3-to’plam 29 may 2022
-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
86-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada o’zbek tilshunoslikda so’z tuzilishi, yasalishi, shakllari haqida fikr yuritilib, tahlillar qilingan. Shu bilan birga, so’z yasalishini boshlang’ich sinflarda qanday o’rgatish haqida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar: so’z, so’z yasalishi, so’z shakllari, leksikologiya. So‘z yasalishi haqida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi ona tilining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarida dastlabki tushunchalar beriladi. Alohida o‘rgatilishiga qaramay, mavzuni yanada chuqurroq bilish dolzarbligicha qolmoqda. Bunga sabab – hali ham talabalarda so‘z yasalishi hodisasining mohiyatini to‘g‘ri tushunmaslik, bu hodisaning qaysi so‘z turkumlarida mavjudligini idrok etmaslik, yasama so‘z atamasini izohlashda so‘z yasalish usullarini inobatga olmaslik kabilarning uchrab turishidir. Ko‘pchilik talabalar yasama so‘z deganda faqat so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilgan so‘zlarnigina tushunadi va misol keltiradi. Bu so‘z yasalishida bir usul ekanligiga e’tibor bermaydi. Bu kabi muammolarning mavjudligi mavzuning e’tiborga molikligini anglatish bilan birga uning o‘quvchilarga sodda ko‘rinishda tushuntirish zarurligini ham ko‘rsatadi. Vaholanki, bunga: “tilda oldin mavjud bo‘lgan so‘zga ma’lum yasovchi vositalar qo‘shish bilan yangi so‘z hosil qilinishiga so‘z yasalishi hodisasi, shunday hodisani o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limiga esa so‘z yasalishi deyiladi” mazmunida to‘g‘ri izoh berilgan . So‘z yasalishi mavzusi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining I bosqichida o‘rgatiladi. Mavzu ilmiy asosda o‘rgatilgandan so‘ng, egallangan nazariy bilim va ko‘nikmalarning darajasini aniqlash maqsadida o‘qituvchi so‘z yasalishi bo‘yicha mustaqil ish yozishni talabalarga tavsiya etadi. Yetarli tushunchalarga ega bo‘lgan talaba – bo‘lajak o‘qituvchi boshlang‘ich ta’limda mavzuni o‘quvchilarga qanday qilib sodda tushuntirish usullarini qidiradi. Mavzuning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida o‘rgatilishi o‘quvchining yoshi, ma’lumotlarni qabul qilish layoqati kabi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling