301-guruh talabasi Ashurova Setoraning biogeografiya fanidan bajargan mustaqil taʼlim topshiriqlari
Download 1.18 Mb.
|
biogeografiya
Oʻsimliklar baʼzan, pogʻonalarga kirmaydigan chirmashuvchi va ilashuvchi oʻsimliklar ham uchraydi.Togʻlar — tabiiy holda oʻsadigan daraxtlarga boyligi bilan boshqa mintaqalardan farq qiladi. Oʻzbekiston togʻlarini archalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Ular togʻlarimizning koʻrki boʻlibgina qolmay, togʻ yon bagʻirlarini eroziyadan saqlashda ishonchli omildir.
Archalar juda uzoq — 300-700, hatto 1000-yillar mobaynida oʻsib rivojlanadi. Keng bargli daraxtlardan zarang, olma, nok, olcha, doʻlana, qatrongʻi, pista, bodom, yongʻoq, oq qayin, tol, terak, shumtol va hastakar koʻp tarqalgan. Ular koʻpincha mustaqil guruhlarni tashkil qiladi. Togʻlardagi mevali daraxtlar mevasidan odamlar va hayvonlar oziq-ovqat sifatida foydalanadi.
Choʻl (tekislik)dagi oʻsimliklar hayoti, asosan qum va gipsli tuproqlar hamda shoʻrxok bilan bogʻliq. Qumli choʻlga Qizilqum, Qashqadaryoning quruq oʻzani (Sandiqliqum), Surxandaryoning quyi qismidagi Kattaqum va Xorazm voxasidagi qumli massivlar kiradi. Aksariyat qumliklar oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Qum uyumlarida daraxt yoki yirik butalardan oq saksovul, juzgʻun (qandim), cherkez; butalardan oq boyalich, quyon suyak, qizilcha kabi oʻsimliklar oʻsadi.
Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling