3-тема. Принципы, функции и виды маркетинга


Soliqlarning o’ziga xos belgilari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir


Download 1.23 Mb.
bet3/3
Sana17.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1026349
1   2   3
Bog'liq
DAVLAT DAROMADLARINI JALB QILISH USULLARI

Soliqlarning o’ziga xos belgilari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
· majburiylik;
· xazina to’plash;
· qat’iylik va doimiylik;
· aniq soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik.
Quyida biz O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari
tarkibining oxirgi uch yillik, ya`ni 2010-2012 yillardagi ko’rsatkichlarini
ko’rishimiz mumkin. Soliqlar davlat budjetiga va davlat pul fondlariga kelib tushadigan,
majburiy harakterga ega bo’lgan pul munosabatlaridir. SHuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, ya’ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor o’z tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot etkazib beruvchini ixtiyoriy topishi va o’zi iste’molchini topib, unga mahsulotini sotish huquqiga ega. SHuning uchun davlat ular daromadlarining bir qismini taqsimlab, budjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq shaklida daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi organ(Oliy Majlis)ning qarori zarur, ya’ni qonuniy asosda undirilgan to’lov budjetga o’tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo’ladi, demokratik to’lovga aylanadi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi soliq islohotlari tajribasi shundan dalolat beradiki, yangi soliqlar solish bo’yicha qarorlar qabo’l qilishda umummilliy qonunlarga tayanilganda eng ko’p samaraga erishilishidan darak beradi, biroq hokimiyat mahalliy organlari qarorlari bo’yicha ish ko’rilganda bunchalik samara bo’lmaydi, bu esa keyingi vaqtda respublika uchun xos xususiyat bo’lib qoladi. Boshqa bir tomondan, mahalliy budjetlar markaziy budjet tarkibida hisobga olinmaganda markaziy hokimiyat va hokimiyatning mahalliy organlari faoliyatlari doirasining, ularni o’z-o’zini mahalliy ta’minlashini cheklash siyosati katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa, fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasining qonunlarida ham o’z aksini topishi mumkin bo’lgan holdir.
Soliq islohotini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mantiqiy jihatdan to`g`ri harakat qilmoq lozim. Buning uchun, eng avvalo, budjet xarajatlarishshg oqilona ekanligi to`g`risida aniq tasavvurga ega bo`lish kerak. CHunki hozirgi paytda soliqlarni keskin qisqartirmasdan turib, soliq to`lovchilarning ahvolini keskin yaxshilashning iloji yo`k. Umumiy tarzda hozirgi paytda xxo`jalik yurituvchi subyektlar o`zlari tomonidan yaratilgan yalpi mahsulotning qariyb yarmini budjet ixtiyoriga o`tka-zishmoqda.
Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling