30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar
Download 265.76 Kb. Pdf ko'rish
|
30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so
30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar
So’z qudrati cheksiz. Shunday so’zlar borki, kishi qalbida o’chmas iz qoldiradi. Ba’zilari bizni hafa qiladi, hayotdan ko’nglimizni qoldiradi. Shunday kuchga ega so’zlar ham borki, ular insonlarni kurashga, rivojlanishga undaydi. Quyida turli internet saytlaridan o’qigan, o’zimga juda yoqqan 30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlarni Siz bilan baham ko’rmoqchiman. 1. “Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan”. — Andrew Hendrixson 2. “Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang”. — Coco Chanel 3. “Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir”. — Albert Einstein 4. “Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi”. — Brian Tracy 5. “Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin”. — Grace Coddington 6. “Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir”. — Henry David Thoreau 7. “Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang”. — Muallifi Noma’lum 8. “Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman”. — Abraham Lincoln 9. “Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang”. — Robin Sharma
10. “Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin”. — Anaïs Nin 11. “Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi”. — Howard Ruff 12. “Orzularingizga jiddiy qarang”. — Muallifi Noma’lum 13. “Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir”. — Thich Nhat Hanh 14. “Jahlni ichga yutish zahar ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir”. — Budda 15. “Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom
ettirishadi”. — Billie Jean King 16. “Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz”. — Shahir Zag 17. “Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq”. — Thomas Edison 18. “Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz”. — Muallifi Noma’lum 19. “Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak”. — Mahatma Gandhi 20. “Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi”. — Albus Dumbledore 21. “Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang”. — Rosa Nouchette Carey
22. “Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas”. — Albert Einstein 23. “Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi”. — Neil Barringham 24. “Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi”. — Earl Nightingale 25. “Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz”. — Seth Godin 26. “Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!” — Seth Godin 27. “Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz”. — John Maxwell 28. “Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanmang. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi”. — Ziad K. Abdelnour 29. “Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim”. — Estee Lauder 30. “Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir”. — Estee Lauder
Download 265.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling