3. tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini ijro


Download 25.07 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi25.07 Kb.
#1526543
1   2   3   4   5
Bog'liq
27mavzu

Shaharsozlik (shahar qurish) — meʼmorlikning yirik sohasi; shahar bunyod etish nazariyasi va amaliyoti — aholi yashaydigan hududlar (turar jsoylar)ni loyiha asosida rejalashtirish. Sh. ijtimoiyiqtisodiy, sanitariyagigiyena, qurilishtexnika, badiiymeʼmoriy masalalar majmuini qamrab oladi. Sh. majmui meʼmorlik va qurilish bunyodkorligi, jamiyatning ijtimoiy tizimi va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi, madaniyati, tabiiy iqlim sharoitlari va milliy oʻziga xosligi bilan belgilanadi. Sh. oʻz navbatida qishloq aholi turar joylarini rejalash, landshaft meʼmorligi, bogʻ barpo etish, tumanlarni rejalash, sanoat korxonalari, dam olish mintaqalarini ratsional ravishda joylashtirish, ekologiya masalalari kabi bir necha tarmoqlarga boʻlingan. shahrida turar joylarning nafaqat meʼmoriybadiiy qiyofasiga, estetik jihatlariga, balki obodonlashtirishga — yoʻllar, ayniqsa, avtomobil yoʻllarita, infratuzilma (suv, oqava — kanalizatsiya, gaz, elektr va boshqalar muhandislik taʼminotlari)ga katta eʼtibor beriladi. shahrida yangi shahar, shaharcha, qishloqlarni qurish, qadimiy shaharlarni muhofaza qilish (rekonstruksiya qilish), meʼmoriy majmualar (koʻproq turar joy.mavzelari)ni bunyod etish bosh reja asosida amalga oshiriladi, bunda loyihalarni ishlab chiqish (tuzish) muhim oʻrin tutadi. Bunday loyihalar buyurtmalar orqali Sh.ka ixtisoslashgan ilmiy tekshirish va loyihalash intlarida bajariladi. Toshkentda Oʻzbekiston shaharsozlik loyihalash va ilmiy tekshirish instituti (OʻzLITI), Toshkent Boshtarh loyihalash va ilmiy tekshirish instituti va boshqalar shunga oʻxshash intlar faoliyat koʻrsatadi.
SH. qadimiy tarixga ega. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalari — 2-ming yillik boshlarida qadimiy madaniyat davrida aholi kent — manzillarini qurishda muntazam rejalashtirish xususiyatlaridan foydalanilgan (Qad. Xitoy, Misr, Eron va boshqalar). Yunoniston shaharlar siyosiy va diniy markazlarni ajratgan holda rejalashtirilgan boʻlsa (akropol va boshqalar), qadimiy Rimda shaharlarni toʻgʻri burchakli dahalarga boʻlish uslubi qoʻllanilgan (Pompey, Ostiya va boshqalar), Sh. nazariyasi paydo boʻlgan (Vitruviy risolasi, mil. av. 1-asr). Oʻrtaasrlar Yevropasiga shaharlarni stixiyali, qalʼa devorlari atrofida chiziqli va aylanahalqali rejalashtirish xos boʻlgan (Nyordligen Germaniyada, Krakov Polshada, Praga Chexiyada va boshqalar). Rossiyada shaharlar tepaliklarda, daryolar kuyiladigan joylarda bunyod etilgan (Kiyev, Chernigov, Novgorod, Pskov va boshqalar), hamma koʻcha (yoʻl)lar shahar darvozasiga yoki shahar savdo maydonlariga olib borgan. Aylanahalqali rejalash shahrining mumtoz namunasi oʻrta asrlardagi Moskvadir.
Download 25.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling