3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 158 
xalq xotirasini mujassamlashtiradi, uning axloqiy ma’naviy qadriyatlarini 
asrlardan-asrlarga, avlodlardan-avlodlarga olib o’tadi. Adabiyot darslaridagi 
ko`rgazmalilikning bosh vazifasi o`quvchilarga adabiy asarni idrok etishda 
ko`maklashish, yozuvchi ijodini to`laroq tasavvur etishga yordamlashish adabiy-
nazariy tushunchalarni egallashga qo`shimcha imkon yaratish, o`quvchilar nutqini 
o`stirishni ta‟minlashdan, bir so`z bilan aytganda adabiyot o`qituvchisi oldida 
turgan barcha vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iborat.
Gap o`tmish adabiyoti, yoxud chet el hayoti bilan bog`liq asarlar ustida 
boradigan bo`lsa, ko`rgazmalilikning ahamiyati yanada ortadi. Zero o`quvchi xira 
tasavvur qilgan yoki mutlaqo tasavvurga ega bo`lmagan voqea va hodisalar haqida 
ko`rgazmalilik tufayli yorqinroq va aniqroq bilim va tasavvurlarga ega bo`ladi. 
Unday paytda o`qituvchining izohi kamlik qiladi. Ana shu ko`rgazmalilik 
to`ldiradi. Ko`rgazmalilik o`qituvchi nigohida ham mavjud. Garchi bunday 
holatlarda o`quvchida passivlik sezilsa-da, ammo bu ko`rgazmalilikning rolini 
mutlaqo pasaytirmaydi. Ammo shunisi muhimki, ko`rgazmalilik vositasida 
o`quvchi faol muloqotga, suhbatga, faol fikrlash darajasiga yetsin. Ko`rgazmalilik 
adabiy jarayon, hodisa yoki obrazning muayyan qirralarini ochishga yordam 
bersagina shunday bo`ladi. Mavzuning birinchi rejasida ko’rsatmalilik - ta’limning 
asоsiy tamоyillaridan biri ekanligi yoritiladi.
Didaktikaning eng muhim tamoyillaridan biri uning ko„rsatmaliligi bo„lib, bu 
tamoyil qaysidir pedagogning xohishi yoki uslubiyotchi olimning istagi natijasi 
bo’lmay, didaktikaning metodologik asosi bo„lmish bilish nazariyasining 
qonuniyatidan kelib chiqqan. O’quvchi, ayniqsa, quyiroq sinflarda bilishning 
hissiy bosqichini boshdan kechirayotgan bo’ladi. Yani sezgi organlariga bevosita 
ta‟sir etgan narsa-hodisalarni yaxshiroq idrok etadi. Shu boisdan ham adabiyot 
darslarida o’rni bilan ko’rsatmali quroldan foydalanish joiz, ammo adabiyot so’z 
san‟ati ekanini va uning butun qudrati so’zda ekani, butun mohiyati, jozibasi so’z 
orqali yuzaga chiqajagini unutmaslik kerak. Darslarni kerak-nokerak sxemalar
chizma va rasmlar bilan to’ldirib tashlash zarur emas. Mavzuning ikkinchi rejasida 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling