tеmpеraturasining nisbatan turg’unligini saqlashda ishtirok etadi. 5.
Qon hujayra va to'qimalarining ishlashi uchun qulay sharoit
tug’diradi
.
Organizmning ichki muhiti. Qon organizm ichki muhitining bir qismi
hisoblanadi. Organizmning ichki muhitga hujayra ichidagi va hujayra
tashqarisidagi suyuqliklar kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqliklar o'z
navbatida hujayralararo (to'qima suyuqligi), va tomirlar ichidagi (qon, limfa)
suyuqliklarga bo'linadi. Organizm ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi
suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkib, osmotik bosimi va barcha fizik-
kimyoviy hususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimiylik gomeostaz deb
ataladi.
Qonning yoshga xos xususiyatlari.
Qon yopiq holda qon tomirlarda harakatlanadi. Homiladorlikning uchunchi
haftasidan boshlab, embrion tanasida dastlabki yurak va qon tomirlari
shakllana boshlaydi.
Embrionning uchunchi oyiga kеlib asosiy qon hosil qiluvchi organlar jigar va
taloq ishlay boshlaydi. Bola 4 oylik bo`lganda suyaklardan ya'ni naysimon,
yassi, qovurg`alar, to`sh hamda umurtqa suyaklarining ko`mik qismidan qon
ishlab chiqarila boshlaydi.
Qonning tarkibi.
Qon ikki qismdan iborat: qon plazmasi va shaklli elementlardan iborat.
Qon plazmasi yangi tug`ilgan bolalarda qon umumiy hajmining 50 % ni kattalarda esa 55-60 % ni
tashkil qiladi. U qonning suyuq qismi bo'lib, murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar,
yog`'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, garmonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar
Do'stlaringiz bilan baham: |