30-Mavzu: Raqmli-Analog va Analog-Raqamli o’zgartirgichlar (rao aro)
Download 0.95 Mb.
|
1 2
Bog'liq30 ahmad RQLK
30-Mavzu: Raqmli-Analog va Analog-Raqamli o’zgartirgichlar (RAO ARO) MikroEHMlar stanoklar, turli avtomatlar, ilmiy tajribalarni olib borishni boshqaradi. Bu va boshqa qurilmalar, o‘lchov asboblari va tizimlarida uzluksiz (analog) elektr signallari bilan ishlaydigan elektr datchiklar ishlatiladi. Datchik va ijro organlari (masalan, elektrodvigatellar)ni mikroEHM bilan bog‘lash uchun analog signalni shu signal amplitudasiga proportsioanl songa o‘zgartirish va aksincha o‘zgartirish talab qilinadi. OKda bajarilgan jamlovchi RAO‘ sifatida 16.1-rasmda keltirilgan. Analog shakldagi ma’lumotni raqamli shaklga o‘zgartirish printsipini richagli tarozilarda o‘lchash jarayoni bilan solishtirish mumkin. Tarozida o‘lchashni amalga oshirish uchun uning bir yelkasiga noma’lum og‘irlikdagi yuk qo‘yiladi, ikkinchi yelkasiga esa – toshlar. Toshlar (masalan 1 g og‘irlikdagi) tarozi muvozanat holga kelguncha qo‘yilib boriladi. Toshlar soni yukning grammlardagi vazniga to‘g‘ri keladi. 1 g. Og‘irlikdagi toshlar bilan o‘lchanganda analog kattalik 0,5 g. xatolik, 10 g.li toshlar bilan o‘lchanganda esa 5 g. xatolik bilan o‘lchanadi. Bu xatolik kvantlash xatoligi deb ataladi. O‘lchash algoritmiga mos ravishda richagli tarozi rolini ikki kirishli solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir yelkasiga o‘zgarmas kattalikdagi o‘lchanayotgan kuchlanish o‘rnatiladi, ikkinchi yelkasiga raqamli datchik nazorati ostida pog‘onasimon ortib borayotgan kuchlanish beriladi. Kuchlanishning har bir pog‘onasi tarozi yelkasiga qo‘shimcha tosh qo‘yish amaliga mos keladi. Olingan ma’lumot esa tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi. Raqamli-analog o‘zgartirgich (ARO‘) raqamli kattalikni unga proportsioanl bo‘lgan elektr tok yoki kuchlanish ko‘rinishidagi analog kattalikka o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. RAO‘ registorlariga barqarorlik va nominal aniqligi bo‘yicha jiddiy talablar qo‘yiladi. Ayniqsa ARO‘ keng temperatura intepvalida ishlaganda. Bir xil va proportsional qarshilikli rezistorlarni texnologik jihatdan rezistorli matritsali mikrosxemalar ko‘rinishida yasash qulay. Shuning uchun rezistorli matritsali modifikatsiyalangan ARO‘ keng tarqalgan variant bo‘lib hisoblanadi. U ikki marotaba ko‘p sonli rezistorlardan tuzilgan bo‘lib, ular atigi ikki nominalga R va 2R teng bo‘ladi. Raqamli kodni boshqa usullarda kuchlanish va tokka o‘zgartiruvchi ARO‘lar ham mavjud. 16.2-rasmda keltirilgan ARO‘ sxemasi, ikki marta integrallovchi yuqori aniqlikdagi ARO‘ deb ataladi. 16.1-jadvalda ko‘rib o‘tlgan ARO‘ ISlarinig parametrlari keltirilgan. Raqamli-analog oʻzgartirgich (RAO’) va analog-raqamli oʻzgartirgich (ARO’) raqamli kattalikni unga proportsioanl boʻlgan elektr tok yoki kuchlanish koʻrinishidagi analog kattalikka oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga moʻljallangan, differentsial kuchaytirish printsipiga asoslangan, kuchlanish boʻyicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻlgan oʻzgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, integrallash, differentsiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OK lar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, koʻpaytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqa-rorlashda qoʻllanilib kelmoqda. Buning uchun OK larga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OK lar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. AROʻ larni tuzishning turli usullari mavjud boʻlib, amaliyotda maxsus kuchaytirgich va rezistorlarda bajarilgan sxema keng qoʻllaniladi. AROʻ vazifasini OK da bajarilgan jamlovchi kuchaytirgich bajarishi mumkin. Kirishlar soni oʻzgartirilayotgan ikkilik kodning razryadlari soni bilan aniqlanadi. K1-K4 kalitlardan har biri ochiq yoki berk holatda boʻlish mumkin. Soddalik uchun K4 K3 K2 K1 ikkilik kirish soʻziga ega boʻlgan toʻrtrazryadli RAOʻ ni koʻrib chiqamiz. Mos razryadlardagi qarshilik qiymatlari 2 martaga farq qiladi. Bu holda, mazkur RAOʻ sxemasi 0 dan 15 gacha boʻlgan natural qator sonlarini ikkilik sanoq tizimdan oʻnlik sanoq tizimga oʻzgartiradi. Bunday oʻzgartirish mexanizmini koʻrib chiqamiz. Jamlagich tomonidan bajarilayotgan amal, kirishdagi rezistorlarning berilgan qarshiliklari uchun quyidagi ifoda yordamida keltiriladi: Demak, RAOʻ kirishidagi ikkilik sanogʻidagi bir uning chiqishida oʻnlik sanogʻidagi birga, ikki - ikkiga, ..., 15 esa, 15 ga mos keladi. RAOʻ registorlariga barharorlik va nominal aniqligi boʻyicha jiddiy talablar qoʻyiladi. Ayniqsa AROʻ keng temperatura intervalida ishlaganda. Bir hil va proporsional qarshilikli rezistorlarni texnologik jihatdan rezistorli matritsali mikrosxemalar koʻrinishida yasash qulay. Shuning uchun rezistorli matritsali modifikatsiyalangan AROʻ keng tarqalgan variant boʻlib hisoblanadi. U ikki marotaba koʻp sonli rezistorlardan tuzilgan boʻlib, ular atigi ikki nominalga R va 2R teng boʻladi. Raqamli kodni boshqa usullarda kuchlanish va tokka oʻzgartiruvchi AROʻ lar ham mavjud. 2-rasmda keltirilgan AROʻ sxemasi, ikki marta integrallovchi yuqori aniqlikdagi AROʻ deb ataladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling