3-sinfda organiladigan asosiy miqdorlar haqida tushunncha. 3-sinfda xajmni organish
Download 108.5 Kb.
|
3-синфда микдор
REJA KIRISH ASOSIY QISIM. 3-sinfda organiladigan asosiy miqdorlar haqida tushunncha. 2. 3-sinfda xajmni organish. 3. 3-sinfda massani organish uslublari. 4. 3-sinfda vaqt olchovlarini organish. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH O’zbekiston Respublkasi Prezidentining “Talim narbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh, qilish, Barkamol avlodni voyaga etkazish to’g’risida “gi Farmoni va “Kadirlar tayyorlash milliy dasturi” da Matematika o’qitishning sifatini oshirish bilan birga o’quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini, matematik sovod-xonligini shakillantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirish masalalari hamda ijobiy qobiliyatlarini o’stirish masalalari belgilab berilgan. O’quvchilarda masalalarni yechish kunikmasi turt yil moboynida asta – sekin rivojlanib boradi. Maqsad o’quvchilarning o’zlari yechishga kuchlari yeta oladigan arifmetik masalalarni yechish yo’llarini mustaqil topa olishlariga erishishdir. Bolalarni masalalar yechishga o’rgatishda ularga masalalar yechishda yondashish-ning ba’zi umumiy usullarini o’rgatish muhim hisoblanadi. Chunon-chi, bolalar o’qituvchi boshchiligida masalani qisqa va tushunarli yozishni, masala shartini rasm va chizmalar bilan namoyish qila olishni o’rganib olishlari, shu bilan masala yechish yo’llarini o’zlari uchun yengillashtirishlari aniq bir masala shartini mavhumlashtirishni ( masalan, “baho”, ”miqdor”, “qancha turishi” kabi mavhum atamalardan foydalanib) va masalada berilgan miqdorlar bilan izlanayotgan miqdor orasidagi bog’la-nishni ochishga yordam beruvchi usullarni o’rganib olishlari kerak. Dasturda har xil hattalikni (qancha turishi, miqdori, bahosi, narsalarning umumiy massasi, narsalar miqdori (soni), bitta narsaning massasi va hokazo) arifmetika bilan uzviy bog’liqlikda o’rganishga katta o’rin berilgan. Kattaliklarni o’rganishda ularni o’lchash usullari, eng sodda formulalar yordamida ifodalanuvchi bog’lanishlar qarladi (masalan, “ Hamma sotib olingan narsa qancha turishini bilish uchun narsaning bahosini narsalar soniga ko’paytirish kerak“ ekanligini bolalar og’zaki tushuntiradilar. Bunda formulalar yozilmaydi). Shu bois, masalalarni tanlashda bu boglanishlarning ma’nosini ochib beruvchi masalalarga alohida e’tibor berish kerak. Boshlangich ta’limda matematika ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o’z ichiga oladi: Sonlar va hisoblashlar. Natural sonlar va nol. Narsalar sanog’i. Sjnlarni taqqoslash. Miqdorlar. Bir jinsli miqdorlarni taqqoslash. Miqdorni o’lchash. Natural sonlar va miqdorlar ustida arifmetik amallar. Miqdorlar (mahsulot narxi, miqdori va qiymati, to’g’ri chiziqli harakatda yo’l, tezlik va vaqt) orasidagi bog’lanishlarni qo’llab amaliy mazmundagi masalalarni echish. 3–sinifda o’rganiladigan asosiy miqdorlar haqida tushuncha. Miqdor tushunchasi: Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli ob’ektlarning, borliq dunyoning hossalari aks etgan. Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror hossasi bo’lib, uni boshqa narsa yoki xodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko’piroq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin. Miqdor tushinchasi murakkab nushincha bo’lib, o’quvchilarning maktabda butun o’qish davrida shakillantiriladi. Boshlang’ich maktabning vazifasi shundaki, u bolalarda miqdorlarni o’rganishning intuitiv tushinarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda miqdorlar, narsalar va hodisalarning o’lchash bilan bog’liq bo’lgan xossalari ekanligi haqida tasavurlar hosil bo’lishi kerak. Boshlang’ich maktabda bolalarga uzunlik, sig’im, massa, yuz, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Har bir miqdorni o’rganish uslubiyatining o’ziga hos hususiyatlari mavjud bo’lsa-da, biroq narsaning yoki hodisaning xossalarini o’rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o’rganishning umumiy yondashish miqdorlarni o’rganishning umumiy uslubiyoti haqida gapirish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usuli yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida, aniq–hissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o’quvchlarini miqdorlar uchun umumiy bo’lgan xossalari bilan tanishtirish mumkin. Miqdorlarni o’rganish bo’yicha darsni tashkil etish rejasi taxmlnan bundan: Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling