301-guruh talabasi Sobirova Sitoraxonning Umumiy fizika fanidan «Qattiq jismlarning issiqlik xossalari»
Gazlarning qattiq jismlar tomonidan adsorbsiya va absorbsiya qilinishi
Download 63.02 Kb.
|
Sobirova Sitora (1)
5. Gazlarning qattiq jismlar tomonidan adsorbsiya va absorbsiya qilinishi.
Qattiq jismlarda ikki xil yutilish bo`ladi; ular adsorbsiya va absorbsiya deyiladi. Adsorbsiya gazning qattiq jism sirtiga yupqa qatlam bo`lib yopishishidan iborat. Absorbsiya (yoki okklyuziya) qattiq jismning butun massasi tomonidan gazning haqiqatan ham yutilishidir, ya`ni gazlarning suyuqliklarda erishiga o`xshash prosessdir. Ba`zi qattiq jismlar gazni shunchalik ko`p miqdorda yuta oladiki, natijada yutilgan gazning hajmi qattiq jismning o`z hajmidan yuzlab marta katta bo`ladi. Qizdirilgan Palladiy o`z hajmidan normal bosimdagi hajmi 1000 marta katta bo`lgan miqdordagi vodorodni ko`p yutadi. Yutilgan gazlar vakuumda qizdirish natijasida ajralib chiqadi. Adsorbsiya va absorbsiya (okklyuziya) hodisalari vakuum texnikasida katta rol uynaydi. Masalan pista ko`mirdan ko`pchilik gazlarni, ayniqsa past temperaturalarda, juda ko`p adsorbsiyalash qobiliyatidan foydalanadilar. Qattiq jismning sirtida faqat gazlargina emas, suyuqliklar ham adsorbsiyalanishi mumkin. Xulosa Qattiq jismlar tabiatda ideal va real qattiq jismlar, amorf qattiq jismlar, turli qotishmalar, metallar ko’rinishida uchraydi. Qattiq jismlar tashqi kuchlar tasirida deformatsiyalanadi. Tashqi kuchlar F(t)=0 bo’lsa qattiq jism zaryadi muvozanat vaziyatda turadi. Tabiatda absolyut qattiq jism uchramaydi. Xamma qattiq jismlar real qattiq jismlar. Tashqi tasir kuch hisobiga shakli va o’lchami ni o’zgartiradi. Qattiq jism tashqi kuch tasirida deformatsiyalanadi. Deformatsiya ikki xil bo’ladi. Elastik va plastik deformatsiya deb ataladi. Umuman qattiq jismlar deformatsiyalanishi murakkab jarayon. Agar qattiq jism elementar zarralar atom va molekulalardan tashkil topgan bo’lsa, ular tashqi kuch tasirida o’z muvozanat vaziyatidan chiqariladi. Ularni o’z muvozanat vaziyatidan chiqishi U – siljish vektori bilan xarakterlanadi. U(x), U(y), U(z) koordinata o’qlaridagi proyeksiyalari. O’z-o’ziga ko’rinadigan deformatsiyalar ham bir o’chovli, ikki o’lchovli, uch o’lchovli shaklda bo’lishi mumkin. Download 63.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling