3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
T/r Xo‘jalik operatsiyasining
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar debet
- Tovarlarni hisobga oluvchi schotlarning (2900) bog‘lanishi
Tovarlarni hisobga oluvchi schotlarning (2900) bog‘lanishi Sotishga mo‘ljallangan tovar va prokat buyumlari sifatida xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi: 2910 "Ombordagi tovarlar"; 2920 "Chakana savdodagi tovarlar"; 2930 "Ko‘rgazmadagi tovarlar"; 2940 "Prokatdagi tovarlar"; 2950 "Tovarlar bilan band va bo‘sh idishlar"; 2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar"; 2970 "Yo‘ldagi tovarlar"; 2980 "Savdo ustamasi"; 2990 "Boshqa tovarlar". Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi schotlar biror-bir buyum, material, mahsulot sotish uchun maxsus olingan holatlarda qo‘llaniladi. Ta’minot, sotish, savdo korxonalari tovarlarni hisobga oluvchi schotlarda, ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun xizmat qiluvchi va asosiy vositalar yoki materiallarni hisobga oluvchi tegishli schotlarda hisobga olinadigan inventar idishdan tashqari, sotib olingan idish va o‘zi ishlab chiqargan idishni ham hisobga oladilar. Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning kirim qilinishi tovarlarni hisobga oluvchi schotlarning debetida tovarlarni xarid qilish qiymati bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Chakana savdo faoliyatini amalga oshiradigan korxona tomonidan tovarlar sotish baholarida hisobga olingan taqdirda, bir vaqtning o‘zida xarid qilish qiymati bilan sotish baholari qiymati (chegirma, ustama) o‘rtasidagi farqqa tovarlarni hisobga oluvchi schotlarning debeti va 2980 "Savdo ustamasi" schotining krediti bo‘yicha yozuv kiritiladi. Ushbu schotlarning krediti bo‘yicha tovarlarning sotilishi, tekinga berilishi, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi va boshqalar munosabati bilan chiqib ketishi aks ettiriladi. Mazkur guruh schotlari bo‘yicha tahliliy hisob mas’ul shaxslar bo‘yicha, tovarlar nomlanishi (turi, turkumi, to‘pi) va ularni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling