3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorazm viloyati Gurlan tumani 42-AFChOI maktabi Davlat va huquq asoslari fani oqituvchisi
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 184 KORRUPSIYA – FUQAROLIK JAMIYATINING TANAZZULI Jumatov Jamshid O'razmatovich Xorazm viloyati Gurlan tumani 42 - AFCHO'I maktabi Davlat va huquq asoslari fani o'qituvchisi Kurbanbayeva Maxira Yangibayevna Xorazm viloyati Gurlan tumani 42-AFChO'I maktabi Davlat va huquq asoslari fani o'qituvchisi Annotatsiya: Maqolada korrupsiya, ya'ni poraxo'rlik haqida so'z boradi. Korrupsiya tarixda mavjud bo'lganligi va unga qarshi qo'llanilgan jazo hamda hozirgi kunda jahon mamlakatlari poraxo'rlikka qarshi qo'llayotgan tajribalari haqda ma'lumotlar berilgan. O'zbekistonda ham bunga qarshi qo'llanilgan chora tadbirlar, qabul qilingan qonunlar ko'rsatib o'tilgan. Kalit so'zlar: Korrupsiya, illat, tarix, qonun, jahon tajribasi. Bugungi kunda rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati vakillarini tobora tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo'lgan korrupsiya jamiyat xavfsizligi va barqarorligi, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va hukumatning institusional rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan illatlardan biridir. Korrupsiyaga oid jinoyatlar hukumat vakillarining jamiyat oldidagi obro'siga putur yetkazibgina qolmay, ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning samarali yo'lga qo'yilishida ham jiddiy muammo tug'diradi. Korrupsiya bilan bog'liq muammolarning keng talqin qilinishi va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishiga qaramay ushbu jinoyatni ildiz otib borishi uning mohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilish va paydo bo'lish sabablarini kengroq o'rganishga undaydi. "Korrupsiya kasalligini" yengishda bugungi kunda mamlakatimizda joriy qilingan ma'muriy chora tadbirlarning o'zi yetarli emas. Poraxo'rlikni oldini olishgan bo'lgan urinishlar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi, bunda aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi fuqarolik institutlarining rivojlanganlik darajasini ham qamrab olinishi lozim. Korrupsiya hodisasining ilmiy tahlili shuni ko'rsatadiki, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling