305 guruh talabasi Mamarizaeva Sunbula Fоziljоnоvnа


TALABANING KURS OSHIRISH DAVRIDA O‘Z-O‘ZINI


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana08.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#253451
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sunbula Mamarizaeva

TALABANING KURS OSHIRISH DAVRIDA O‘Z-O‘ZINI 

RIVOJLANTIRISHI VA MUSTAQIL BILIM ORTTIRISHI BO‘YICHA 

BAJARILGAN ISHLARI 

 

(Kurs  ishi  himoyasida  o‘qilgan  adabiyotning  aslini  ko‘rsatish  hamda 



inglizcha kalit so‘zlardan foydalangan holda gap tuzish ko‘nikmasi talab qilinadi 

(tanlov shaklida) 1. Talabaning Kurs oshirish kursi davrida o‘qigan kamida bitta 

badiiy adabiyotning qisqacha mazmuni (hajmi kamida 2 betdan iborat annotatsiya 

yoki esse); 

 

Xudoyberdi To‘xtaboyev “SARIQ DEVNI MINIB” roman 



 

Akbar aka Nosirov unaqangi ezma direktorlardan emas ekan, gapni cho'zib, 

meni ham, o'zini ham qiynab o'tirmadiyu, shartta agronom qilib tayinladi-qo'ydi. 

O'sha  kuni  ikkovimiz  uning  «pavillioniga  o'tirib,  dala  aylandik  to4  rtinchi 

bo'limga  tayinlangan  ekanman,  ixtiyorimda  1200  gektar  paxta  maydoni-yu,  12 

brigada. Akbar aka meni jamiki brigada boshliqlari, men rahbarlik qilishim kerak 

bo'lgan odamlar bilan birma-bir tanishtirib chiqdi. Minib yuring deb, «IJ» markali 

mototsikl berib, oylik maosh ham tayinladi. 

-  Eng  muhimi,  o'rtoq  Ro‘ziyev,  -  dedi  u  ta'kidlab,  -  odamlar  bilan  ishlash. 

Agar kishilar bilan yaxshi muomala qilsangiz, ularning qalbiga yo'l topa olsangiz 

ish o'z-o'zidan yurishib ketaveradi. Tushunarlimi? 

- Tushunarli, o'rtoq Nosirov! - dedim. 

Mototsiklni olishga olib qo4 ydim-u, lekin yashirib nima qilaman, haydashni 

bilmas  edim.  To'g'r  i  dadamning  mototsikliga  uch-to'rt  bor  minganim  bor.  O‘t 

oldirishni,  gaz  berishni,  tezligini  oshirib,  pasaytirishni  o'shanda  uncha-muncha 

o'rgangan edim. 

 



 - Har bittasiga yigirma donadan toi navdasi kestiring va bir soat ichida 



jamiki  ishchingizni  mana  shu  yerga  to'plang!  -  deb  buyurdim.  Aytganimdek  bir 

soat o'tar-o'tmas 55 ishchi qo'ltig'ida bir dastadan novdasi bilan huzurimga «qani, 

ishingiz  bo'lsa  buyuring»,  deb  yetib  kelishdi.  Egat  oralab  paykalga  tushinglar, 

dedim. 


 Shu payt bog‘ning darvozasidan bir yo‘la sakkizta shoir birinketin kirib 

kela  boshladilar.  Oldinda  past  bo'yli,  dum-dumaloq,  ko‘zoynak  taqqan  ellik 

yoshlardagi  bir  shoir,  uning  orqasidan  qotmadan  kelgan,  sochlariga  oq  oralab 

qolgan,  cho'ziq  yuzli  yana  bir  shoir.  Hammasining  boshida  movut  shlyapa, 

hammasining egnida ketvorgan kostyumlar, uchi ingichka tuflilarini aytmaysizmi! 

 Uch-to‘rt  kungacha  qilar  ishimni  bilmay  yurdim.  Men  unàqangi 



qimmatli  vaqtini  bekorga  o‘tkazadigan  bolalardan  emasman.  Bekor  qolgan 

kunlarimdan  foydalanib,  Mirzacho‘lda  tanishgan  shoirlarning  adresini  aniqlab, 

uylariga yo‘l oldim. Maqsad - ulardan yaxshi she'r yozish yo‘llarini o‘rganish. 

 Belni  mahkam  bog'lab  yana  ishga  kirishib  ketdim.  Zum  o'tmay  to‘pni 



yana ilib oldimu, sakkiz yil futbol o‘ynab, sakkiz yil muttasil yugurib, darvozaga 


bironta  ham  to‘p  kirita  olmagan  Akmal  Lazizxo‘jayevning  oyoqlari  ostiga 

tashladim. To‘p kiritishning gashtini bu bechora ham bir surib ko4 rsin dedimda. 

Shundan  keyin  komandamizning  o‘n  bir  o‘yinchisiga  ikkitadan,  chapdonrog‘iga 

uchtadan to‘p tashlab berdim. Hisob bizning foydamizga 24—3 bo'lgan edi. O'yin 

asosan  mehmonlar  darvozasi  oldida  bordi.  Bizning  darvozabonimiz  Yura 

Kukuruznikov  zerikkanidan  dublyordagi  bir  yigitni  chaqirib,  ko‘k  choy  ichishib, 

shaxmat  o‘ynab  o‘tirishaverdi.  Stadion  esa  hamon  buloqdek  qaynab,  bo‘ronda 

qolgan dengizdek to‘qinlanardi. 

Xudoyberdi To‘xtaboyev 

 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling