3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu bayoni.
- Mavzuni mustahkamlash.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism II. Uyga vazifa so’rash III. Yangi asar bayoni IV. Yangi mavzuni mustahkamlash V. O’quvchilarni baholash VI. Uyga vazifa berish Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarning kayfiyati va darsga tayyorligini so’rash. Uyga vazifa so’rash. Uyga berilgan “Sher bilan durroj” hikoyatidagi egrilik va to’g’rilik haqida o’quvchilarning fikri tinglanadi. Ularga mavzu yuzasidan savollar beriladi. Yangi mavzu bayoni. Bugungi yangi mavzu buyuk bobokalonlarimizdan biri bo’lmish Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida bo’ladi. Xo’sh kim www.pedagoglar.uz 29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 156 Bobur haqida qanday ma’lumot biladi? “Aqliy hujum” metodi orqali Bobur haqida o’quvchilar bilgan ma’lumotlar taxtaga yoziladi. So’ngra adib hayoti va ijodi haqida o’qituvchi “Zinama-zina” metodi orqali tushuntirib beradi. 1-zina: Boburning qachon va qayerda tavallud topganligi; 2-zina: uning qachon va nima sababdan taxtga o’tirganligi; 3-zina: Vatanini tark etishi; 4-zina Hindistonni zabt etishi; 5-zina: vafoti haqida; 6-zina: shoir tuzgan devonlari haqida; 7-zina: Ko’ngli tilagan deb boshlanuvchi ruboiyi tahlili; 8-zina: Beqaydmen-u deb boshlanuvchi ruboiysi tahlili; 9-zina: Tole yo’qki deb boshlanuvchi ruboiyi tahlili; 10-zina: Har kimki deb boshlanuvchi ruboiyi tahlili va xulosa. Mavzuni mustahkamlash. O’quvchilarga bergan ma’lumotlar endi mustahkamlanadi. O’quvchilarga darsga oldindan tayyorlangan chaynvord beriladi. Ular ikki guruhga bo’linadi. Har bir guruhga alohida-alohida beriladi, ular 7 daqiqa davomida quyidagi yashiringan so’zlarni topishi kerak: Andijon, Samarqand, Farg’ona, Axsi, Hindiston, Kobul, Agra, Xuroson, Hind, ruboiy, Bobur, Umarshayx, G’azna, Boburnoma so’zlari. O’quvchilarning chaynvordlari tekshiriladi va shunga qarab guruhga ball beriladi. Keyin esa o’quvchilarning matematika fanlari bilan birgalikda integratsiya qilinadi. Guruhlarga quyidagi: 1. 559+924= 2. 704+790= 3. 302+806+395= 4. 294+896+336= 5. 369+456+705= topshiriqlari beriladi. Ular matematikada olgan bilimlarini ko’rsatib, to’g’ri hisoblashi va shu chiqqan yillarda Bobur hayotida nimalar yuz berganligini aytishi kerak bo’ladi. Buning uchun o’quvchilarga 5 daqiqa vaqt beriladi. To’g’ri javobiga qarab o’quvchilar ball beriladi. Download 357.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling