3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 159 ko’rsatmali qurоl-adabiy matеrialni o’zlashtirishni yaхshilash vоsitasi ekanligi haqida bahs yuritiladi. Ta’limda ko’rsatmalilik masalasi buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika”, “Rasmlarda sezimli narsalar olami” singari kitoblarida ilk bor ilmiy asoslab berilgan. I.Pestalotsi asarlarida bu ta‟limot yanada rivojlantirilib va boyitib borilgan. Ta’limda ko’rsatmalilik masalasida rus pedagogi K.Ushinskiy qo’shgan hissasining ulkanligini ta’kidlash kerak. Bolalarning yosh xususiyatlari va ularning turli bosqichdagi bilish faoliyatini puxta o„rgangan rus pedagogi mavhum so„zga emas, aniq obrazga tayangan holda olib borilgan ta’lim ko’proq samara berishi, agar darsga surat olib kirilsa, soqov bola ham gapirib yuborishini ta’kidlagan. Mumtoz pedagog olimlarning yuqorida aytgan fikrlari zamonaviy tarbiyashunoslarning tadqiqotlari bilan yanada mustahkamroq tasdiqlangan. Chunki bilish jarayoninig bosqichlari o’z-o’zidan ko’rsatmalilikning ahamiyatini ta’kidlaydi. Mavzuning uchinchi rejasida ko„rsatmali qurоl turlari haqida fikrlar bildiriladi. Ko„rsatmali qurollarni zamonaviy pedagogika quyidagicha tasniflaydi: 1. Tabiiy ko’satmalilik. 2.Tasviriy ko’satmalilik. 3.Grafik ko’satmalilik. 4.Badiiy so’z ko’satmaliligi. Umuman, adabiy ta’limda ko’rsatmalilikning roli beqiyosdir. Mavzuning to„rtinchi rejasida adabiyot o’qitishni yo’lga qo’yishda texnika vositalari ya’ni axborot kommunikatsiyasi texnologiyalarining o„rni ham beqiyos ekanligi ayniqsa, darslar jarayonida elektron doska, “O’qituvchi”, kodoskop, turli video va aydio yozuvlardan, teleko’rsatuvlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qilishi haqida fikr bildiriladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki ko`rgazmalilikdan darsda va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish bir-biridan o`z xarakteriga ko`ra jiddiy farq qiladi hamda boshqa-boshqa maqsadlarni ko`zda tutadi. To`garak ishlarda, fakultativ mashg`ulotlarda olib boorish mumkin. O`qituvchi masalan, o`quvchilarning san‟atining muayyan turi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish yoki o`quvchilarni biror tasviriy san’at, musiqa asari, tele yoki kino |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling