3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 17 xususiyatlarga mos holda bo‘lishi zarur. Ta’limning keyingi bosqichlaridagi o‘rgatilishiga qaraganda mavzu sodda, tushunarli, qiziqarli, esda qolarli misollarga boy, muhimi, ko‘rgazmali bo‘lishi ma’qul bo‘ladi. Ilmiy qoidalar va atamalarni hali yaxshi idrok eta olmagan o‘quvchilarga mavzuni esda qoldirish, tushuntirish oson bo‘lmaydi. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchi o‘zining bilim va malakalariga tayanib, avvalo, so‘z yasalishi, uning usullari haqida sodda ko‘rinishdagi reja asosida ish olib borishi zarur bo‘ladi. Rejada quyidagi bandlarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir: - So‘z yasalishi haqida tushuncha berish; - So‘z yasalishi usullarini misollar asosida tushuntirish; - So‘z yasalishida ishtirok etadigan yasovchi qo‘shimchalar haqida ma’lumot berish; - Asos, so‘z yasovchi qo‘shimcha, yasama so‘z atamalarining sodda izohi; - So‘z yasalishida ishtirok etadigan turkumlar; Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasashning asosan ikki usuli ajratiladi: 1) affiksatsiya (yoki morfologik) usuli; 2) kompozitsiya (yoki sintaktik) usuli; O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi leksik birlik hosil qilish affiksatsiya usuli bilan so‘z yasashdir.Masalan: mevali daraxt, serhosil yer kabi birikmalardagi mevali, serhosil yasama so‘zlar bo‘lib, ular meva o‘zagiga-li, hosil o‘zagiga ser-affikslarini qo‘shish orqali yasalgan so‘zlardir. Ikki va undan ortiq so‘z formalarining (ko‘pincha mustaqil so‘zlarning qo‘shilib (yoki tizilib) bir so‘zga aylanishi kompozisiya usuli bilan so‘z yasashdir. Masalan: belbog‘, oshqazon, mehmondo‘st, so‘z boshi, bir yuz o‘n, ahd qilmoq, bir oz va boshqalar. Juftlik modeli (qolipi) da qo‘llangan ayrim so‘zlar ham yasama so‘z sanaladi, masalan: yildan-yilga, zo‘r-bazo‘r, uyma-uy kabi. O‘zbek tilida so‘zlar tuzilish jihatdan ham turlarga ajratiladi, chunonchi: sodda so‘z, qo‘shma so‘z, juft so‘z (takroriy so‘z), murakkab so‘z. Sodda so‘z bitta o‘zak morfemasi bo‘lgan so‘zdir. Masalan: bola, bolalik, bolalar, bolalarimiz kabi. Kungaboqar, gultojixo‘roz, Oqqo‘rg‘on, sohibjamol kabi so‘zlar qo‘shma so‘z deyiladi. Bu kabi so‘zlar ikki va undan ortiq so‘z yoki so‘z formalaridan tashkil topib, bir urg‘uga birlashadi va bir tushunchani ifodalaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling