3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet159/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 185 
poraxo'rlik jinoyatijuda keng qamrovli tushuncha bo'lib, hatto korrupsiya so'zining 
etimologiyasi ham ingliz adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyotida tarixiy nuqtai 
nazardan turlicha ma'no va konnotatsiyaga ega . Aksariyat chet el 
tadqiqotchilarining talqiniga ko'ra, korrupsiya atamasi lotincha "corruptio" - "talon 
taroj" va "buzilish" ma'nolarini anglatuvchi so'zdan kelib chiqqan. Ushbu 
tushunchaning axloqiy va madaniy prinsiplar asosidagi talqini rus tadqiqotchisi
yuridik fanlar nomzodi Mishin G.K. izlanishlarida o'z aksini topadi. Uning fikriga 
ko'ra, korrupsiya atamasi lotin tilidagi ikkita so'zdan iborat bo'lib, "cor", "ruptum" -
"yurak", "ruhiyat", "buzilishi", "barbod bo'lishi" degan ma'noga ega. Oksford 
ingliz tili lug'atida korrupsiya tushunchasining 9 ta ma'nosi berilgan bo'lib, ulardan 
faqat bittasini siyosiy kontekstda qo'llash mumkin: korrupsiya pora yoki boshqa 
ta'magirlik turlari orqali davlat vazifalarini bajarish yoki bajarmaslik davlat
korporatsiyalar va boshqa idoralarda korrupsiya amaliyotlaridan foydalanish yoki 
ularda ishtirok etish. O'zbek tilining izohli lug'atida esa mansabdor shaxslarning 
o'zlariga ishonib topshirilgan huquqlari va hokimiyat vakolatidan shaxsiy boylik 
orttirish maqsadida foydalanishi (korrupsiya poraxo'rlik, mansabni suiste'mol qilish 
va boshqa noqonuniy harakatlarni o'z ichiga oladi).Korrupsiya fenomeni keng 
qamrovli tushuncha bo'lganligi sababli bugungi kunda ushbu muammoni 
o'rganishda turli xil yondashuvlar mavjud: sotsiologik yondashuv, yuridik 
(kriminologik) yondashuv, iqtisodiy, siyosiy yondashuv va axloqiy madaniy 
yondashuv. Shulardan biri sotsiologik yondashuv bo'lib, bunda korrupsiyani 
o'rganishga bo'lgan urinishlar korrupsiya xodisasini tushuntirishda turli xil 
metodlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Manbalarda keltirilishicha, sotsiologik 
nuqtai nazardan korrupsiya uning sub'ektlari, korrupsiya sohalari, korrupsiyadan 
ko'zlangan maqsad va uni amalga oshirish usullari, korrupsiya shakllari va uning 
ob'ektlari kabi o'zaro aloqadorlikda bo'lgan elementlarni qamrab oluvchi interaktiv 
munosabatlarda shakllangan, ishtirokchilarning ratsional tanlovi asosida amalga 
oshadigan, 
moddiy 
va 
ramziy 
resurslarni 
almashinishni 
ifodalaydigan 
disfunksional hodisadir . Bunda korrupsiyani ijtimoiy hayotga salbiy ta'siri va 
ijtimoiy munosabatlarda o'zaro ishonchsizlik hamda ta'magirlikni yuzaga 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling