3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha


Download 0.8 Mb.
bet46/128
Sana13.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1351682
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha
bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schotlarning
(4500) bog‘lanishi

Maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schotlar korxonalar tomonidan maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Korxonalar maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga olish uchun alohida schotlar ochishi mumkin.


Hisob quyidagi schotlarda yuritiladi:
4510 "Sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari";
4520 "Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari".
Mazkur schotlarning debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar krediti bilan bog‘langan holda, maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak tariqasida to‘langan summalar hisobga olinadi.
Kreditida esa 6510 "Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar", 6520 "Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar" schotlarining debeti bilan bog‘langan holda, maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summalarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Mol-mulk va xodimlar sug‘urtasi bo‘yicha bo‘naklar o‘tkazilgan



4510

5110

Buxgalteriya hisob-kitoblari, bank schotlaridan ko‘chirmalar



2

Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha bo‘naklar o‘tkazilgan



4520

5110

Buxgalteriya hisob-kitoblari, bank schotlaridan ko‘chirmalar



3

Mol-mulk va xodimlar sug‘urtasi to‘lovlari bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar aks ettirilgan



6510

4510

Buxgalteriya hisob-kitoblari



4

Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar aks ettirilgan



6520

4520

Buxgalteriya hisob-kitoblari



5

Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari va sug‘urta bo‘yicha umidsiz debitorlik qarzi dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobidan hisobdan chiqarilgan



4910

4510-4520

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori



6

Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari va sug‘urta bo‘yicha umidsiz debitorlik qarzi zararga hisobdan chiqarilgan



9430

4510-4520

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori






Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling