3-to’plam 29 may 2022
va adabiyot fani o'qitivchisi
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
va adabiyot fani o'qitivchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sintaksis haqida tushuncha.Gap va uning asosiy belgilari hamda gaplarning tuzulishi,ma'nosi va o’zaro ta'sirlashuvi haqida ma‘lumotlar berilgan. Kalit so'zlar: Ikkinchi darajali bo‘laklar, gap boʻlaklari, sintaksis, gap, nutq birliklari, so'z, so’z birikmasi, sodda gap, Hozirgi Sintaksisda mavhum grammatik struktura sifatida gap tushunchasi hamda mazkur strukturaning nutqda aniq voqealanishi vositalari sifatida ifoda tushunchasi farqlanadi; shunga muvofik, ravishda gap nazariyasi va ifoda nazariyasi ham chegaralanadi. Gap Sintaksis doirasiga uni shakllantirishning usul va vositalari, ifoda Sintaksis doirasiga esa gapning aktual boʻlinishi vositalari hamda uning maʼno strukturasi muammolari kiritiladi. Sintaksisda, shuningdek, gap boʻlaklari ham oʻrganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va ikkinchi darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi paytlarda kesim gapning asosi ekanligi, undalma, kirish soʻz va kiritmalarga gapning uchinchi darajali boʻlaklari maqomini berish masalalari ham koʻtarilmoqda. "Sintaksis" termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda boʻlmasada, dastlab mil. av. 3- asrda Yunonistonda stoiklar tomonidan qoʻllangan. Sintaksisning ilk prinsiplarini yunon grammatisti Apolloniy Diskol morfologik negizda, xususan, soʻz turkumlari Sintaksis tarzida asoslagan. Sintaksis tarixi yevropa va rus tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. Qomusiy alloma Mahmud Koshgʻariyning 11-asrda "Javoxir unnahvi fi lugotitturk" ("Turkiy tillar sintaksisi kridalari") asarini yaratganligi buning yaqqol isbotidir. 20-asrda oʻzbek tili sintaksisiga, qisman, sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi nazariy tadqiqotlar maʼlum darajada taʼsir oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili sintaksisi sohasida Fitrat, Ayub Gʻulomov, F. Abdullayev; Gʻ. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling