3. Taqiqlovchi belgilar


Taqiqlovchi belgilar yo‘l harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qo‘llaniladi


Download 358.77 Kb.
bet2/5
Sana15.09.2023
Hajmi358.77 Kb.
#1678802
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy 3

Taqiqlovchi belgilar yo‘l harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qo‘llaniladi.


3.1

"Kirish taqiqlangan" Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlangan


3.2

"Harakatlanish taqiqlangan" Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.3

"Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan"


3.4

"Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" To‘la vazni 3.5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki to‘la vazni belgida ko‘rsatilganda ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tizimlarining, shuningdek, traktorlar, o‘ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Bu belgi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.


3.5

"Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan"


3.6

"Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan" Traktorlar, o‘ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.


3.7

"Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan" Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik trasport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.


3.8

"Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan" Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, mol (poda) haydab o‘tish taqiqlanadi.


3.9

"Velosipedda harakatlanish taqiqlangan" Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanadi.



Download 358.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling