3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet150/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 175 
Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish
jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini 
bajarish mumkin. Exceldagi avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli
qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu
imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi.
Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko’p 
bo’limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika 
fakultetidagi talabalar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa 
ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko’rishlari mumkin.
Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik 
tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo’llash funksiyaning 
yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g`ri tartibda kiritilishini 
ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini 
qiynalmay va tezda o’rganishlariga juda katta yordam beradi.
Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan
ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan,
diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular
orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining 
ssenariysi. Guruhda yo’qlama qilinib, mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda 
mashg`ulot davomida qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha 
ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli 
o’rganilgan matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo’yilgan 
maqsadga qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan 
savollar va tez hal etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi 
talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning 
faol ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.
Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida bajariladigan amallar 
qanchalik maktab matematikasidan tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling