3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 18 
Odatda so‘z asosiga qo‘shilib, shu asos ma`nosi bilan bog‘langan yangi so‘zni 
hosil qiluvchi qo‘shimchalar so‘z yasovchi affikslar hisoblanadi. Bunday 
qo‘shimchalar asosan 4 mustaqil so‘z turkumida mavjud bo‘lib, ular quyidagilar: ot, 
sifat, fe’l, ravish. Olmoshning faqat gumon olmoshi turida so‘z yasalishi mavjud. 
O‘quvchilarga yasalish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z turkumlarining nomi haqida 
ma’lumot berilgach, ularning nomini yodda tutish zarurligini uqtirish, har biriga 
misollar yoza olish qobiliyatini shakllantirish, bizningcha, boshlang‘ich ta’limda 
etarlidir. -Otning yasalishi: bog‘bon, paxtakor, taroq; -Sifatning yasalishi: chiroyli , 
jo‘shqin, noto‘g‘ri; -Fe’lning yasalishi: ishla, birlash, yo‘qla; -Ravishning yasalishi: 
ko‘plab, mardlarcha, o‘zicha. Bu singari misollar o‘quvchilarga taqdim qilingach, 
yuqoridagi turkumlarning birortasiga tegishli yasama so‘zni izohlab berish o‘rinli 
bo‘ladi. Masalan, bog‘–ot, -bon so‘z yasovchi qo‘shimcha, bu qo‘shimcha asosga 
qo‘shilgach, bog‘ga qaraydigan, parvarish qiladigan ma’nosidagi yangi so‘zni 
yasaydi. Demak, so‘zning asosi ifodalagan ma`nodan uzoqlashmagan yangi so‘z 
yasalmoqda. Bunda o‘quvchining e’tiborini qaratish uchun asos va qo‘shimchani turli 
rangda yozish zarurdir. 
So‘zlar tuzilishi jihatdan besh xil bo‘ladi: 1. Sodda so‘zlar; 14 2. Qo‘shma so‘zlar; 
3. Murakkab so‘zlar; 4. Juft so‘zlar; 5. Takroriy so‘zlar. Bittagina o‘zak morfemasi 
bo‘lgan so‘z sodda so‘z deyiladi. Masalan: ish, ishga, ishchi, bolalar, o‘qigan, kel 
kabi. Sodda so‘z tub yoki yasama bo‘ladi. So‘z yasovchi qo‘shimcha bo‘lmagan 
so‘zlar tub so‘z deyiladi. Masalan: paxtalar, daraxt, uy, odat, ariq va boshqalar. 
Negizga yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan yasalgan sodda so‘zlar yasama so‘zlar 
deyiladi. Masalan: paxtazor, serdaraxt, sinfdosh kabi.Grammatik tobe’lik 
munosabatlari asosida birikkan, yoki, bu munosabat aniq anglashilmaydigan ikki va 
undan ortiq so‘z yoki so‘z shakllaridan tashkil topib, bir urg‘uga birlashadigan, bir 
tushunchani ifodalaydigan so‘z qo‘shma so‘zdeyiladi. Masalan: belbog‘, yer yong‘oq, 
yertandir, muzyorar, kungaboqar, ko‘zoynak, oshqovoq, so‘z boshi, mehmondo‘st, 
sohibjamol, o‘zbilarmon. 
Leksik va grammatik ma’nolari ayrim holda ham, butunligicha ham izohlanishi 
mumkin bo‘lgan, ayrim mustaqil tushunchalarga osonlik bilan ajrala oluvchi, bitta 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling