3. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ekologik tarbiya


Download 83.68 Kb.
bet4/4
Sana30.01.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1142037
1   2   3   4
Bog'liq
3. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ekologik tarbiya

Ekologik ta’lim:
- o‘quvchilarning tabiat gо‘zalliklarini sevishi, estetik zavq olish ruhida tarbiyalash;
- jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat о‘rtasidagi murakkab о‘zaro munosabatlar va inson xо‘jalik faoliyatining tabiatga ta’siri oqibatlari haqida bilim berish;
- o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish.
Ekologik tarbiya esa:
- о‘quvchilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda muayyan kо‘nikma va malakalarni hosil etish;
Ekologik ta’lim mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:
-tabiat haqidagi bilimlarni egallash;
-tabiatning jamiyat va inson uchun har tomonlama qadriyat sifatida tushunish;
-tabiiy muhitga doir axloqiy meyorlarni bilish;
-tabiat bilan muloqotda bо‘lish ehtiyojlarini rivojlantirish;
-ekologik muhitni yaxshilashga doir faoliyatni takomillashtirish;
-tabiatga yangicha madaniy munosabatni shakllantirish hamda yoshlarning ekologik savodliligini amalga oshirish[15].
Tabiat bilan jamiyatning о‘zaro aloqasini izchil tadqiq etish о‘quvchilarning atrof-olamning yaxlitligi, harakat-dinamikasi bо‘yicha dunyo qarashi va ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi. О‘quvchilarning fuqarolik hamda vatanparvarlik tuyg‘ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning hissasi о‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi. O’quvchilarda ekologik bilimlarni egallashga zarur asosni yaratish uchun maktab geografiya kurslarida ekologik bilimlarni yetarlicha berilishini tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ekologik tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik masalalari Respublikamizdagi eng dolzarb muammolardan biri ekanligi, uni hal qilishning samarali yo’llarini, jumladan, ekologik ta’lim va tarbiyaning ustuvorligini alohida ko’rsatib o’tganlar[13]. Hozirgi kunda insoniyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida birlashtiruvchi yangi mafkura-ekologik mafkura shakllanmoqda. Ekologik mafkura nafaqat umuminsoniy, balki tabiat va inson xayoti uchun yagona bo’lgan umumxayotiy qadriyatlarga tayanadi. Buning uchun o’quvchilarda ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ong va dunyoqarash hamda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirish lozim. Ekologik madaniyat tabiatni muhofaza qilish madaniyati bo’lib, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik tizimni ongli o’zgartirish madaniyatidir. Umumta’lim maktablari o’quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish quyidagicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
1. O’quvchining hissiyotiga ta’sir etish;
2. O’quvchilar qalbida tabiatga, atrof-muxitga muxabbat uyg’otish;
3. O’quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona munosabatni shakllantirish;
4. Ekologik ta’lim-tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;
5. Olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash. malaka va ko’nikmalarni shakllantirish zarur va x.k. Bunday sifatlarni o’quvchi yoshlarda shakllantirish uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish, ta’limni takomillashtirish, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. Bu jarayonning asosiy tashkilotchisi va boshqaruvchisi oqkituvchidir, mustaqil O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgani muximdir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilashda ekologik ta’lim va tarbiya muhim rol о‘ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari kо‘p jihatdan aholining ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga ham bog‘liqdir[2]. Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ekologik ta’lim va tarbiya bog‘chadan oliy о‘quv yurtigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga mehr insonlarga oqibat demakdir.
XULOSA.
Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. tdpu-INTRANET. Ped
Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling