301-P. S usmonova nilufar hissiyot Hissiyot haqida tushuncha


Download 2.23 Mb.
bet1/4
Sana14.11.2023
Hajmi2.23 Mb.
#1772791
  1   2   3   4
Bog'liq
Hissiyot


301-P.S USMONOVA NILUFAR
Hissiyot
Hissiyot haqida tushuncha.
Kishilar idrok qilayotgan, bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni, uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir.
  • Belgilari xususan yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi.
  • Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham taluqli ruhiy holatdir.
  • Hissiyot ijtimoiy, emotsiya esa - xususiy ahamiyat kasb etadi.

  • .

His - tuyg`ularning vazifasi
Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir -birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi.
  • Darak beruvchanlik vazifasi yoki impressiv tomoni. Bunda ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi.
  • Boshqaruvchanlik vazifasi yoki ekspressiv tomoni. Hissiyotlar ko’pincha bizni muayyan harakatga undaydi yoki undan qaytaradi.


Download 2.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling