3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 30 
Shu jihatdan jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Is’hoqxon 
Junaydulloxo’ja o’g’li Ibrat tomonidan qoldirilgan tarixiy, madaniy, ijtimoiy hayotga 
oid ilmiy meros o’zbek miliiy davlatchilik an’analarini o’rganishda muhim 
manbalardandir. Ibrat hayot faoliyatini, uning ilmiy merosi X.Bobobekov, 
U.Dolimov, K.Vohidov, O.Usmon, Sh.Vohidov kabi tarixchi va adabiyotshunos 
olimlar tomindan o’rganilgan va bir qator risolalar va ilmiy, ilmiy-ommabop 
maqolalar chop etilgan. Is’hoqxon Ibrat ijodiy faoliyati davrida Farg’ona vodiysi 
tarixiga oid bir qancha tarixiy ilmiy-ma’rifiy asarlar, risolalar yozgan. Uning “Tarixi 
Farg’ona”, “Tarixi madaniyat”, “Me’zon ul-zamon”, “Tarixi Xurriyat”, “Qo’rboshilar 
zamoni” risolalari shular sirasiga kiradi.
Uning 1916-yilda yozilgan “Tarixi Farg’ona’ asari Farg’ona vodiysi, Qo’qon 
xonligi tarixini, xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy hayotni o’rganish va tahlil qilishda 
muhim tarixiy manbadir. Asar tarixiy manba sifatida X.Bobobekov hamda 
M.Xasaniy tomonidan o’rganilgan va qisqa sharh bilan 1991-yili nashr etilgan. 
Ushbu asar sharq tarixnavisligi an’analariga amal qilinib yozilgan. U risolani 
yozishda umujahon tarixini Odam Atodan boshlab, keyin mahalliy tarixni yozishga 
kirishadi, Qo’qon xonligigacha tarixni muqaddimasini yoritib bergan. Asarni 
yozishda “Boburnoma”, “Tarixi Qutadg’u”, “Shohnoma”, “Ravzat us-safo”, “Tarxi 
Tabari”, “Qomus ul-a’lom” kitoblaridan foydalanilgan. 
“Tarixi Farg’ona” asari 15 dan ortiq kichik sarlavhali qismlariga bo’lingan. Bu 
qismlarda Qo’qon hukmdorlarinni xonlik davrlari haqida ma’lumot beriladi. Risolada 
Ibrat Qo’qon xoni Norbo’tabiy (1763-1798) hukmronligi davri haqida to’xtaladi. 
Norbo’tabiy markaziy hokimiyatini mustahkamlashda, o’zboshimcha hokimlarni 
jilovlashda natijalarga erishadi. U Chust va Namanganda ko’tarilgan g’alayonlarni 
bostiradi, qo’zg’olon ko’targan Xo’jand shahrini bo’ysundiradi, uni xonlikka 
butunlay qo’shib oladi. Uni davrida mamlakat iqtisodiyoti yuqori darajada 
ko’tarilganligi manbalarda qayd etilgan. Xonlikda sug’orish inshootlari, savdo, 
hunarmandchilik, qishloq xo’jaligi rivojlandi. Norbo’tabiy pul islohoti o’takazib, 
“Qora fulus” nomli mayda chaqa zarb etadi. U vafot etgach, taxt uchun kurash 
boshlandi. 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling