3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash
uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schotlarning (9800) bog‘lanishi Mazkur guruh schotlari qonunchilikda belgilangan foyda solig‘i bo‘yicha yil davomida hisoblangan bo‘nak to‘lovlari va qayta hisoblash bo‘yicha haqiqatda foydadan to‘lovlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi: 9810 "Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar"; 9820 "Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va majburiy yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar". Yil davomida budjetga soliqlar va boshqa ajratmalar bo‘yicha hisoblangan to‘lovlar 9810 "Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar", 9820 "Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va majburiy yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar" schotlarining debetida budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (turlari bo‘yicha) hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda ushbu schotlar 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schoti bilan bog‘langan holda yopiladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling