3 topshiriq


Download 27.45 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi27.45 Kb.
#146509
Bog'liq
DMXM-1 AXMEDOV OYBEK


3 – topshiriq. SAVOLLAR VA JAVOBLAR
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarida nimalar deyilgan?

  1. Chet davlatlar tajribasida davlat bilan xususiy tarmoq oʻrtasidagi sheriklik

deganda turli yoʻnalishlardagi biznes va iqtisodiy munosabatlar tushuniladi. Ya‘ni, bu munosabatlar xususiy sektor resurslaridan umum jamiyat ehtiyojlarini qondirishda foydalanishni nazarda tutadi. Davlat bilan xususiy biznes hamkorligi umummilliy va iqtisodiy ahamiyatga molik yirik loyihalarni amalga oshirishga yirik xususiy investitsiyalarni jalb qilishda asosiy omil sifatida katta ahamiyatga ega boʻlgan jarayondir. Mamlakatimizda ham davlat-xususiy sherikligi munosabatlarini

shakllantirishga ham alohida e‘tibor qaratila boshlangani, xususan, Оʻzbekistonni 2017-2021-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bоʻyicha Harakatlar strategiyasining 1.2, 3.4. va 4.2 bandlarida ustuvor vazifalardan biri sifatida davlat-xususiy sherikligini kengaytirish deb alohida keltirib оʻtilganligi ham bu munosabatlarni оʻrganishning ahamiyatini оʻzida ifodalaydi.

Harakatlar strategiyasining

1.2 bandida:

Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

3.4 bandda:

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.

4.2 bandda esa:

Aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish. Aytib o’tilgan. Umuman olganda yuqoridagi barcha bandlar asosida mamlakatimizda ichki va tashqi investorlarning soni oshadi, investitsiyalar sifat va qiymat jihatdan ko’payadi va eng muhimi mamlakatimizda bandlilik darajasi ko’payadi. Yuqoridagi holatlarni ko’rib, DXSHlarning obektiv zaruriyati nimada yotganini ko’rishimiz mumkin.

Davlat korxonasiga tarif bering?
2.Davlat korxonasi - davlat mulkidagi, o`ziga tezkorlik bilan boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil еtilgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir, u o`ziga birkitilgan mulkdan qonunda belgilangan doirada, o`z faoliyati maqsadlariga, mulkdorning (yoki uning topshirig`iga ko`ra u vakolat bergan davlat organi - muassisning) topshiriqlariga hamda еgalik qilish huquqidagi mulkning maqsadiga muvofiq mulkdan foydalanishni va uni tasarruf еtishni amalga oshiradi.
Davlat-xususiy korxonalarini tashkil etishning ob’ektiv zarurati nimada?

3.Xususiy tarmoq va davlat hamkorligi biznes subyektlarining ishlab chiqarish, maishiy xizmatlar va ijtimoiy infratuzilmani tashkil qilish, boshqarishda hamda ijtimoiy xizmatlarni ta‘minlashda ishtirok etishlarini ifodalaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat va xususiy sheriklik munosabatlari ijtimoiy majburiyatlarga va amalga oshirilishi zarur boʻlgan islohotlarga va davlat investitsiya siyosatiga rioya qilishda hukumatning ham xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻrni va rolini ifodalaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Davlat

bilan xususiy sherikligi infratuzilma obyektlari loyihalarini ishlab chiqish, rejalashtirish, moliyalashtirish, qurish va foydalanish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan davlat bilan xususiy sektor oʻrtasidagi xoʻjalik munosabati va iqtisodiy aloqalari boʻlib, bunday munosabatlar qoʻshimcha moliyalashtrish manbalarini jalb etish maqsadida uzoq muddatlarga moʻljallangan boʻladi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan DXShning maqsadi - tegishli davlat byudjetlari hisobidan taqdim etilishi kerak boʻlgan xizmatlar, ish va iste‘mol tovarlarini ishlab chiqarishga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish boʻlib hisoblanadi.
Davlat korxonasining xususiyatli belgilarini izohlab bering?

4.Davlat korxonasi o’zining mustaqil balansiga, bank xisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisobiga raqamlariga, ramzi, shtamplari va blankalariga, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviriy o'tkazilgan, o'zining firma nomi davlat tilida yozilgan kitobga ega bo'ladi.


Davlat aktivlarini boshqarish sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ayting?

5.2019-yil 14-yanvarda “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630 qabul qilindi. Davlat aktivlarini boshqarish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:



a) davlat aktivlarini boshqarish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish sohasida:

  • davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularning boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan ularning jozibadorligini va ularni boshqarishning samaradorligini oshirishni ko‘zda tutuvchi samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta’minlash;

  • davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;

b) raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish sohasida:

  • bozorning barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlarni taqdim qilish, ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish hisobiga ularga teng shart-sharoitlar va xo‘jalik faoliyati erkinligi berilishini ta’minlash;

  • ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifatini oshirish, narxlarning asossiz oshib ketishini cheklash va shu hisobidan ichki talabni yuqori darajada qondirishni ta’minlash uchun sharoit yaratish;

  • tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav kapitalidagi (fondidagi) davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

v) kapital bozorini rivojlantirish sohasida:

  • kapital bozorini rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish va ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • kapital bozorining samarali infratuzilmasi shakllanishida ko‘maklashish;

  • ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish va uning ko‘lamini kengaytirish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish; korporativ boshqaruv va kapital bozorini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

Davlat-xususiy sheriklik tushunchasini izohlab bering?

6.Davlat-xususiy sherikligi – bu kooperativ kelishuvning bir koʻrinishi boʻlib, ikki yoki undan ortiq davlat va xususiy sektor vakillarining investitsiya, infratuzilma, innovatsiya loyihalarida hamda ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, shuningdek, davlat ahamiyatiga molik dasturlardagi sheriklik munosabatlari tushuniladi. «Davlatxususiy sektor sherikligi» atamasi infratuzilma va boshqa xizmatlar doirasida davlat va xususiy korxona va tashkilotlar oʻrtasidagi bir qator iqtisodiy munosabatlarni tavsiflaydi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi deb nimaga aytiladi?

7.DXSh loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui.


Hozirgi kunda qanday sohalarda Davlat-xususiy sherikligi amalga oshiriladi?

8.Davlat-xususiy sherikligi quyidagi sohalarda amalga oshiriladi:



  • fan, texnika va innovatsiyalar,

  • tibbiyot;

  • taʼlim, madaniyat va ijtimoiy xizmatlar;

  • telekommunikatsiya;

  • transport xizmatlari;

  • yo‘l sektori;

  • uy-joy va kommunal xizmatlar;

  • qurilish materiallarini ishlab chiqarish;

  • yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati;

  • energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari;

  • mexanik muhandislik;

  • metallurgiya;

  • qishloq va suv xo‘jaligi;

  • tabiatni muhofaza qilish.

Qanday prinsiplar asosida Davlat-xususiy sheriklik amalga oshiriladi?

9. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari :

  • davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi tartib-taomillarning shaffofligi:

  • davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi;

  • xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik;

  • korrupsiya va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik.

Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflab bering?



10.Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari :

  • iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va barqaror rivojlanishini taʼminlash;

  • xususiy sektorning moliyaviy mablag‘larini, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni taʼminlaydigan shart yaratish;

  • davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;

  • davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ulardan erkin foydalanishni kengaytirish;

  • mavjud ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga, tiklashga, undan foydalanishga, uni saqlashga ko‘maklashish;

  • ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish.

Vazirlar Mahkamasining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlarini qayd eting?

11.Vazirlar Mahkamasining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari :

  • DXSH sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;

  • DXSH sohasidagi vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan DXSH loyihalari uchun davlat sherigini belgilaydi;

  • DXSH sohasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;

  • umumiy qiymati o‘n million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH  loyihasining konsepsiyasini tasdiqlaydi;

  • DXSH loyihalarining reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.

Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organini aniqlang?



12.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Manfaatdorlik va foyda — mushtarak maqsad deganda nimani tushunish mumkin?



13.Har qanday hamkorlikda bo‘lgani kabi, davlat-xususiy sheriklikdan ham ko‘zlanadigan maqsad umumiylik va o‘ziga xoslik shaklida namoyon bo‘ladi. Davlat bunday hamkorlikni bir qator omillarni hisobga olgan holda o‘zi uchun foydali, deb hisoblaydi. Jumladan:

  • Birinchidan, yuqori samaradorlik, yaʼni ancha kam xarajat, ancha yuqori xizmat darajasi, tavakkalchilik xatarining pastligi bilan izohlanadi.

  • Ikkinchidan, davlat boshqacha yo‘li bo‘lmagan sharoitda muhim va tezkor loyihalarni amalga oshirish uchun zarur kapital manbaiga ega bo‘la oladi.

  • Hamkor o‘z foydasini olishi uchun belgilangan ishni tezroq tugatishdan ko‘proq manfaatdorligi davlat uchun loyihaning o‘z vaqtida yakunlanishi va natijasiga nisbatan ko‘proq umidvorlik kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

  • O‘z navbatida, xususiy kompaniya uchun bunday hamkorlikning o‘ziga xos foydali jihatlari bor. U uzoq muddat davomida naf olishni taʼminlovchi davlat aktivlariga egalik qiladi va undan foydalanadi. Amalga oshirgan investitsiyasining qaytarilishi hamkor sifatida davlat tomonidan kafolatlanadi. Mehnat unumdorligini oshirgan holda o‘z biznesi daromadliligiga va kompaniya barqarorligiga erishadi.

Davlat-xususiy sheriklikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning qanday turlari mavjud?

14.Davlat-xususiy sheriklikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash turlari :

  • subsidiyalar, shu jumladan xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini taʼminlashga yo‘naltiriladigan subsidiyalar;

  • davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qo‘yilmalar;

  • byudjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning boshqa turlarini berish;

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari;

  • soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar;

  • boshqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari nimadan iborat?

15.Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organi :

  • DXSH sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;

  • DXSH sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

  • DXSH loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlaydi;

  • DXSH sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda, shuningdek DXSH loyihalarining konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklarga, davlat qo‘mitalariga, idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashadi;

  • investorlar, xalqaro moliya va donorlik tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek DXSHning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etadi;

  • DXSH sohasida uslubiy hujjatlarni, qo‘llanmalar va yo‘riqnomalarni tayyorlaydi;

  • DXSH loyihalarining texnik-iqtisodiy parametrlariga doir sharhlarni ko‘rib chiqadi va taqdim etadi;

  • DXSH to‘g‘risidagi namunaviy bitimlar loyihalarini ishlab chiqadi;

  • DXSH loyihalarining reyestrini yuritadi;

  • DXSH loyihalarini tayyorlashga va amalga oshirishga ko‘maklashadi;

  • umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini maʼqullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi;

  • umumiy qiymati o‘n million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;

  • tender hujjatlarining va DXSH to‘g‘risidagi bitimlarning loyihalarini kelishib oladi;

  • DXSH sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

  • DXSH masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;

  • DXSH loyihalari bajarilishining borishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

  • DXSH loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb etadi.

Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling