3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 17 
xususiyatlarga mos holda bo‘lishi zarur. Ta’limning keyingi bosqichlaridagi 
o‘rgatilishiga qaraganda mavzu sodda, tushunarli, qiziqarli, esda qolarli misollarga 
boy, muhimi, ko‘rgazmali bo‘lishi ma’qul bo‘ladi. Ilmiy qoidalar va atamalarni hali 
yaxshi idrok eta olmagan o‘quvchilarga mavzuni esda qoldirish, tushuntirish oson 
bo‘lmaydi. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchi o‘zining bilim va malakalariga tayanib, 
avvalo, so‘z yasalishi, uning usullari haqida sodda ko‘rinishdagi reja asosida ish olib 
borishi zarur bo‘ladi. Rejada quyidagi bandlarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir: - 
So‘z yasalishi haqida tushuncha berish; - So‘z yasalishi usullarini misollar asosida 
tushuntirish; - So‘z yasalishida ishtirok etadigan yasovchi qo‘shimchalar haqida 
ma’lumot berish; - Asos, so‘z yasovchi qo‘shimcha, yasama so‘z atamalarining sodda 
izohi; - So‘z yasalishida ishtirok etadigan turkumlar; 
Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasashning asosan ikki usuli ajratiladi: 1) affiksatsiya 
(yoki morfologik) usuli; 2) kompozitsiya (yoki sintaktik) usuli; O‘zakka so‘z 
yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi leksik birlik hosil qilish affiksatsiya usuli 
bilan so‘z yasashdir.Masalan: mevali daraxt, serhosil yer kabi birikmalardagi mevali, 
serhosil yasama so‘zlar bo‘lib, ular meva o‘zagiga-li, hosil o‘zagiga ser-affikslarini 
qo‘shish orqali yasalgan so‘zlardir. Ikki va undan ortiq so‘z formalarining (ko‘pincha 
mustaqil so‘zlarning qo‘shilib (yoki tizilib) bir so‘zga aylanishi kompozisiya usuli 
bilan so‘z yasashdir. 
Masalan: belbog‘, oshqazon, mehmondo‘st, so‘z boshi, bir yuz o‘n, ahd qilmoq, bir 
oz va boshqalar. Juftlik modeli (qolipi) da qo‘llangan ayrim so‘zlar ham yasama so‘z 
sanaladi, masalan: yildan-yilga, zo‘r-bazo‘r, uyma-uy kabi. O‘zbek tilida so‘zlar 
tuzilish jihatdan ham turlarga ajratiladi, chunonchi: sodda so‘z, qo‘shma so‘z, juft 
so‘z (takroriy so‘z), murakkab so‘z. Sodda so‘z bitta o‘zak morfemasi bo‘lgan 
so‘zdir. Masalan: bola, bolalik, bolalar, bolalarimiz kabi. Kungaboqar, gultojixo‘roz, 
Oqqo‘rg‘on, sohibjamol kabi so‘zlar qo‘shma so‘z deyiladi. Bu kabi so‘zlar ikki va 
undan ortiq so‘z yoki so‘z formalaridan tashkil topib, bir urg‘uga birlashadi va bir 
tushunchani ifodalaydi. 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling