidagi bolalar tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini shakllantirish, oila a‘zolariga muhabbat va ular to’g’risida g’amxo’rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, murabbiylarga va boshqalarga) e‘tibor bilan munosabatda bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod yetilgan narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga mas‘uliyat bilan munosabatda bo’lishni, jonajon o’lkaga - vatanga muhabbatni tarbiyalashdir. Kursini o’qitish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish, bolalarni kishilarining ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirish, xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirish formalari, metodlari va vositalari xilma-xildir: ekskursiyalar, atoqli kishilar bilan uchrashuv, korxona, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va kitoblar o’qish, kino¬film, diafilm va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorlanish va hokazolar. Olingan tasavvurlarni bolalar amaliy faoliyatida (o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish bo’yicha mehnat va boshqalarda) mustahkamlaydilar. Ikkinchi yo’nalish bolalarni tabiat bilan bevosita muloqotda bo’lishda tanishtirish, tabiiy ob‘ekt va hodisalar to’g’risida tasavvurlar shakllantirish, ta-biatga nisbatan mas‘uliyatli munosabatni xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni, tabiat muhofazasi bo’yicha baholi qudrat faoliyat tashkil qilishni nazarda tu¬tadi. Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalar, o’quv sayrlari davomida va shuningdek amaliy ishlar tashkil qilinganda o’tkaziladigan kuzatishlar asosida amalga oshiriladi. Tabiat va unda boradigan o’zgarishlarni har kuni kuzatib borishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy faoliyatini (ijtimoiy-foydali mehnat, o’yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki yo’nalishlarni bog’lovchi vositadir. Kursning mazmunini (1—2-sinflar) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat», «Bizning maktab (bolalar bog’chasi) va jonajon tabiat», «Bizning shahar (qishloq) va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakat» mavzulari ochib beradi. Bu mavzular atrof olam to’g’risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan uzoqqa borish asosida to’plab, boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini beradi. Pedagoglar olti yoshlilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning xususiyati o’yin faoliyatidan keng foydalanilish ekanligini doim esda tutishlari kerak. Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida o’yinlardan foydalanish bolalarda yangini bilishga tabiiy ehtiyojini rivojlantirishi, o’qishning har xil usullarini egallab olishga yordam berishi kerak. O’yinlar atrof olamni idrok qilishga, bolalarning jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga, ularda chaqqonlikni, tezkorlikni va harakatini boshqarishni, muvozanatni his qilishni, fazoda o’zining qaerdaligini aniqlay olish xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Atrofni idrok qilishda mazmunli vazifali o’yin¬lar alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham o’yin¬lar mazmuniga axloqiy mazmundagi bolalar yozuvchilarining asarlaridan, xalq ertaklaridan olingan holatlarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yin¬lar bolalarni jamoat qoidalarini bajarishga, madaniy xulq-atvor ko’nikmalarini egallab olishga o’rgatadi. Didaktik o’yinlar bolalarning nutqiy hamda aqliy rivojlanishining muhim manbalaridan biri sifatida o’quv mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlaydi, yangini bilib olishga qiziqish uyg’otadi, sinchkovlikni rivojlantiradi. Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida, bola¬lar tomonidan sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga alohida e‘tibor berish zarur. Bolalarga o’qituvchi, tarbiyachi, o’z o’rtoqlari bilan qanday aloqada bo’lishni ko’rsatishi kerak. Shunga ko’ra pedagoglar bo¬lalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan bolalar she‘rlari va hikoyalarini sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir. Qoidalarni tushuntirish shakllari har xil bo’lishi mumkin: chunonchi, sinf hayotidan aniq misollar bo’yicha suhbat, unda harakatga ma‘naviy baho beriladi: hikoyalar o’qish; diafilmlar ko’rish; o’qituvchiga o’quvchilar bergan savollarni muhokama qilish; bolalar jamoasida sodir bo’lgan ixtilofli vaziyatlarni tahlil qilish. Download 19.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling