3-topshiriq atamalarga javob yozish Bozor islohotlari


Download 24.57 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi24.57 Kb.
#1534510
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 topshiriq atamalar

Amortizatsiya normasi(lot. amortisatio — qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi — asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga oʻtib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va maʼnaviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Maʼnaviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal boʻlgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bogʻliq. A. meʼyori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatlariga koʻra tabaqalashtiriladi. A. qiymati mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida eskirgan jihozlar oʻrniga yangisini sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar summasi tarzida jamgʻariladi.

  • Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, as-bob-uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni oʻz ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan oʻz qiymatini ishlab chiqarilgan to-varlarga asta-sekin va uzoq muddatda oʻtkazib boruvchi qismi. Asosiy kapital pul shaklida uskuna, mashina-mexanizmlar, bino-in-shootlar va boshqa jahongir iborat boʻlib, ular sotib olingan paytdagi bozor narxi bilan hisoblanadi. Asosiy kapital qiymatining bir qismi har yili mahsulotning ishlab chiqarish va sotish harajatlariga kiradi va amor-tizatsiya ajratmalari tarzida maxsus amortizatsiya fondida jamgʻariladi. Asosiy kapital hajmiga karab mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasini baholash mumkin (Asosiy kapital qiymati ishlovchilar soniga taqsimlanadi). Asosiy kapital tarkiban ikki qismga boʻlinadi: mehnat qurollarida gavdalangan kapital (mashina-mexa-nizmlar); ishlab chiqarishning moddiy sharoitini yaratishda gavdalangan kapital (bino, inshoot, qurilma va hokazolar). Bu qismlar nisbati ishlab chiqarishning turli sohalarida har xiddir (qarang Kapital).


  • Download 24.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling